Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


-BOB Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/35
tarix18.07.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#136861
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
mulkchilik munosabatlari jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy

1-BOB Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari 
1.1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan 
turlicha yondashuvlar 
 
Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning o’zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli 
bosqichlariga o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat 
taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlarni 
o’rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o’zgaruvchan ekanligini bilishda muhim 
ahamiyatga egadir. 
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo’lib, 
ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
- tarixiy-formastion yondashuv; 
- madaniylashish (stivilizastiya) darajasi jihatdan yondashuv;
- texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv; 
- sostial-iqtisodiy shakllar o’zgarishi jihatidan yondashuv. 
Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga 
tarixiy-formastion yondashuvda
ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga 
e’tibor berilgan.
Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish 
(iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va 
moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda 
jamiyatning 
ishlab chiqaruvchi kuchlarini
tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, 
ishlab chiqaruvchi kuchlar – bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar 
bilan tabiat o’rtasidagi bog`lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-
buyumlashgan elementlar tizimidan iborat.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy 
ko’rsatkichidir. 
Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy 
ashyolar bilan emas, shu bilan birga o’zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda 



bo’ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab 
chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil 
qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar o’rtasidagi aloqalar 
sifatida namoyon bo’lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita 
tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining 
xususiyatlarini va ularning ijtimoiy uyg`unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan, 
mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperastiyalash, ishlab chiqarishning 
to’planishi va uyg`unlashtirilishidir.
Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo’ladi. Bu ijtimoiy 
shakl ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi, ularning mohiyati va 
asosini ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin