15
Birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo’lida bo’lib, u iqtisodiyotda faol rol
o’ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o’sishi uchun sharoit yaratishda, bozor
tizimi etarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman etkazib bermaydigan
ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda,
daromadlar taqsimlanishini
o’zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo’ladi. Ikkinchidan, sof kapitalizmdan
farq qilib amerika iqtisodiyotiga yirik korporastiyalar
va kuchli kasaba
uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud.
Bu erda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor
tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan
rejalashtirish har doim ham
bir vaqtda mavjud bo’lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya
iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki mulkchilik xususiy bo’lib
qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat
ostiga olingan va markazdan
boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sostializmi deb atalgan sobiq sostialistik
Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo’lgan
va bir
vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib
borilgan. Shvestiya iqtisodiyotida ham 90%dan ortiq xo’jalik faoliyati xususiy
firmalarda to’plangan bo’lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va
daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi.
Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq
Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va
rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan
qo’llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy o’sishga erishmoqda.