Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 953
w www.oriens.uz February 2022 –Pedagog xodimlarga metodik yordam berish, pedagogik faoliyatni tahlil qilish.
–Pedagog xodimlarning tasdiqlangan ish rejalarda belgilangan vazifalar
bajarilishini nazorat qilish.
–Tashkilotda to‘garaklar faoliyatini yuritishni ta’minlash.
–Tashkilotning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish va
yo‘naltirish.
–Direktor yo‘qligida uning lavozim vazifasini bajarish.
–tashkilotda huquqbuzarlik, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya, giyohvandlik va
boshqa zararli odatlardan saqlanish, uning oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha
ota-onalar va jamoatchilik o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlarini
amalga oshirish. Uslubchi hamkasblarining hurmatini qozonish va ularga o’z
vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun muayyan rahbarlik
salohiyatiga ham ega bo’lishi lozim. U nafaqat puxta nazariy tayyorgarlikka, balki
bilim va tajribalarini amalda qo’llash ko’nikmasiga ham ega bo’lishi zarur. Tajribali
uslubchi tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondashish g’oyalarini umumlashtira bilishi,
aniq maqsadni ko’zlab faoliyat yuritishi, har bir tarbiyachining imkoniyat va
qobiliyatlarini e’tiborga olishi bilan ajralib turadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti
uslubchisining ta’lim-tarbiya yo’nalishidagi faoliyatining samaradorligi, uning obro’-
e’tibori ko’p jihatdan pedagoglar jamoasi, eng avvalo, tashkilot rahbariyatining
jipsligi, uyushqoqligi va bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat yuritishiga bog’liqdir.