Kompyuter tizimlari va


Internet – global kompyuter tarmog‘i



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/28
tarix20.07.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#136932
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
09aba1defd2dbaf2776be6818724a092 Нигматов Ҳ Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб

 
Internet – global kompyuter tarmog‘i 
Reja: 
1.
 
Internetning asosiy texnik vositalari va tushunchalar. 
2.
 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi axborot va moliyaviy 
telekommunikatsiya tarmoqlari. 
3.
 
Internetda ishlash va Internet Explorer dasturida ishlash. 
4.
 
Internetda adreslashtirish va yo‘naltirish. 
5.
 
Xonadonlarni manzillashtirish. 
6.
 
Internetning asosiy resurslari. 
7.
 
MICROSOFT INTERNET EKSPLORER dasturi, funktsiyalari, ishchi 
o‘rni tafsiloti, ishchi o‘rnini sozlash. 


1983 yilda - Internet tashkil etildi. Internet-axborotlar bilan mustaqil 
almashish imkonini yaratdi. Internet (International Network – xalqaro kompyuter 
TARMOQ) butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. 1990 
yillar o‘rtalarida Internet biznes-ishlovlar bilan ishlash uchun ko‘llanila boshladi. 
Biroq, bu borada turli muammolar mavjud edi. Internetning statistik ma’lumotlari 
quyidagicha: 
1981 y.- Internet ga 213 ta kompyuter ulangan; 
1983 y.- Internet ga 562 ta kompyuter ulangan; 
1986 y.- 5089 ta kompyuter ulangan; 
1992 y.- 727000 ta kompyuter ulangan; 
1995 y.- 20-40 million kompyuter birlashdi. 
Hozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida 100 
milionlab abonentlarga ega. Har oyda tarmoq miqdori 7-10%ga ortib bormoqda. 
Internet dunyodagi turli xil ma’lumotlarga oid axborot tarmoqlari o‘rtasidagi 
o‘zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi. 
Internet qachonlardir faqat tadqiqot va o‘quv guruhlarigagina xizmat qilgan 
bo‘lsa, hozirgi kunga kelib, u ishlab chiqarish doiralari orasida keng tarqalmoqda. 
Kompaniyalarni Internet tarmog‘ining tezkorligi, arzon, keng qamrovdagi aloqa
hamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi dastur 
hamda ma’lumotlarning noyob bazasi ekanligi o‘ziga tortmoqda. Arzon xizmat 
narxi evaziga foydalanuvchilar AQSh, Kanada, Avstraliya va boshqa ko‘pgina 
Evropa mamlakatlarining tijorat yoki notijorat axborot xizmatlariga yo‘l topadilar. 
Internet ning erkin kiriladigan arxividan insoniyat faoliyatining barcha jabhalarini 
qamrab oladigan axborotlarni, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to ertangi kungi 
ob-havo ma’lumotigacha bilib olish mumkin. 
Ayniqsa, 
kundalik 
kommunikatsiyaga 
muxtoj 
shaxslar, 
tashkilot, 
muassasalar uchun ko‘pincha telefon orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa nisbatan 
Internet infrastrukturasidan foydalanish anchagina arzon tushadi. Bu narsa
ayniqsa, chet ellarda filiallari mavjud bo‘lgan firmalar uchun qulaydir, chunki 


Internet ning konfidentsial noyob aloqalari butun dunyo bo‘yicha imkoniyatga ega. 
Shu bilan birga yana bir narsani ta’kidlash lozimki internetga gipermatn 
tushunchasi kirib keldi. 1965 yil Nelson gipermatn so‘zini qo‘lladi. Van Dam va 
boshqalar 1967 yilda gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. Nelson 1987 yil 
ma’lumotlarning gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. Jeneva SERN (CERN) da 
ishlovchi fizik Tim Bernes Li 1990 yil gipermatnli loyihani taklif etdi. Bu loyiha 
fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o‘zaro almashish imkonini berar 
edi. Shunday qilib xalqaro axborot tarmog‘i – World Wide Web (WWW)ga 
poydevor qo‘yildi. 1993 yil Mark Anderson rahbarligida birinchi gipermatnli 
Mosaic grafik brauzeri ishlab chiqildi va u Netscape korporatsiyasiga o‘tib 
Netscape brauzerini ishlab chiqdi.
Shunday qilib biz sevgan gazeta va jurnallarimizning oxirgi ma’lumotlarini 
WWW so‘zlaridan boshlangan manzilda ko‘rish va uni shu manzildan nusxasini 
ko‘chirib olish mumkin, degan so‘zlar ko‘prok uchrab turibdi. Shu bilan birga 
elektron nashrlar tushunchalarining kamrovi oyma-oy kengayib bormoqda. 
Elektron usulda chop etilgan yangi-yangi jurnallar paydo bo‘lmoqda. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin