Ziyoda masharipova



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

cd
о 
я*
Qobilboy bu so‘zni eshituvchi quloqlariga ishonmagandek, Anvar-
?
В
ning yaqinrog‘iga surildi.
Он 
^
§ Й - Nima deyapsiz, Anvar, men yaxshi anglamadim?
S
'o ^ Anvar yana o‘sha so‘zini takrorladi. Qobilboy, endi bir oz orqasiga 
£
В
tisarilib, ko‘zini katta ochdi va bir necha vaqt qotib turdi...
www.ziyouz.com kutubxonasi


л
тз
§ ] | — Siz nima qilmoqchisiz, uka. 0 ‘z oyog4ingiz bilan... Yo‘q, bu
^ § boMmagan gap! Balki bu - xonning unga po‘pisasidir, shu hiyla bi-
£ jo 
lan maqsadga erishmoqchidir... Qo‘ying bu gapni, uka, qo‘ying!..
£
cd
о g- Anvar hamon boyagi vaziyatda, ko‘zini bir nuqtaga tikib, sandal us-
Я tidagi qog'ozni og‘asi yaqinrog‘iga surib qo‘ydi...
(Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon”)
Nutq sur’atining tezlashishi yoki sekinlashishi, so‘roq va undov 
shakllarining kiritilishi badiiy nutq ruhini o ‘zgartirib turadi, so ‘zning 
m a’nosi bilan bog‘liq holda, uning ifodaviyligini kuchaytiradi.
Dialogik nutqda temp personaj laming xarakter xususiyatlaridan 
kelib chiqadi. Masalan, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” ro- 
manidan olingan quyidagi parchada Xudoyorxonning nutqi shiddatli, 
g‘azabkor, yuqori tempda, mirzo Anvaming so‘zlari esa, ancha bosiq 
va pastroq tempda o ‘qiladi:
- Sen bizga xiyonat qilding, it uvli!
Anvar bosh irg‘atdi.
- Iqrorman.
- Tuzumni unutding*!
- Tonmayman!
- Iqrorsan, tonmaysan, o ‘bdon ish! - dedi zaharxanda qilib xon, -
oMuvdan ham qaytmaysan!
- Men sizdan marhamat so‘rab kelgan emasman! - dedi iljayib Anvar, -
o‘zimni o‘limga berib, bir gunohsizni qutqarish uchun kelganman!
Hamnishinlar lablarini tishladilar. Xudoyor istehzoli kuldi.
- Pusulmonchilik qig‘onsan-da!
- Albatta! - dedi Anvar, - boshqalar kishi gunohi uchun gunohsizni 
tutib, pusulmonchilikdan chiqqach, men pusulmonchilik bilan oMishni 
o ‘bdan bildim!
Bu javob Xudoyomi qip-qizil tusga qo‘yib, manglayida terlar 
ko‘rindi, g ‘azab o ‘ti alanga oldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


- Sening qig‘on ishing pusulmonchilikda bormi, it uvli?!
- M usulmonchilikda yuzlab xotin ustiga, bir kambag‘al uylanmoq- 
chi bo‘lgan qizga ham zo‘rlik qilish bormi, qiblai olam!
- Chiqar buni, jallo d !!!
Jallodlar harakatlandilar.
Demak, temp qahramonlaming ichki kechinmalari, his-hayajon, vo- 
qealar rivojining keskinligi darajasiga ko‘ra o ‘zgarib turadi.
She’riy asarlarda tempning tezlashishi, ko‘tarilishi yoki pasayishi 
band tuzilishi bilan ham bog‘liqdir. Masalan, xalq dostonlaridagi yetti 
hijoli bandlar tezlik talab etilgan o ‘rinlarda ishlatiladi. Qahramonlar- 
ning ot bilan safari ko‘pincha yettilik bilan beriladi:
Ot boradi arillab, 
- 7
Otgan o ‘qday sharillab, 
- 7
Ot alqimi tong shamol, 
- 7
Mis kamayday zarillab, 
- 7 
Suvsiz cho‘lda G ‘irko‘k ot 
- 7 
Borayotir parillab. 
- 7
(“Ravshan)
Bunday vazniy o ‘zgarishlar mazmun bilan aloqador bo‘lib, 
ko‘pincha voqea holatini, qahramon xatti-harakati tempini ifodalaydi. 
Qisqa vaznli she’rlar tezlikni ifodalasa, 11, 12, 13 hijoli uzun vaznli 
she’rlar harakatning tinch va ohistaligini ifodalaydi.
Bekaslar uchrasa, tumshuq turmagin, 
- 11
Hajv aylab zinhor labing burmagin, 
- 11
Oting o ‘ynoqlasa, ketma o ‘zingdan, 
- 11
Kuchim bor deb kuchsizlami urmagin. 
- 11
(“Ravshan)
Yuqorida keltirilgan yetti bo‘g ‘inli she’riy parchani og‘zaki ijro qil- 
ganda o ‘qish tempi (sur’ati) tezlashadi, keyingi o ‘n bir bo‘g ‘inli, didak- 
tik ruhdagi she’riy parchada esa, o ‘qish su r’ati nisbatan sekinlashadi. 
Shunday qilib, nutq tempi gapning m a’no jihatdan turlari, asar mazmu- 
ni, band tuzilishi va m uallif maqsadiga ko‘ra ba’zan tezlashib, ba’zan 
esa pasayib, o ‘zgarib turadi.
Ifodali o ‘qishga kirishishdan oldin, muayyan asar matnini o ‘rganib 
chiqish, uning temp va ritmini aniqlash lozim. Shundagina temp va ritm
www.ziyouz.com kutubxonasi


asam ing g ‘oyaviy-estetik mohiyatini ochishga xizmat qiladi, nutqning 
ta’sirchanligini kuchaytiradi.

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin