Elektr xavfsizligi
– kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit maydonining zararli
va xavfli ta`siridan muhofaza qilishni ta`minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar
sistemasi.
SHikastlanish
– ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli ta`sirlar natijasida inson
organlari yoki teri qoplamasi fiziologik butunligini buzilishi.
Mehnat sharoiti
– mehnat jarayonida insonning salomatligi va ish qobiliyatiga ta`sir
etadigan omillar majmui.
SHaxsiy himoyalanish vositalari
– bir xodimni muhofaza qilish uchun xizmat
qiladigan vositalar. SHaxsiy himoya vositalariga – ish kiyimi, poyafzal, gaz niqoblar,
respiratorlar, niqoblar, shlemlar, himoya ko`zoynaklari, quloqchinlar va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa
– ish vaqtida yuz beradigan hodisa.
Kasb kasalligi
– kishi organizmiga ish sharoitlarining zararli ta`siri natijasida kelib
chiqqan (surunkali changli bronxitlar, titrash kasalligi, har xil kimyoviy preparatlar bilan
zaharlanish) kasalliklardir.
Ruxsat etilgan kontsentratsiya (daraja, miqdor) (REK, RED, REM)
– 8 soatli yoki boshqa
ish kuni, shuningdek haftasiga 40 soatdan ortiq bo`lmagan, ishlashi davomida kasallik yoxud
sog’ligida o`zgarishlar keltirib chiqarmaydigan kontsenratsiya (daraja, miqdor).
6 – mavzu. Operatorga tushadigan yuklanishlarni; shaxsiy va ommaviy
himoyalanish vositalaridan foydalanish
Mashgulotning maqsadi:
Operatorga tushadigan yuklanishlarni; shaxsiy va ommaviy
himoyalanish vositalaridan foydalanish
haqida
ko`nikmalar hosil qilish.
Mashgulot rejasi:
1. Mehnat xavfsizligini ta`minlovchi texnik vositalar
|