Suv havzalari sayoz va harakatsiz boʻlgan taqdirdagina oʻsimliklar suv yuzasiga
chiqib oʻsishi mumkin. Bunday oʻsimliklar jumlasiga giasentlar, liliyalar kiradi. Ular
oʻzlari uchun kerak boʻlgan oziq moddalarni toʻgʻridan–toʻgʻri suvdan oladilar, ildiz-
lari bilan emas.
7. Artik tundra mintaqasi
.
Bu mintaqaning iqlimi nihoyatda sovuq,
qishi uzun,
yozi esa oʻta qisqa boʻladi. Doimo kuchli shamollar esib turganligi uchun oʻrtacha
yillik harorat 0°Sdan past, hatto yoz oylarida issiqlik 15 — 20°S dan oshmaydi.
Yogʻinning oʻrtacha bir yillik miqdori 200 — 300 mm ni tashkil etadi. Biroq quyoshli
kunlarning kam boʻlishi hamda yozning qisqaligi natijasida ortiqcha namlik hosil
boʻladi. Havoning nisbiy namligi 80% orasida. Tundra mintaqasining tuprogʻi doimiy
muzlikni hosil qiladi. Hatto yoz oylarida ham tuproqning 0,25 — 2 m chuqurligigacha
muz eriydi, xolos. Yilning 280 kuni davomida yer qor bilan qoplanishiga qaramay, bu
iqlim mintaqasida 500 ga yaqin yuksak oʻsimlik turlari oʻsadi.
Ularning koʻpchiligi koʻp yillik oʻt, chim hosil qiluvchi hamda katta boshli
oʻsimliklardir. Koʻpincha bu yerlarda mox, lishaynik, pakana va doimiy yashil buta
va chala butalar oʻsadi.
Ular jumlasiga bagulnik, pakana oq qayin (Betula nana), pakana tollar, vodyanka,
brusnika, moroshka, oʻt oʻsimliklardan qiyoqlar, astragallar, qirqboʻgʻim,
qoʻngʻirbosh, belaus, lishayniklardan
island lishaynigi, bugʻi lishayniklari koʻp
uchraydi. Tundra mintaqasining janubida Sibr yeli, Osina, oq qayin, olxa va shu kabi
daraxtlar ham oʻsadi.
Ekologik sistemada hamma organizmlar oziqlanishiga va energiya qabul qilishiga
qarab ikki guruhga boʻlinadi: Avtotroflar va geterotroflar. Avtotroflar asosan
oʻsimliklardan tashkil topgan boʻlib, ular fotosintez tufayli quyosh energiyasini
oʻzlashtirib oddiy anorganik birikmalardan murakkab organik birikmalarni
sintezlaydi. Geterotroflarga hayvonlar, odamlar, zamburugʻlar, bakteriyalar kiradi.