Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 957
w www.oriens.uz February 2022 natija samarasini belgilaydi. YAqin paytgacha psixologiya faniqa shaxsning
liderlik xislatlarini shakllantirish bo’yicha «Xislatlar nazariyasi» degan ta`limot
etakchi bo’lib kelgan. Bu ta`limotga binoan liderlikni ifodalovchi bir necha
xislatlar mavjud va ushbu xislatlar majmuasi shaxsning o’zgalarga ta`sir etish
qobiliyatini belgilaydi. Ammo, aniqlanishicha, xislatlarning shunchaki majmuasi
shaxsni lider darajasiga ko’tara olmaydi va bu xislatlar soni bir necha o’ntalikdan
iborat bo’lishi mumkin. Bu xislatlarni shakllantirish, ularni shaxs tuzilmasidagi
boshqa tarkibiy jihatlar bilan muvofiqlashtirish va insonning ichki mazmun-
mohiyatiga aylantirish o’ta murakkab masaladir. Ko’p yillik psixologik tadbirlar
bunday yo’lning kammahsul ekanligini ko’rsatdi.
Shaxsning liderlik imkoniyatini rivojlantirishning zamonaviy yondoshuvlaridan
biri, insonda shakllangan qobiliyatga suyanishni va shu qobiliyatni imkon
bergan vaziyatda namoyon etilishini taqozo etadi. Bunday yondoshuv «situativ
liderlik» deb atalib, unda lider deb, tan olingan shaxsning umumiy maqsadga
erishish yo’lida muammoli vaziyatda o’z qobiliyatini namoyon eta olishi tushuniladi.
Bu nazariyaga binoan guruh doimo bir necha liderga ega bo’lishi mumkin va
kezi kelganda har bir jamoa a`zosi muammoli vaziyatni hal etish borasida o’z
qobiliyat va imkoniyatini namoyish eta oladi.
XULOSA Fikrimcha, samarali foliyat olib boruvchi rahbar o’z jamoasida aynan
shunday muhitni yaratishi kerakki, har bir xodim zarur vaziyatda o’z
imkoniyatini ishga solish orqali muammoli vaziyatni hal etishda qatnashishi va
boshqaruv jarayonida ishtirok etayotganini his qila olsin. Buning uchun jamoa, har
qanday vaziyatni hal etishda chuqur mas`uliyat his etuvchi va o’z ishining ustalari
bo’lgan professional xodimlarga ega bo’lishi lozim. Shu bilan birga, guruhda doimo
shunday xodimlar topiladiki, ular paydo bo’luvchi ko’pgina muammoli
vaziyatlarni hal eta oluvchi universal qobiliyatga ega. Shu nuqtai nazardan
qaraganda, liderlik ko’p jihatdan shaxs tug’ma qobiliyalarining etarli darajada
shakllanganligi bilan xarakterlanadi.
Yuqorida aytganimizdek, liderliknning asosiy jihatlaridan biri – guruh
manfaati haqida g’amxo’rlikdir. Shuning uchun ham liderlik ta`rifidagi asosiy
ma`no kasb etuvchi tomonlar bu – shaxsning ushbu vaziyatni muvaffaqiyatli
hal eta olish qobiliyati va guruh manfaati yo’lidagi jonbozligi deb tushunilishi
mumkin. Shaxsning liderlik imkoniyatini namoyon ettiruvchi yana bir asosiy
tomon – jamoaning talab va istagiga mos kela olishidir. Turli mehnat jamoalari