33
(syntax)
deb ataladi.
Sintaksis xatolik
(Syntax Error)
deb esa shu qoidalarning
buzilishiga aytiladi.
Misol uchun keraksiz joyda qo'yilgan nuqta, vergul yoki bo'sh joy, shuningdek
ma'lum funksiyalar nomini xato yozish (print() o'rniga print()),
ochilmay yoki
yopilmay qolgan qavs, noo'rin bo'shliq, qolib ketgan kalit so'z (keyword) kabilar ham
Syntax Error hisoblanadi.
Syntax Error eng ko'p uchraydigan xatolik bo'lib, Python bunday xatolik bor
dasturlarni
bajarmaydi
.
ARIFMETIK AMALLAR
Pythonda print()
funksiyasi nafaqat matn, balki turli
ifodalarni ham konsolga
chiqaradi.
Keling quyidagi kodlarni ham bajaramiz:
print (5-3*4)
Natija: -7
Python arifmetik amallarni bajarishda Matematika qoidalariga amal qiladi:
Qavs ichidagi amallar qavs ortidagilardan avval bajariladi
Darajaga oshirish (ildiz chiqarish) ko'paytirish va bo'lishdan avval
bajariladi
Ko'paytirish va bo'lish, qo'shish va
ayirishdan avval bajariladi
Boshqa holatlarda ifodalar chapdan o'ngga
qarab bajariladi
print (23/4)
Natija: 5.75
Ko'rib turganingizdek, / belgisi bo'lish amalini bajaradi va natija har doim o'nlik
son ko'rinishida bo'ladi (agarchi bo'lish amali natijasida butun son xosil bo'lsa ham):
print (25/5)
Natija: 5.0
34
Bo'lish amalidan butun son ko'rinishidagi natija olish uchun //
belgisidan
foydalanamiz:
print (25//5)
Natija: 5
print (2**4)
Natija: 16
Yuqoridagi **
belgisi darajaga oshirishni anglatadi, ya'ni 2**4 ifodasi 2 ning
4-darajasini beradi.
Pythonda oddiy arifmetik amallar quyidagi jadvalda berilgan.
Operator
Tavsif
Misol
+
Qo'shish
5+6=11
-
Ayirish
5-6=-1
*
Ko'paytirish
5*6=30
/
Bo'lish
5/6=0.833333
//
Bo'lish va
butun qismini
olish
5//6=0
**
Exponenta (daraja/ildiz)
5**6=15625
%
Bo'linmaning qoldig'ini olish
15%6=3
print() yordamida matn va ifodalarni jamlab chiqarish ham mumkin. Buning
uchun har bir ifoda va matn vergul (,) bilan ajratiladi:
print (“2 ning 4 darajasi”, 2**4, “ ga teng”)
Natija: 2 ning 4 darajasi 16 ga teng