3-masala. “Ernst and Young” auditorlik kompaniyasi mijozi “Nike”
kompaniyasi quyidagi keltirilgan muammoni hal etish bo‘yicha auditorlarga murojaat
etdi. Kompaniyada quyidagi funksiyalarni bajaruvchi 3 ta ma’muriy xodim mavjud
va bu xodimlar quyidagi funksiyalarni bajarishlari lozim:
1. Bosh kitobni yuritish.
2. To‘lanadigan schotlar registrlarini yuritish.
3. Cheklarni imzolashga tayyorlash.
4. To‘lov jurnalini yuritish.
5. Bankdagi schetlarni nazorat qilish.
6. Pul tushumlarini yig‘ish va ularni bankdagi hisob-kitob schetiga o‘tkazish.
Talab qilinadi: 1. Keltirilgan muammo shundan iboratki yuqorida keltirib o‘tilgan xodimlar
bo‘yicha bajariladigan funksiyalarning to‘g‘ri taqsimlanmaganidadir. Siz ushbu
funksiyalarini xodimlar o‘rtasida shunday taqsimlanganki, natijada kompaniyada
ichki nazorat yuqori darajada tashkil etilsin.
2. Har bir funksiyani bajaruvchi xodimlarni lavozimi bo‘yicha ajratib chiqing.
Mavzu bo`yicha testlar 1. “Moliyaviy hisobotni tekshirishning ko’lami” deganda nima tushuniladi? A. Auditorlik tekshiruvida qo’llaniladigan amallar soni
B. Balansdagi xatoliklar soni
S. Moliyaviy hisobot shakllari soni
D. Foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotdagi satrlar soni
2. Auditorlik kompaniyasi tomonidan mijoz korxonaga jo’natiladigan rasmiy taklif nima deyiladi? A. Oferta
B. Shartnoma
S. Rezolyutsiya
D. Bitim
3. Quyidagilardan qaysi biri xat-majburiyatda albatta ko’rsatilishi kerak? A. Tekshiruv davomida auditorning foydalaniladigan qonuniy va me’yoriy hujjatlari
B. Kassani tekshirish hujjatlari
S. Buxgalteriya balansi
D. Bitim
4. Quyidagilardan qaysi biri xat-majburiyatning mundarijasida keltiriladi? A. Auditorlik xulosasi turlarini sanash, auditorlik xulosasi tarkibiy qismlarini bayon
qilish
B. Tekshiruv davomida auditorning foydalaniladigan qonuniy va me’yoriy hujjatlari
51
S. Iqtisodiy sub’ektning tekshiruvga taqdim etilgan hujjatlarining ishonchliligini
ta’minlashdagi majburiyati
D. Ichki nazorat tizimi holati