Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/35
tarix18.07.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#136861
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
mulkchilik munosabatlari jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy

texnologik yondashuv
ham ma’lum bir 
oqim xisoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida ro’y berayotgan 
o’zgarishlar ko’lami va tavsifini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab 
chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil etish, mashinalashgan ishlab 
chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish zarur deb 
hisoblaydilar. 
Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va 
ishlab chiqarishni tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning 
texnologik usuli deyiladi. 
Ular o’rtasidagi chegaralarni jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik bosqichlari 
ajratib turadi. Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o’tish asosan 
mehnat vositalarining tavsifidagi o’zgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti bilan 
belgilanadi. 
Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida 
farqlanadi. Bular oddiy kooperastiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab 
chiqarish. 
Oddiy kooperastiya
– bu bir xil ishni yoki xizmat vazifasini 
bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushishi, birgalashib ma’lum 
tartib asosida ishlaydigan kishilar guruhidir.
Kooperastiyaning yakka tartibdagi 
hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan afzalliklari quyidagilar orqali 
namoyon bo’ladi: 
1)
ko’plab ishchilarning birgalikdagi mehnati ishchi kuchidagi alohida 
tafovutlarning yo’qolishiga, ularning sifat jihatidan bir xildalashuviga olib keldi; 
2)
bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida yoqilg`i, yoritish va 
boshqa shu kabi xarajatlarning kam sarflanishi mahsulot birligiga to’g`ri keluvchi 
ishlab chiqarish vositalarining tejalishiga olib keldi; 
3)
birgalikdagi mehnat bellashuvni keltirib chiqarib, mehnat unumdorligini 
oshirdi. 
Manufaktura – bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin