Samarqand davlat universiteti ehtimollar nazariyasi tarixi


Tursun Abdurahimovich Azlarov



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/27
tarix25.07.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#137378
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
10d4aa6b215ca966ff7f83de21e4ed57 EHTIMOLLAR NAZARIYASI TARIXI-1

Tursun Abdurahimovich Azlarov
mamlakatimizning ehtimollar 
nazariyasi va matematik statistika sohasidagi yetakchi olimi. Uning mazkur 
fanning zamonaviy, istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha erishgan yutuqlari 
mutaxassislarga yaxshi malum va ular tomonidan etirof etilgan. T.A.Azlarov 
fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor(1974), Respublika FA muxbir 
azosi(1979) va xaqiqiy azosi(2000), Abu Rayxon Beruniy nomli Davlat mukofoti 
sovrindori(1973), 150 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi (shulardan 40 tasi chet 
el jurnallarida nashr etilgan).
“Ko‘rsatgichli taqsimot bilan bog‘liq harakterizatsiya masalalari” 
monografiyasi ingliz tiliga tarjima qilinib, Germaniyada mashhur Shpringer 
nashriyotida nashr qilingan(1986), 34 nafar fan nomzodi tayyorlagan, ulardan ikki 
nafari fan doktori bo‘lib etishgan. T.A.Azlarov ommaviy xizmat ko‘rsatish 
matematik nazariyasiga, ehtimollar nazariyasining limit teoremalariga, taqsimot 
nazariyasining xarakterizatsiya masalalariga bir jinsli Markov zanjirlari uchun 
statistik kriteriylar asimptotik nazariyasiga, tasodifiy sondagi tasodifiy miqdorlar 
yigindisi uchun limit teoremalar, hamda ularda yaqinlashish tezligini baxolash va 
asimptotik yoyilmalar olishga, uzluksiz funksiyalarni yaqinlashtirish nazariyasiga 


51 
salmoqli hissa qo‘shgan olim. U sermahsul ilmiy faoliyatini samarali pedagogik-
metodik va jamoatchilik ishlari bilan birga qo‘shib olib bordi. Uning matematik 
analizdan original ikki tomli darsligi (dots.X.T Mansurov bilan hamkorlikda) 
(ikkinchi nashri 1995-96 yil) matematik mutaxassislar tayyorlash ishiga qo‘shgan 
katta hissa bo‘ldi. Uning bevosita ishtirokida va tahririda nashr qilingan ikki tomli 
matematikadan qo‘llanma ham ko‘p yillardan buyon maktab o‘qituvchilarining
kundalik foydalanadigan kitoblariga aylangan. T.A.Azlarov doimo ilmiy-tadqiqot 
ishlarini malakali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash hamda fanni 
ommalashtirish ishlari bilan birga olib bordi.
T.A.Azlarov Vengriya(1969-1974), Yaponiya(1972y), Polsha(1976y), 
Bolgariya(1978yil), Hindiston(1982,1983y), Shvetsiya(1988), Misr(1996y) va 
boshqa davlatlarda bulib, u yerda maruzalar o‘qish uchun chaqirilgan yoki u yerda 
davlatlarda o‘tgan halqaro anjumanlarda ilmiy chiqishlari bilan muvaffaqiyatli 
qatnashgan. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin