Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 956
w www.oriens.uz February 2022 ko’pgina jihatlarni sanab o’tishimiz mumkin. Masalan, rahbar xodimlarga ega
bo’lsa, liderning hamfikr tarafdoshlari mavjud, rahbar tayinlansa, lider jamoa
a`zolari orasidan ajralib chiqadi, rahbar o’z hokimiyatiga asoslansa, lider esa
obro’siga tayanadi. Rahbar o’z majburiyati bo’yicha tashkilot manfaatini birinchi
o’ringa qo’yadi va shu xususiyat unga rasmiy tus berib, jamoa oldida liderga
nisbatan uni bir muncha «zaif» holatga qo’yadi.
Hayotda ko’pgina jamoalar uchraydiki, ularda rasmiy rahbar va lider alohida
shaxslardan iboratdir. Bunday jamoa hayotidagi ko’p vaziyatlarda guruh a`zolari
rahbardan ko’ra norasmiy lider tomonida bo’lishlari ehtimoli kuzatiladi. Jamoadagi
rasmiy rahbar va norasmiy liderning o’zaro munosabati doimo qiyin masalalar
doirasiga kiradi. Bunday vaziyatda odatda ko’pchilik rahbarlar liderni siqib
chiqarishga, undan qutulishga intilishlari kuzatilsa, boshqa bir rahbar bu
liderdan foydalanishga, uni guruh maqsadiga tezroq erishish yo’liga safarbar etishi
mumkin. Rahbarning lider bilan o’zaro til topishi, hamfikr bo’la olishi albatta
bo’lajak muvaffaqiyatlar garovidir. Buning uchun rahbardan ham topqirlik, sabr-
toqat va o’z shaxsiy manfaatidan ustun tura olish qobiliyati ko’tiladi.
Rasmiy rahbar va guruh lideri turli shaxslardan iborat bo’lsa, ular o’rtasidagi
kelishmovchilik ko’pgina xodimlar tomonidan ijtimoiy adolatning buzilishi
sifatida idrok etiladi. Lider bilan munosabatni rivojlantirish esa aksincha,
guruhdagi kuchlarni tan olish, oqillik yo’lini tanlash deb baholanadi. Rahbar sezgir
shaxs sifatida nafaqat liderga, balki bunday xislatga ega bo’lgan har bir guruh
a`zosiga alohida diqqat ajrata olishi lozim. Alohida olingan lider bilan mavjud
munosabatni rivojlantirish orqali guruhning boshqa a`zolari bilan o’zaro ijobiy
hislarni shakllantirish imkoniyati tug’iladi. SHu ma`noda tahlil etilganda, guruhda
norasmiy liderning mavjudligi rasmiy rahbar uchun guruh a`zolari bilan iliq
munosabatni qurishdagi qo’shimcha ko’prikdir. Lekin hayotda hamma narsa ham
o’ylanganday silliq ketavermaydi va rasmiy rahbar bilan norasmiy lider
manfaatining zidligi, rahbarning iltifotli qadamiga qaramay norasmiy liderning
qaysarligi to’qnash kelishi mumkin. Bu esa jamoadagi nizo bilan ifodalanadi va
bunday hollarni hal etish yo’l-yo’riqlari haqida jamoadagi nizolar mavzusida
batafsil gapirib o’tiladi.
Liderga xos bo’lgan fazilatlarni shakllantirish bo’yicha psixologiya faniqa
qator amaliy tadbirlar mavjud bo’lib, bu xil dasturlar interfaol ta`lim uslubiga
asoslangan amaliy mashg’ulotlarda o’z aksini topadi. SHaxsning liderlik jihatlarini
rivojlantiruvchi psixologik tadbirlarning metodologik asoslari bir muncha bahsli
bo’lib, bu mavzuning puxta ishlab chiqilishi ushbu mashg’ulotlardan olinajak