Ziyoda masharipova


Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik. 14-tom. // Mezon ul-avzon. - Toshkent: G‘.G‘ulom



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

1 Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik. 14-tom. // Mezon ul-avzon. - Toshkent: G‘.G‘ulom
nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti. 1967. 137-bet.

Anvar Hojiahmedov. Maktabda aruz vaznini o'rganish. - Toshkent: 0 ‘qituvchi. 1995,
10-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko‘ra, aruz tizimidagi she’rlarda hijo dastlabki o ‘lchov birligi sanaladi. 
Aruz she’riy oMchov tizimi misralarda qisqa va cho‘ziq hijolaming 
muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishiga asoslanadi. Demak, aruz 
vaznida hijolar goh cho‘ziq, goh qisqa talaffuz qilinadi. Aksariyat hol- 
larda “o” tovushidan boshqa unlilar bilan tugallanuvchi hijolar qisqa
barcha undosh tovushlar va “o” bilan tugallanuvchi hijolar cho‘ziq hijo 
bo‘lib keladi. Tarkibida cho‘ziq unli boMgan (
zor, yor, shod
kabi), shu- 
ningdek, q o ‘sh undosh bilan tugallangan 
(mehr, xalq, ilm
kabi) yopiq 
hijolar o ‘ta cho‘ziq hijo hisoblanadi. Aruz ilmiga doir adabiyotlarda 
qisqa hijo “ V ” shaklida, cho‘ziq hijo “ - ” va o ‘ta cho‘ziq hijo esa “ 
~ ” shaklida belgilangan. Hijolaming cho‘ziq va qisqaligi she’riy mis- 
ralaming yozilishiga qarab emas, balki vazniga muvofiq, o ‘qilishiga 
qarab aniqlanadi. Masalan, quyidagi bayt misolida hijolar sifatini aniq- 
lab ko‘ramiz:
Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘,
Kimi bulbuldurur so‘zda, kimi zog‘.
Ja-hon-sho-ir / la-ri ey-gul / sha-ni-bog‘
v
-
----- v
-
----------V - ~
Ma-fo-iy-lun, ma-fo-iy-lun, ma-fo-iyl
Ki-mi-bul-bul / du-rur-so‘z-da / ki-mi-zog‘ 
V
-
-
-
V
-
----- V - ~
Ma-fo-iy-lun, ma-fo-iy-lun, ma-fo-iyl
Ba’zi hollarda vazn talabiga ko‘ra, qisqa hijolaming cho‘ziq hijoga 
yoki cho‘ziq hijoning qisqa hijoga o ‘zgarishi ham mumkin. Bu aruzda 
imola
deb nomlanadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, imola hodisasiga 
ko‘ra 

unlisi bilan tugagan ochiq bo‘g ‘inlar so‘z o ‘rtasida qisqa, so‘z 
oxirida esa, cho‘ziq va qisqa bo‘lib kelishi mumkin. Shuningdek, qol­
gan boshqa unli tovushlar bilan bitgan ochiq hijolar ham qisqa yoki 
cho‘ziq boMishi mumkin.
Aruz tizimi, eng aw a lo , hijolaming sifatiga asoslanganligi uchun 
bu tizimga xos juda ko‘p murakkabliklar va o ‘ziga xosliklar mavjud. 
Vazn taqozosiga ko‘ra, ayrim so‘zlar odatdagidan boshqacharoq tarzda 
o‘qiladi. Masalan, ikki hijoli so‘zlar uch-to‘rt hijoli shaklida o ‘qilishi 
ham mumkin:
www.ziyouz.com kutubxonasi


Of-tob
so‘zi 
o-f-to-b,pod-shoh
so‘zi 
po-d-sho-h9
Iz-hor
so‘zi 
iz-ho-r

m ash-hur
so‘zi 
m a-sh-hur
kabi.
Aruzdagi she’rlami ifodali o ‘qishning nozik jihatlaridan biri mis- 
ralardagi o ‘ta cho‘ziq hijolami to ‘g ‘ri talaffuz qilishdir. Badiiy so‘z 
ustalari ham, adabiyot o ‘qituvchilari ham, ko‘pincha shunday hijolami 
o‘qishda xatoga yo ‘l qo‘yadilar. Yuqorida ko‘rib o ‘tganimizdek, o ‘ta 
cho‘ziq hijolar yo tarkibida cho‘ziq unli bo‘lgan yopiq hijodan, yo 
qo‘sh undosh bilan tugallangan yopiq hijodan tashkil topadi.
Tarkibida cho‘ziq unli kelgan yopiq hijo shaklidagi о 4a cho‘ziq hi- 
joning unlisi ancha cho‘zib talaffuz qilinishi shart. Masalan, Bobuming 
Yoz fasli, y o r vasli, do ‘stlarning suhbciti, She

bahsi, ishq dardi, bo-
daning kayfiyciti,
- baytidagi “yoz”, “yor” hijolari o ‘ta cho‘ziq bo‘lgani 
.uchun ulam ing unlilari cho‘zib talaffuz etiladi.
Aruz tizimining xarakterli xususiyatlaridan yana biri shundaki, b a’zi 
hollarda unli bilan boshlanadigan so‘z undosh bilan tugagan so‘zdan 
keyin kelsa, vazn talabiga ko‘ra qo‘shib o ‘qiladi. Masalan:
Kel-di-lar / ka-ra-may-lab / kul-ba-mich / ra-jo-non-lar,
Har-bi-ri / si-jo-nim-din / ham-a-zi / z-meh-mon-lar. •
Tiy-ra-sho / mi-hij-ro-nim / rav-sha-net / ti-lar-kun-dek,
Yuz-la-rin / o-chib-har-yon / ne-cha-mo / hi-to-bon-lar.
M ashq. Quyida keltirilgan g ‘azalni hijolarga ajrating. Qisqa va 
cho‘ziq hijolarga e ’tibor bergan holda, ifodali o ‘qishni mashq qiling.
Qon yutub umri jahon ahliga bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.
Kimga-kim jonim fido aylab sog‘indim dam-badam,
Ermas erdi yorlikda chun vafodor istadim.
Bilmadim olam elida yo‘qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yo‘qtur sog‘inib yor istadim.
Ulki, topilmas bashar jinsida, vah, g‘aflat ko‘rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sirri ishqimni ko‘ngul ko‘z birla fosh etmak, ne tong,
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.
Shayx birla xonaqahdin chun yorugMuq topmadim,
Dayr piri xizmatig‘a ko‘yi xammor istadim.
Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g ‘ussadin 
0 ‘zni bekaslik balosig‘a giriftor istadim.
R ukn. Aruz tizimidagi ikkinchi oMchov birligi rukndir. She’riyatda 
misralar m a’lum tartibda boMganligi uchun, ular bir necha hijodan 
iborat bo‘laklarga bo'lib talaffuz etiladi. Misraning ana shu boMaklari 
rukn
deyiladi. Rukn arabcha so‘z boMib, ustun m a’nosini ifodalaydi. 
Mazmun va shakl jihatdan uzviy bogMangan tugal ikki misra 
bayt
de­
yiladi. Baytning asl m a’nosi 
uy
bo‘lib, go‘yo ikki misra bir she’riy uyni 
tashkil etadi. Uyning ustuni bo‘lganidek, she’riy baytning ham ustuni -
ruknlari b o ‘ladi. Rukn bittadan tortib besh hijogacha boMishi mumkin. 
She’riy asami o ‘qish jarayonida har bir misradagi ruknlami bir-biridan 
ajratish uchun qisqa pauza qilinadi. Masalan, Atoyining quyidagi bay- 
tini ruknlarga ajratib k o ‘raylik:
Ul sanam kim , suv yaqosinda p a rite k o‘ltu ru r,
G ‘oyati nozuklukindin suv bila yutsa b o ‘lur. 
Ul-sa-nam-kim / suv-ya-qo-sin-da / pa-ri-tek / o ‘l-tu-rur, 
G ‘o-ya-ti-no / zuk-lu-kin-din / suv-bi-la-yut/ sa-bo‘-lur.
Rukn aruz tizimida she’r vaznini tashkil etuvchi asosiy oMchov birli­
gi sifatida asrlar davomida mustahkam qonunlashib ketgan. Shu bois- 
dan ham, har bir asar ana shu ruknlar asosida yuzaga keluvchi muayyan 
vazn bilan oMchanadi. Ruknlar m a’lum qoidalar asosida o ‘zgarmas ta- 
biatga ega boMganligi tufayli, so‘zlami ham ana shu qoidalar asosida 
talaffuz qilishni taqozo etadi.
Aruz tizimida rukn asosiy oMchov birligi sifatida g ‘oyat muhim 
o ‘rin tutadi. Shunday ekan, har bir o ‘qiladigan asar oldindan ruknlarga 
ajratib olinadi. Zero, ruknlar takrori, bir tomondan, muayyan asaming 
vaznini aniqlab olish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, asam ing rit- 
mikasini, o ‘ziga xos musiqiy tabiatini his qilishga imkon yaratadi. Fik-
- I l l -
www.ziyouz.com kutubxonasi


rimizning dalili sifatida quyidagi baytni ruknlarga - ritmik bo'laklarga 
ajratib ko‘raylik.

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin