Alliteratsion ritm. Alliteratsiya lotincha so‘z bo‘lib,
h a rf degan
m a’noni bildiradi, y a’ni alliteratsiya she’riyat harflar - tovushlar tak-
roriga asoslangan badiiy san’atdir. She’rda bir xildagi ohangdosh to
vushlam ing takrorlanishi natijasida
alliteratsion ritm hosil boMadi va
badiiy nutqning intonatsion ifodaviyligini kuchaytiradi.
Alliteratsiya mumtoz adabiyotda
ta vzi’san 'ati deb yuritilgan. Klas-
sik adabiyot namoyandalari misra yoki baytda tovushdosh so‘zlardan
mahorat bilan foydalanib, she’rlarining badiiy ta’sirchanligini oshirgan-
lar. Masalan:
Toqatim toq oMdi to boMdim talabgoring sening.
Misra davomida so‘zlarda “f” tovushining bir maromda qayta-qayta
takrorlanishi natijasida o fcziga xos ritm va ohangdorlik yuzaga kelgan.
Quyidagi baytda ham shunga o ‘xshash holatni kuzatish mumkin.
Ganja ganjurikim, chekib ko‘p ranj,
Q o‘ymish erdi jahonda besh ganj.
Hozirgi zamon adabiyotida alliteratsiyaning eng go ‘zal namunasini
yuksak iste’dod sohibi Erkin Vohidov ijodida uchratamiz.
Qaro qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilma qoshing, qiz,
Qilib qatlimga qasd, qayrab qilich qotil qaroshing, qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab qanot qoqmoqqa qo‘ymaysan,
Qarab qo‘ygil qiyokim, qalbni qizdirsin quyoshing, qiz.
Anafora ritm. Misralar boshida m a’lum bir so‘z yoki so‘z birikma-
larining takrorlanib kelishi
anafora ritmim yuzaga keltiradi.
Masalan: Abdulla Oripovning “Bir qarasam...” deb nomlangan
she’ri anafora ritmining yorqin namunasidir:
Bir qarasam, do‘stu yordan ko‘nglim to‘qday,
Bir qarasam, atrofimda hech kim y o‘qday.
Bir qarasam, suyanchiqday bolalarim,
Bir qarasam, ular siniq lolalarim.
Bir qarasam, bu dunyoda baxtim borday,
Bir qarasam, butun olam menga torday.
www.ziyouz.com kutubxonasi