Educational, natural and social sciences



Yüklə 433,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix23.07.2023
ölçüsü433,58 Kb.
#137190
1   2   3   4   5   6   7   8   9
uslubchining-liderlik-va-rahbarlik-xususiyatlari

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya ishlarini talab darajasida amalga 
oshirish, tarbiyachilarda mehnat intizomiga qat’iy amal qilish ko’nikmasini, bir-
birining kamchiliklariga tanqidiy munosabatni shakllantirish, mehnat va ijodiy 
faolligini oshirish orqali ish samaradorligini oshirish; qabul qilingan qarorlarning o’z 
vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uslubchidan yuksak bilim va malaka, 
tarbiyachilar bilan ularning ruhiyatini inobatga olgan holda ishlash salohiyati, katta 
tajriba hamda ko’plab ma’naviy fazilatlar sohibi bo’lishni talab etadi. Shuning uchun 
ishini endi boshlayotgan har bir yosh mutaxassis yordam va maslahatga muhtojligini 
e’tiborga olib, uni yetarli bilim va tajribaga ega murabbiyga biriktirish maqsadga 
muvofiqdir. 
Uslubchi jamoani boshqarishda o’zi shaxsiy namuna bo’lishi lozim, ya`ni
u barcha ishlarni oldida, boshida bo’lib yetakchilik qiladi. Umuman olganda
ko’p adabiyotlarda «lider» so’zini «yetakchi» atamasi bilan almashtirish hollari
ko’p uchraydi. O’ylashimizcha, «yetakchi» atamasi «lider»ga xos bo’lgan


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
954 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
psixologik tavsifni to’la ifodalay olmaydi. «Yetakchi» so’zi guruhga munosabat 
sifatida, uning a`zolariga ta`sir o’tkazuvchi va maqsadga etaklovchi shaxsga
nisbatan ishlatiladi.
Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali 
aniqlanadigan shaxs holatidir. Lekin liderga xos bo’lgan fazilatni ifodalovchi yana 
qator jihatlar borki, ularni munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz.
Bunday talqinda liderga xos bo’lgan asosiy jihatlardan yana biri – shaxsning 
vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga olish zarurati 
tug’iladi. Biron - bir muammoli vaziyatda paydo bo’lgan qiyinchilikni bartaraf 
etishdagi tashabbus, topqirlik va mohirlik liderga xos fazilatlardir. Muammoni 
echish bilan bog’liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga nisbatan o’zining ilg’orligi, 
peshqadamligi bilan ajralib turadi. Fikrimizcha, o’zbek tilida aynan shu ikki ibora - 
«peshqadam» va «etakchi» so’zlari majmuasi lider mohiyatini to’la ifodalashi 
mumkin.
Nazarimizda, «Yetakchi» so’zi shaxsning guruhni etaklashga, boshchilik 
qilishga bo’lgan ishtiyoqi mavjudligidan kelib chiqadi. «Peshqadam» iborasi esa 
ma`lum fazilatlarga ega bo’lgan shaxs ketidan guruhning ergashishini, jamoaning 
o’z ixtiyoriga ko’ra o’zi ishongan odam borayotgan yo’lni tanlashini anglatadi. 
Aynan shu holat «lider» iborasiga nisbatan ham ishlatilishi zarur. Liderning bu 
xususiyati uning hissiy jozibadorligida, o’zgalarni o’ziga jalb etish fazilatida 
namoyon bo’ladi. Shunday qilib, «lider» so’zini faqat «etakchi» atamasi bilan
almashtirish liderlik holatining psixologik talqinini tor doiraga kiritib qo’yadi.
Ushbu mulohazadan kelib chiqqan holda qo’llanmamiz matnida «lider» so’zidan 
foydalanishni ma`qul deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, «lider» so’zidagi izohiy 
ma`noni anglab olish o’zbek kitobxoni uchun tanish holdir.
Liderlik va rahbarlik. Mehnat jamoasidagi har bir xodim guruhda o’zining 
mavqeiga ega. Bu mavqe rasmiy yoki norasmiy tarzda qo’lga kiritilgan bo’lishi 
mumkin. Rasmiy mavqe xodimning mansab pog’onasidagi o’rni va uning 
lavozimidan kelib chiquvchi vakolatlari bilan ifodalanadi. Har qanday xodim
o’z hamkasabalari bilan o’zaro munosabatda bo’lar ekan, turli omillar ta`sirida
bu munosabatlar hissiy rang ola boshlaydi.
Hissiyotga asoslangan munosabatlar ikki ko’rinishda - yoqtirish (simpatiya) 
va yoqtirmaslik (antipatiya) sifatida shakllanadi. Shunday xodimlar ham borki, ular 
o’zining ma`lum xislatlari bilan jamoaning ko’pchilik a`zolarida simpatiya uyg’ota 
oladilar va ular guruhning norasmiy tizimida yuqori mavqeni egallaydilar.



Yüklə 433,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin