T.A.Sarimsoqov
1915 yil 10 sentyabrida Farg‘ona viloyatining Shahrixon
qishlog‘ida tug‘ildi (hozirgi Andijon viloyatining Shahrixon shahri) 1931 yilda
Qo‘qonda o‘rta maktabning sakkizinchi sinfini tugatib, O‘rta Osiyo davlat
universitetining tayyorlov kursiga o‘qishga kirdi. So‘ngra fizika-matematika
fakulteti talabasi bo‘ldi.
1936 yilda universitetni tugatgandan so‘ng T.A.Sarimsoqov aspiranturaga
kirib, uni V.I.Romanovskiy rahbarligida o‘tkadi. 1938 yilda "Ikkinchi tartibli
differensiadl tenglamalar ildizlarining taqsimoti va ba’zi algebraik tenglamalarni
asimptotik yechish" nomli disssertatsiyasini himoya qildi va dotsent unvoni olib,
umumiy matematika kafedrasini boshqardi.
Ikkinchi jahon urushi paytida T.A.Sarimsoqov O‘rta Osiyo harbiy
okrugining meteorologik xizmatiga yuborildi va u yerda o‘z vazifalarini bajardi,
bir vaqtda ilmiy ish bilan ham shug‘ullandi. 1942 yilda "Sanoqli mumkin bo‘lgan
holatlarga ega bir jinsli statistik jarayonlar nazariyasiga oid" mavzusidagi
doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Keyin 1943 yilda professor unvoniga
tasdiqlandi. 1943 yilda O‘rta Osiyo DUning rektori bo‘ldi, lekin bu lavozimda
ozroq ishlab, o‘sha 1943 yilda O‘zbekiston FA tashkil etilgandan so‘ng uning
haqiqiy a’zosi etib saylandi. 1943 yildan 1946 yilgacha FA vitse-prezidenti, 1946-
1952 yillarda- FA prezidenti bo‘lib ishladi. 1979 yilda u O‘zbekiston FA
Matematik instituti funksional analiz bo‘limini boshqardi.1960 yildan 1971
yilgacha O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri lavozimida ishladi. Ko‘p
yillar (1943-1944,1952-1958 va 1971-1983 yillar) Toshkent universitetining
rektori bo‘ldi, 1939-1941 yillarda umumiy matematika kafedrasining mudiri.
fizmat dekani o‘rinbosari, 1944-1957 yillarda universitetning ehtimollar
nazariyasi va matematik statistika kafedrasiga mudirlik qildi, 1964 yilda u
funksional analiz kafedrasini tashkil etdi.
O‘zbekiston matematika fani va oliy ta’limni riovjlantirishdagi katta
xizmatlari, samarali pedagogik faoliyati va ilmiy kadrlar tayyorlashdagi katta
xizmatlari uchun ko‘plab orden va medallar bilan taqdirlangan. U Davlat
Mukofotiga (1948) va fan va texnika sohasidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
41
Davlat mukofoti (1967,1994)ga sazovor bo‘lgan. Unga "O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan fan va texnika arbobi" (1960 ) va Mehnat qahramoni(1990) unvonlari
berilgan.
T.A.Sarimsoqov o‘z ilmiy faoliyatini klassik ortogonal polinomlar
nollarining taqsimoti taaluqli matematik analiz muammolarini tadqiq etish bilan
boshlagan. Bu masalalarni o‘rganishda u birinchi marta ehtimollar nazariyasi
usullarini qo‘lladi, bu unga bir tomondan, yangi chuqur natijalar olishga, ikkinchi
tomondan, yetarlicha ularni sodda olishga, ayrim hollarda esa oldingi ma’lum
natijalarni yaxshilashga erishdi. Ehtimoliy metodni klassik polinomlar
ildizlarining taqribiy topishning oldingi mavjul usullari bilan muvofiqlashtirib
T.A.Sarimsoqov bu polinomlar ildizlarining asmiptotik qiymatlari uchun
formulalarni va ularning eng katta ildizi uchun baholarni hamda qator boshqa
muhim va foydali munosabatlarni chiqardi.
T.A.Sarimsoqov tomonidan taklif etilgan metod na faqat klassik
polinomlarni o‘rganishga, balki ikkinchi tartibli tebranuvchi yechimlari bo‘lgan
funksiyalarni o‘rganishga foydali bo‘lib chiqdi. Keyinchalik,o‘z metodini
rivojlantirib T.A.Sarimsoqov polinomlar ixtiyoriy ketma-ketligi ildizlari
taqsimoti va boshqa xossalarini o‘rgandi. Bu yo‘nalish bo‘yicha olingan natijalar
potensiallar nazariyasi bilan chuqur bog‘lanishga ega.
T.A.Sarimsoqov ilmiy faoliyatiga akademik A.N.Kolmogorov katta ta’sir
ko‘rsatdi. 1938 yilda u Moskva universiteti seminarida ma’ruza bilan chiqish
qildi.
V.I.Romanovskiy tomonidan yaratilgan chekli Markov zanjirlarini
matritsali metod usul yordamida tadqiq etishni T.A.Sarimsoqov Markov sanoqli
zanjirlari va holat uzluksiz to‘plamiga ega Markov zanjirlari hollariga
o‘tkazishga erishdi hamda bu hollarga ehtimollar nazariyasining qator
teoremalarini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.
40-50 yillarda T.A.Sarimsoqov Markov birjinsli va bir jinsli bo‘lmagan
zanjirlari nazariyasi va uning sinoptik meterologiyaga tadbiqlarini rivojlantirishga
erishdi. A.N Kolmogorov va V.I.Romanovskiy bo‘yicha Markov zanjirlari
42
nazariyasini bayon qilish metodlarini sinteziga taaluqli natijalar ham ilmiy
ahamiyatga ega. Markov bir jinsli zanjirlari bo‘yicha tadqiqotlar yakunlari
T.A.Sarimsoqovning "Markov jarayonlari nazariyasi asoslari" monografiyasida
bayon etildi.
Olimning bir qator ishlari chekli, lekin bir jinsli bo‘lmagan Markov
zanjirlari hamda chekli intervaldagi holatlar to‘plamga ega bir jinsli Markov
zanjirlari uchun o‘tish ehtimollarining ergodiklik, regulyarlik va limitik
holatlarning boshqa masalariga bag‘ishlangan. Stoxastik matritsalarni sturuturali
o‘rganish uchunga bir jinsli bo‘lmagan Markov zanjirlari ergodik xossalari
haqidagi tasdiqlarni bayon etishga imkon berdi.
T.A.Sarimsoqov tadqiqotlarida nazariy ishlanmalar konkret amaliy
masalalar bilan muvofiq tarzda olib borilgan. U Markovning ehtimoliy
sxemalarini O‘rta va Oldingi Osiyo ustidagi sinoptik jarayonlarni o‘rganishga
tadbiqlari bilan shug‘ullandi.1948 yilda sinoptik meteoroligiya bo‘yicha ishlari
majmuasi uchun u bilan hamkorlik qilgan olimlar bilan birgalikda Davlat
mukofoti laureatiga sazovor bo‘ldi.
50-yillar oxiridan T.A.Sarimsoqov son o‘qi o‘rnida konusli topologik
fazolardan fundamental matematik konstruksiyalardan foydalanish imkoniyatlari
muammosini tadqiq etdi. Umumiy topologiya, funsional analiz va ehtimollar
nazariyasi asosy g‘oyalarini umumlashtirib, son o‘qini umumiy yarim
tartiblangan topologik - algebraik ob’ekt bilan almashtirish g‘oyasini
rivojlantirildi. M.YA.Antonovskiy va V.G.Boltyanskiy bilan yangi matematik
ob’ekt- topologik yarim maydonni kiritdi va uning xossalarini o‘rganib, uning
umumiy topologiya, funksional analiz va ehtimollar nazariyasiga tadbiqlari
dasturini rejalashtirdi. Topologik yarim maydonlar va uning tadbiqlari rivojining
birinchi bosqich yakunlari. M.YA.Antonovskiy va V.G.Boltyanskiylar bilan
hamkorlikda
yozilgan
("Bul
topologik
algebralari")
(Toshkent,1963)
mongografiyasida hamda 1966 yilda batafsil "Uspexi matematicheskix nauk"
jurnalidagi
sharhda
keltirilgan.1967
yilda
monografiya
mualliflari
43
O‘zbekistonning Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldilar.U
AQSH da ingliz tiliga tarjima etilgan.
Keyinchalik kiritilgan topologik yarim maydon tushunchasi o‘lchovlar
nazariyasi, ehtimollar nazariyasi va ergodiklik nazariyasi tadbiqlari uchun yetarli
emas edi, shuning uchun bul topologik algebralar nazariyasini yaratish asosida
kengaytirildi. T.A.Sarimsoqov bu ob’ektlardagi ergodik nazariyani rivojlantirdi,
bu esa J. fon Neyman, F.Eberleyn va J.Birkgofnin klassik natijalarini
umumlashtiradi hamda Markov zanjirlarida yangicha yondashishni ochishga
imkon berdi.
Topologik yarim maydonlar va bu algebrasi umumiy nazariyasi
T.A.Sarimsoqovga ehtimollar nazariyasining ba’zi jihatlarini algebraik nuqtai
nazardan bayon etish imkon berdi. 1969 yilda uning "Topologik yarim maydonlar
va ehtimollar nazariyasi" monografiyasi chop etildi, unda bu g‘oya amalga
oshirildi.Unda xususan Markov zanjirlari batafsil qaraladi. Bir jinsli Markov
zanjirini yarim maydon, stoxastik operator va boshlang‘ich taqsimotdan iborat
uchlik sifatida aniqlab zanjirning ergodik teoremasini va regulyarlik haqidagi
teoremasini isbotladi.
1982 yilda T.A.Sarimsoqovning "Yarim maydonlar va ehtimolloar
nazariyasi" monografiyasi nashr etildi.
Ehtimollar nazariyasi asoslarini o‘rganishga algebraik yondashish g‘oyasi
T.A.Sarimsoqov va uning shogirdlarining tartiblangan algebralar nazariyasi va
ehtimollar nazariyasining kvant asoslarini algebraik bayoni nazariyasiga taaluqli
ishlarida
o‘z
aksini
topdi.
Uning
natijalari
jamoa
bilan
hamkorlikdagi"Tartiblangan algebralar" (Toshkent,1983) monografiyada bayon
etildi.
T.A.Sarimsoqovning tadqiqotlarida katta o‘rinini nokommutativ
ehtimollar nazariyasi egallaydi. Bu nazariyada operator algebralardagi holatlar
xossalari hamda bunda vujudga keluvchi ehtimolliklar taqsimoti o‘rganilib, u
kvantli statistik mexanikaning matematik apparati hisoblanadi.
44
1985 yilda uning "Ehtimollar nazariyasining kvant nazariyasiga kirish"
monografiyasi chop etildi. Unda ikkita chekli o‘lchovli matritsalar va barcha
chegaralangan chiziqli operatorlar fazolari misolida nokommutativ ehtimollar
nazariyasi asosiy tushunchalari va metodlarini sistematik bayoni berilgan.
T.A.Sarimsoqov va uning shogirdlari kvadratik operatorlar nazariyasi va
uning biologiyaga tadbiqlari bilan shug‘ullandilar, ular tabiatshunos-likning turli
sohalarida ko‘rgazmali tavsiflarga ega. Bu jarayonlar sinflaridagi Markov
jarayonlariga o‘xshash analitik metodlar rivojlantirildi, bunday jarayonlarning bir
sinfi uchun ergodiklik prinsipi isbotlandi va bunday jarayonlar bir sinfi uchun
markaziy limit teorema isbotlandi.
Keyinchalik T.A.Sarimsoqovning ishlarida kvadratik jarayon genotiplari
taklif etildi va ikkita genotipli jarayonlar uchun markaziy limit teorema isbotlandi.
T.A.Sarimsoqov tomonidan 170 dan ziyod ilmiy ishlar, 8 ta monografiya
va ikkita darslik chop etilgan.U ko‘pgina qiziqarli ilmiy-ommabop maqolalar
muallifi hisoblanadi.
T.A.Sarimsoqov ilmiy kadrlar tayyorlashga katta e’tibor berdi. Uning
tomonidan 40 ta fan nomzodi tayyorlandi. U fizika-matematika fanlari doktorlari
Sirojiddinov S.X., S.V. Nagaev, M.Ya.Antonovskiy, D.J. Xadjiev, Sh.A.Ayupov,
YA.X
Qo‘chqorov,
N.Ganixo‘jaev,
V.I.Chilin,
R.N.
Ganixo‘jaev,
M.Sh.Goldshteyn va boshqalarning shakllanishida g‘oyaviy ta’sir ko‘rsatdi.
|