Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


 Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/35
tarix18.07.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#136861
növüReferat
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
mulkchilik munosabatlari jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy

1.3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy 
mazmuni. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari 
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy 
munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli 
hisoblanadi. 
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish 
hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. 
Shunday ekan, 
mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, 
foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan 
iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkka 
egalik qilish
mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va 
yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim 
hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan 
amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-
mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan 
foydalanish
– bu mol-mulkning 
iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni
o’zlashtirish
yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish 
uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni 
tasarruf etish
- bu mol-mulk taqdirining 
mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, 
ijaraga berish kabi hollar orqali ro’y beradi. 
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari 
(egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu 
munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli 
doirasida ham farqlanishi mumkin. 
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini 
o’zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog`liq va 
bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham 
huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal 
qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy 


17 
jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni o’zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda 
foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» 
kategoriya sifatida qoladi. 
Mulkchilik xo’jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy 
jihatdan ro’yobga chiqariladi. 
Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga 
nisbatan faqat bo’ysinuvchi rol o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab 
chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish 
jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan 
mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari 
(egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning 
aniqlashtirilgan ko’rinishi hisoblanadi. 
Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini 
muhofaza qilish zarurati bilan bog`liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u 
tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g`oyat 
muhim rol o’ynaydi. Bu rol shunda ko’rinadiki, tovar xo’jaligi sharoitida ayrim 
ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash 
munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish 
imkoniyati paydo bo’ladi. 
Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab 
chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga 
(huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun 
bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya 
qilish usullarini belgilab beradi. 
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib 
qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin