10
har bir ayrim xodim esa yalpi ishchi kuchining tarkibiy qismiga aylanadi. Bunda
oddiy kooperastiyadagidek qo’l mehnatiga va qo’l mehnatiga asoslangan qurolga
tayanadi.
Manufaktura ixtisoslashtirilgan qurol va asboblar vujudga keltirib hamda
ishchini tor operastiyalarni bajarishga bog`lab,
yirik mashinalashgan ishlab
chiqarishga o’tish uchun zarur shart-sharoit tayyorlaydi. Bu davrda ishlab
chiqarishni tashkil etish, mehnatning mazmuni va tavsifida,
ishlab chiqarishning
butun texnologik usulida, iqtisodiy munosabatlarda va butun ijtimoiy hayotda ham
tub o’zgarishlar ro’y beradi. XVIII asrning so’nggi 30 yili ichida boshlangan
sanoat revolyustiyasi natijasida
yirik mashinalashgan ishlab chiqarish
vujudga
keldi.
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish mehnat taqsimoti hamda
mashinali mehnatga asoslangan kooperastiyadir.
Fabrika ichidagi mehnat
taqsimoti tamomila mashinalarning vazifalari bilan belgilanadi.
Fan-texnika, texnologiya va axborot tizimidagi o’zgarishlarga qarab R.Aron,
Dj. Gelbreyt, U.Rostou va boshqa olimlar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini uch
bosqichga:
-industrlashgangungacha bo’lgan jamiyat,
-industrlashgan jamiyat,
-yuqori industrlashgan yoki axborotlashgan jamiyatlarga bo’lib o’rganishni
tavsiya etadilar.
Bunda ular industrlashgangungacha bo’lgan jamiyatning
asosiy belgilari
sifatida:
a) aholining asosan qishloq xo’jaligi bilan bandligi;
b) qo’l mehnatining hukmronligi;
v) mehnat taqsimotining juda sayozligi (dehqonchilik, chorvachilik,
xunarmandchilik, savdo, boshqaruv va boshqalar);
g) natural xo’jalikning hukmronligini ko’rsatadi.
11
Jamiyat taraqqiyotining ikkinchi muhim bosqichi industrlashgan jamiyatning
asosiy belgilari deb:
a) ishlab chiqarishning mashinalashganligi;
b) sanoatning fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanishi,
unda ishchilar
sonining ko’payishi;
v) shahar aholisining qishloq aholisiga qaraganda ko’payishi va boshqalar.
Taraqqiyotning uchinchi muhim bosqichi yuqori darajada industrlashgan
jamiyatning asosiy belgilari:
a) xizmat ko’rsatish sohasining yuksak darajada rivojlanishi;
b) ishchi kuchining asosiy qismi (60-70%) shu sohada band bo’lishi;
v) fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, fan xodimlarining va
malakali mutaxassislar rolining oshishi;
g) iqtisodiyotning hamma sohalarida va kundalik hayotda axborot va
hisoblash texnikalarining keng qo’llanilishi;
d) tovarlar va xizmatlar sifatiga putur etkazmasdan iqtisodiy resurslarning
hamma turlarini tejash imkonini beradigan yangi texnika
va texnologiyalarning
keng qo’llanilishi va boshqalar.
Biz yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, texnika va texnologiyadagi o’zgarishlar
jamiyat taraqqiyotida asosiy rolni o’ynaydi va tashkiliy, boshqaruv tizimlarining,
ishchi-xizmatchilar tarkibining o’zgarishiga, mehnat unumdorligining o’sishiga
olib keladi. Lekin bu texnik o’zgarishlarga qarab bir tomonlama yondashuv bilan
jamiyat taraqqiyoti qonunlarini aniqlab bo’lmaydi. Ayniqsa,
iqtisodiy tizimlar va
ularning xarakterini bilishda ham texnik ham ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning
birgalikda olib, ularning o’zaro bir-biriga ta’sirini va shu dialektik aloqadorlik va
ta’sir natijasida sodir bo’ladigan taraqqiyot qonunlarini o’rganish zarurdir.
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko’rish mumkinki, bir necha
ming yillab rivojlanmay yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xo’jaligi
va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab o’sib ketdi.
12
Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari ya’ni
oddiy kooperastiya,
manufaktura, mashinalashgan ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori
darajadagi industrlashgan, axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300
yilga, ya’ni tovar xo’jaligi rivoj topgan davrga to’g`ri keladi. Shuning uchun ham
keyingi paytda ko’pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti
bosqichlarini iqtisodiy
tizimlarga bo’lib o’rganadilar.
Dostları ilə paylaş: