1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/45
tarix22.07.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#137085
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
12.3 янги амалий (лек)

Mashgulotning maqsadi: 

Xavf-sabab-oqibat” ketma-ketligini; xavfsizlikning ergonomik 
asoslarini; maqbul ish joyini tashkil qilish haqida
 
ko`nikmalar hosil qilish. 
Mashgulot rejasi:
1. Xavf-sabab-oqibat ketma-ketligi
2. 
Xavfsizlikning ergonomik asoslari
3. Maqbul ish joyini tashkil qilish 
1. Xavf-sabab-oqibat ketma-ketligi 
Sabab va oqibatlar

YAshirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan sharoit-sabab 
deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi (epidemiya), atrof-
muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi. 
Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi 
mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning xatosi (sabab)- zaharlanish 
(kungilsiz oqibatlar).
Mutloqa xavfsiz bo`lgan ish (faoliyat) bo`lishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday 
bo`lmasin, unda yashirin xavf bo`ladi. Bu aksioma hayot faoliyati xavfsizligida metodologik 
ahamiyatga ega. Ikkinchi amaliy mashg’ulotda bular haqida to`liq ma`lumoti berilgan 
2. 
Xavfsizlikning ergonomik asoslari
 
Mehnatni muhofaza qilishda ergonomik, metereologiya talablari va sharoitlari 
«Mehnatni muhofaza qilish» fanini o‘rganishda boshqa ijtimoiy, texnikaviy, gumanitar 
fanlarning ma’lumotlari e’tiborga olinadi. Shular qatorida ergonomika fanining ma’lumotlari 
ham katta ahamiyatga ega. 
Ergonomika
so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, «ergo» - (rabota) 
ish, «nomika» - (nauka) fan, ya’ni «ish to‘g‘risidagi fani» degan ma’noni bildiradi. 
Ergonomika insonning mehnat faoliyati jarayonida qulay, xavfsizlik bilan bog‘liq ma’lum 
muhim vazifalar yechiladi. Shunday qilib, ergonomika muhim vositalarni yechadigan birlik 
sifatida 
texnikani insonga yaqinlashtirishga harakat qiladi, «inson - texnika» tizimidagi 
mavjud muammolarni ko‘rib chiqadi. Ergonomika doirasida besh xil moslik – ma’lumot 
axborot, biofizik, energetik, fazoviy-antropometrik va texnik-estetik moslanish mavjud bo‘lib, 
ularni ta’minlash va amalga oshirish ishni – vazifani muvaffaqiyatli yakunlanishini 
kafolatlaydi. Bajarilayotgan turli jarayonlar va unga bog‘liq bo‘lgan uskuna, qurilmalar 
doirasida axborotni yetkazuvchi-ko‘rsatuvchi moslama – mashina modeli bo‘lsa, operator 
murakkab tizimda bo‘lsa ham boshqarish ishlarini amalga oshiradi. Buvazifani bajarish uchun 
ergonomika nuqtai nazaridan shunday axborot modeli yaratilishi kerakki, bu model o‘z 
vaqtida mashinaga taaluqli ta’rifni berishi, natijada operator toliqmasdan, fikrlab va e’tibor 
bilan axborotni xatosiz qabul qilib, qayta ishlashi lozim. 
Murakkab hisoblangan vazifani yechish operatorning xavfsizligiga, aniq-sifatli 
ishlashiga, mehnat unumdorligiga, shuningdek insonning psixofiziologik 


334 
imkoniyatlarini axborot modeliga mos bo‘lishiga bog‘liqdir. Biofizik moslik operatorning ish 
qobiliyatini, normadagi fiziologik holatini ta’minlaydigan atrof – muhitning yaratilishini 
ifodalaydi. Bu vazifa mehnat muhofazasi talablari bilan bog‘langan. Atrof-muhitning 
ko‘pgina omillari, chegara miqdorlari qonuniyat bilan belgilangan va ular operatorning ish 
vazifasi bilan doimiy bog‘lanmagan va ular operatorning ish vazifasi bilan doimiy 
bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun mashinalarning yaratilishida shovqin, 
tebranish, havo muhiti kabi barcha birliklarning maxsus tekshirilishi talab qilinadi. Insonning 
kuchi va energetik qobiliyati ma’lum chegaraga ega. Shuning uchun ish jarayonida boshqarish 
tizimida charchash maqsadga muofiq bo‘lmagan oqibatga olib kelishi mumkin. Shuningdek, 
ish tizimidagi aniqlik pasayadi. Bunday cheklanish yoki atrof – muhitga bog‘liq bo‘lgan 
vaziyat, omillar e’tiborga olinishi kerak. 
Energetik moslik operatorning optimal imkoniyatlari asosida talab qilinadigan kuch, 
sarflanadigan quvvat, harakatning aniqligi va tezligi bilan mashinani boshqarilishidagi 
kelishuvini ifodalaydi. 
Fazoviy-antropometrik moslik inson tanasi o‘lchami, tashqi fazoning ta’siri 
imkoniyatlari, ish jarayonida operatorning vaziyati, gavdaninng turishi hisobga 
olinishini ifodalaydi. Vazifaning to‘g‘ri hal qilinishida ish joyi hajmi, operator 
harakatlanadigan masofa, balandlik, boshqaruv pultigacha bo‘lgan oraliq va boshqa 
ko‘rsatkichlar aniqlanadi. 
Moslikni ta’minlashda insonlarda antiropometrik ko‘rsatkichlarning har xil 
bo‘lishi murakkab holatga olib keladi va bu vazifani yechishda ergonomika yordam beradi. 
Texnikaviy – estetik moslik insonni mehnat jarayonida, mashina bilan bo‘ladigan 
muloqatida qoniqarli sharoit bilan ta’minlashni anglatadi. Ko‘p sonli va 
favqulodda muhim texnik – estetik masalalarni hal qilishda san’atkorlar, konstruktorlar, 
rassomlar va boshqalar jalb qilinadi. 
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari havo muhitining metereologik 
sharoitlari havo harorati (0S), nisbiy namligi (%), havo bosimi (mm. simob ust. Yoki Pa) va 
havo tezligi (m/s) bilan ifodalanadi. Bulardan tashqari metereologik sharoitga ta’sir qiluvchi 
ishlab chiqarish omillari mavjud, ya’ni ishlab chiqarish korxonalaridagi har xil qurilma-
uskunalar va ishlov berilayotgan materiallar, moddalar yuzasidan tarqaladigan issiqlik nurlari 
havo haroratining oshishiga olib keladi. Bu omillar ta’sirida ishlab chiqarish zonasidagi hosil 
bo‘ladigan havo muhiti sanoat mikroiqlimi deb yuritiladi. 
Metereologik birlik va omillarning har biri ayrim holda yoki bir nechtasi birgalikda 
insonning mehnat qilish qobiliyatiga, sog‘lig‘iga juda katta ta’sir qiladi. 
Ba’zi hollarda bunday ta’sir ko‘rsatish foydali bo‘lishi mumkin. Masalan, salqin sharoitda 
isituvchi omil va shu bilan birga texnologik jarayonlardan ajralib chiqayotgan bug‘ va parlar 
hisobiga nisbiy namlik ortib ketganda, uni normalashtiruvchi omil bo‘lishi mumkin. 
Ba’zi vaqtlarda esa omillarning bir-biriga qo‘shilishi natijasida zararli ta’sir 
darajasi ortib ketishi mumkin. Masalan, nisbiy namlik va haroratning ortib ketishi 
inson uchun og‘ir sharoit vujudga keltiriladi. Bundan tashqari ish joylaridagi havo 
harakatining oshishi harorat yuqori bo‘lgan vaqtda ijobiy natija beradi, harorat past 
bo‘lgan vaqtda esa salbiy natija ta’sir ko‘rsatib, inson organizmining issiqlik 
boshqarilishini buzib yuborishi mumkin. 
Inson organizmining issiqlik boshqarilishi fiziologik va kimyoviy jarayonlar 
asosida tana haroratini bir xil chegarada (36-37 0S) saqlab turish qobiliyati demakdir. 
Asosan tashqi muhitga issiqlikni almashtirishda fizik issiqlik boshqarilishi 
ahamiyatlidir. Organizmdan tashqi muhitga uch xil yo‘l bilan issiqlik chiqishi mumkin: 
1. Odam tanasining umumiy yuzasidan infraqizil nurlanish orqali 
(radiatsiya) havo almashinuvi. 
2. Tanani o‘rab turgan havo muhitini isitish. 


335 
3. Terining terlab, bug‘lanishi va nafas olish yo‘llari orqali suyuqliklarning bug‘lanishi 
natijasida. Normal sharoitda kuchsiz havo harakati bo‘lgan holda harakatsiz odam organizmi 
radiatsiya yo‘li bilan organizm ishlab chiqarayotgan issiqlikning 45%ini, konveksiya (issitish) 
natijasida 30%ini va terlash orqali 25 %ini yo‘qotishi aniqlangan. Bunda teri orqali umumiy 
issiqlikning 80%dan ortig‘i, nafas olish organlari orqali 13% va taxminan 5% issiqlik, ovqat, 
suv va havoni isitishga sarflanadi. 
Radiatsiya va konvesiya orqali issiqlik yo‘qotish faqat tashqi muhit harorati 
tana haroratidan kam bo‘lgan hollarda bo‘lishi mumkin. Tashqi muhit harorati qancha past 
bo‘lsa, issiqlik yo‘qotish shuncha kuchli bo‘ladi. Tashqi muhit harorati tana haroratidan 
yuqori yoki teng bo‘lsa, u holda issiqlik ajratish terlab, bug‘lanish 
hisobiga bo‘ladi. Bir gramm terni bug‘latish hisobiga 2,5 kJ (0,6 Kkal) issiqlik 
yo‘qotilishi mumkin. 
Organizmda chiqadigan terning miqdori tashqi muhit haroratiga va bajariladigan ish 
kategoriyasiga bog‘liq. Harakatsiz organizmda tashqi muhit harorati 150S ni tashkil qilsa, 
terlash miqdori juda kam miqdorni (soatiga 30 ml) tashkil qiladi. 
Yuqori haroratlarda (300S va undan yuqori), ayniqsa og‘ir ishlarni bajarganda 
organizmning terlashi juda ortib ketadi. Masalan, issiq sexlarda, og‘ir ishlarni bajarish 
natijasida terlash miqdori soatiga 1-1,5 litrga yetarli va bu miqdor terning bug‘lanishi uchun 
2500-3800 kJ (600-900 Kkal) issiqlik sarflanadi. 
Terlash yo‘li bilan issiqlik sarflash faqat tana yuzasidan ter bug‘langandagina amalga 
oshadi. Terning bug‘lanishi esa havoning harakatiga, nisbiy namligiga, kiyilgan kiyimning 
materialiga bog‘liq. 
Issiqlik yo‘qotish faqat terlash yo‘li bilan amalga oshirilayotgan sharoitda havoning 
nisbiy namligi 75 – 80% dan ortiq bo‘lsa, terning bug‘lanishi qiyinlashadi va organizmning 
issiqlik boshqarilishi buzilishi natijasida «issiqlash» yuz berishi mumkin. 
Issiqlashning birinchi belgisi – tana haroratining ko‘tarilishidir. Kuchsiz issiqlashni 
tana haroratining yengil ko‘tarilishi, haddan tashqari ter chiqishi, kuchli 
tashnalik, nafas olish va qon tomirlari urishining tezlashishi bilan ifodalash mumkin. Agar 
kuchli issiqlash yuz bersa, unda nafas olish qiyinlashadi: qattiq bosh og‘riydi, bosh aylanadi, 
gapirish qiyinlashadi. Issiqlik bosh qarilishining bu xildagi buzilishi va tana haroratining 
keskin ko‘tarilishi issiqlik gepartermiyasi deyiladi. 
Issiqlashning ikkinchi belgisi terlaganda inson organizmining ko‘p miqdorda 
tuz yo‘qotishi natijasida kelib chiqadi (45g). Bu holat teri hujayralarida tuzning kamayishi 
bilan teri suvni ushlab qolish qobiliyati susayganligidan kelib chiqadi. Ichilayotgan suvning 
tinmay ter bo‘lib chiqib ketishi chanqoqlikning yanada kuchaytiradi, natijada zaharlanish 
holati vujudga kelishi mumkin. Bunda organizmning paylarida qaltirash paydo bo‘ladi, kuchli 
terlash va qonning suyuqlanishi kuzatiladi, keyin issiq urishi vujudga keladi. Tana harorati 
40-41 0S ga ko‘tarilib, odam hushini yo‘qotadi va qon tomirlarining urushi kuchsizlanadi. Bu 
vaqtda organizmdan ter chiqishi butunlay to‘xtaydi. Qaltirash kasali va issiq urishi «o‘lim» 
bilan tugashi mumkin. Inson organizmiga faqatgina yuqori harorat ta’sir qilib qolmasdan, 
balki past harorat ham ta’sir ko‘rsatadi. Uzoq vaqt past harorat ta’sirida bo‘lish asosiy 
fiziologik jarayonlarning buzilishiga, ish qobiliyatining susayishiga va organizmning 
kasallanishiga olib keladi. 
Past harorat ta’sirida qon tomirlari torayadi, uzoq vaqt ta’sir qilish natijasida 
kapillyar qon tomirlarining faoliyati buziladi, shundan keyin organizmning butunlay sovishi 
seziladi. Tashqi asab sistemalarining sovuqqa qotishi natijasida suyak sistemalarida radikulit, 
oyoq, qo‘l va belda, uning paylarida revmatizm kasalligi, shuningdek «plevrit», bronxit va 
shamollash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Odam 
tanasiga sovuqning, ayniqsa, havo harakatining ta’siri kuchli bo‘ladi. Havoning nisbiy 


336 
namligi yuqori bo‘lgan vaqtda ta’sir, ayniqsa, kuchli bo‘ladi, chunki sovuq, haroratdagi nam 
havo issiqlikni yaxshi o‘tkazadi va konveksiya orqali issiqlik yo‘qotishni kuchaytiradi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin