Reja: Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi


Markaziy Osiyo regionning ekosistemalari



Yüklə 244 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix19.07.2023
ölçüsü244 Kb.
#136874
1   2   3   4   5   6   7
4 маруза

Markaziy Osiyo regionning ekosistemalari 
Bu regionning fizik-geogrfik sharoiti va landshafti ham juda xilma — xildir. 
Shimoliy Gʻarbiy hududlar tipik choʻl va chala choʻllardan iborat boʻlib, yozi quruq 
issiq, qishi juda sovuq, yogʻingarchilikning juda kam boʻlishi bilan taʼriflanadi. 
Biologik mahsuldorlikning cheklovchi omili bu mintaqada namlikning yetishmasligi 
hisoblanadi. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 200 mm dan oshmaydi, u ham boʻlsa, 
asosan qish va bahor fasllarida boʻladi. Bu esa nafaqat oʻsimlik turlarining soniga va 
yanada oʻsimliklar hayotiy shakllariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shu sababli bu 
mintaqadagi oʻsimliklar asosan bir yillik oʻsimliklardan tashkil topgan, ular oʻz hayot 
siklini qisqa bahor davridayoq tugatishga ulguradi. Bu joylarda koʻp yillik 
oʻsimliklardan yantoq koʻp oʻsadi, uning oʻq ildizi 15-20 m chuqurlikdagi yer osti 
suvlariga yetib boradi. Shuningdek, tuproq sharoitiga qarab, choʻl zonalarida 
saksovul, quyonsuyak va shu kabi boshqa xil buta va chala buta oʻsimliklari koʻp 
oʻsadi. 
Choʻl zonasining pastqam joylarida yer osti suvlarining tarkibida tuzning miqdori 
juda ortiq boʻlganligi uchun shoʻrlangan yerlar ancha muncha uchraydi. Ana shunday 
shoʻrlangan yerlarda qora saksovul, cherkez, chogʻan, keyruk, danashoʻr, xaridondon, 
baliq koʻzi va shular kabi muhim yem-xashak va yaylov oʻsimliklari oʻsadi. Bu 
zonaning hayvonlari ham oʻsimliklari kabi suvsizlikka oʻta moslashgan boʻladi. 
Choʻlda yashovchi sudralib yuruvchilar (ilonlar, kaltakesaklar, echkiemarlar) mayda 
kemiruvchilar (yumronqoziqlar, sichqonlar, kalamushlar) suvsizlikka fiziologik va 
etologik (feʼl-atvori bilan) moslashgandirlar. Bu hayvonlar ichimlik suvga uncha 
muhtoj emas, chunki ularning organizmlarida metabolik suv isteʼmol qilingan quruq 
ozuqaning parchalanishi natijasida hosil boʻladi. Ularning siydigi juda 
konsentrasiyalashganligi uchun organizmidan suv kam ajraladi. Saygʻoqlar va boshqa 
xil choʻl hayvonlarida ham uzoq vaqt suvsizlikka chidamlilikni taʼminlovchi 
mexanizmlar rivojlangan.
Choʻllarning sugʻorilishi, haroratning yuqori va yorugʻlikning yetarli miqdorda 
boʻlishi juda serhosil ekin maydonlarini yaratishga imkon beradi. Lekin bu yerlarda 
suvning bugʻlanishi natijasida tuproqning shoʻrlanishi cheklovchi omil hisoblanadi. 
Bu esa tuproqning shoʻrini yuvish va hosildorlikni yuqori darajada ushlab turish 
uchun qoʻshimcha suv talab qiladi. 
Togʻ oldi va togʻ hududlarida chala choʻllar, toʻqaylar, aralash oʻrmonlar, alp 
oʻtloqlari hamda sovuq togʻ choʻllari kabi biomlar uchraydi. 
Qishloq xoʻjaligining jadal rivojlanishi, archa oʻrmonlarning kesilishi kabi 
antropogen taʼsirlar togʻ oldi va togʻ hududlarida biomning sezilarli buzilishlariga 
sabab boʻlmoqda. Natijada hozirgi vaqtda oʻsimlik va hayvonlarning juda koʻp turlari 
yoʻqolib bormoqda va shu tufayli Oʻzbekistonning «Qizil kitobi»ga koʻp turlar kiritil-
gan. 


Yoʻqolib ketayotgan turlarni va tabiiy biogeotsenozlarni muhofaza qilishning 
samarali choralaridan biri qoʻriqxonalarni koʻpaytirish va ularning maydonini 
kengaytirish, yoʻqolib ketayotgan turlarning sunʼiy oʻstiriladigan joylarini yaratish
ularni tabiatga reintroduksiyalash (qaytadan ekish, koʻpaytirish, tiklash) hisoblanadi. 

Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin