Elektr xavfsizligi – kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit maydonining zararli
va xavfli ta`siridan muhofaza qilishni ta`minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar
sistemasi.
SHikastlanish – ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli ta`sirlar natijasida inson
organlari yoki teri qoplamasi fiziologik butunligini buzilishi.
Mehnat sharoiti – mehnat jarayonida insonning salomatligi va ish qobiliyatiga ta`sir
etadigan omillar majmui.
SHaxsiy himoyalanish vositalari – bir xodimni muhofaza qilish uchun xizmat
qiladigan vositalar. SHaxsiy himoya vositalariga – ish kiyimi, poyafzal, gaz niqoblar,
respiratorlar, niqoblar, shlemlar, himoya ko`zoynaklari, quloqchinlar va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – ish vaqtida yuz beradigan hodisa.
Kasb kasalligi – kishi organizmiga ish sharoitlarining zararli ta`siri natijasida kelib
chiqqan (surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, har xil kimyoviy preparatlar bilan
zaharlanish) kasalliklardir.
Ruxsat etilgan kontsentratsiya (daraja, miqdor) (REK, RED, REM) – 8 soatli yoki boshqa
ish kuni, shuningdek haftasiga 40 soatdan ortiq bo`lmagan, ishlashi davomida kasallik yoxud
sog’ligida o`zgarishlar keltirib chiqarmaydigan kontsenratsiya (daraja, miqdor).
6 – mavzu. Operatorga tushadigan yuklanishlarni; shaxsiy va ommaviy himoyalanish vositalaridan foydalanish Mashgulotning maqsadi: Operatorga tushadigan yuklanishlarni; shaxsiy va ommaviy
himoyalanish vositalaridan foydalanish
haqida
ko`nikmalar hosil qilish.
Mashgulot rejasi: 1. Mehnat xavfsizligini ta`minlovchi texnik vositalar