S.H.Sirojiddinov
(1921-1989)
Sa’di Hasanovich Sirojiddinov 1920 yil 10 mayda Qo‘qon shahrida
tug‘ilgan, shu yerda u boshlang‘ich ma’lumotni ham oldi.1936 yilda Toshkent
universiteti qoshidagi ishchilar fakultetiga o‘qishga kirdi va uni tugatib, fizika-
matematika fakulteti talabasi bo‘ldi, bu yerda u V.I.Romanovskiy rahbarligida
bevosita matematika fani bilan shug‘llanishga kirishadi.
1942 yilda ikkinchi jahon urushining ayni avjida S.H.Sirojiddinov
universitetni bitirdi va Xo‘janddagi Gidrometerologik Oliy harbiy instituti
qoshidagi sinoptiklar kursini o‘qigandan so‘ng 1945 yil oktyabrgacha injener-
sinoptik sifatida harbiy xizmatni o‘tadi.
Urushdan so‘ng S.H.Sirojiddinov O‘zbekiston FA matematika va
mexanika Instituti qoshidagi aspiranturaga o‘qishga kirdi. V.I.Romanovskiy
rahbarligida ehtimollar nazariyasi va mattematik statistika nazariyasi bilan
bog‘liq klassik analizning ba’zi muammolarini tadqiq etish bilan shug‘ullandi.
Olingan natijalar uning 1947 yilda himoya qilingan "Ko‘p o‘lchovli Ermit
polinomlar nazariyasining ba’zi masalalari haqida" nomli dissertatsiyasiga kirdi.
O‘sha yildan boshlab S.H.Sirojiddinov matematika va mexanika Institutining
katta ilmiy xodimi vazifasida ishlay boshladi.
1948 yilda Toshkentda matematik statistika bo‘yicha ikkinchi kengash
bo‘lib, unda A.N.Kolmogorov, B.V.Gnedenko va V.Smirnov kabi atoqli olimlar
qatnashdilar.O‘zbekiston matematiklari uchun kengash katta ahamiyatga ega edi,
chunki sinoptik meteoreologiyada, ishlab chiqarishda va mahsulot sifatini nazorat
46
qilishning statistik metodlarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlarning o‘sha
davrda eng dolzarb yo‘nalishlari aniqlangan edi.Bu kengash S.H.Sirojiddinovning
ilmiy faoliyatida katta rol o‘ynadi, chunki u A.N.Kolmogorovga tanishtirilib, u
esa o‘z navbatida uni Moskvaga doktoranturaga yuborilishiga rozilik berib, uning
ilmiy maslahatchisi bo‘ldi. Keyinchalik ular o‘rtasida samimiy do‘stona
munosabatlar saqlanib qoldi.
S.H.Sirojiddinov 1949 yildan 1952 yilgachsa V.A.Steklov nomidagi
Matematika institutining doktoranti bo‘ldi, 1953 yil kuzida esa mazkur Institut
Ilmiy kengashida "Bir jinsli Markov zanjirlari uchun limit teoremalar"
mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.1955 yilda ish monografiya
shaklida chop etildi.
S.H.Sirojiddinov
1954
yildan
1956
yilgacha
Moskva
davlat
universitetining ehtimollar nazariyasi kafedrasining katta ilmiy xodimi bo‘lib
ishladi, professor ilmiy unvoniga tasdiqlandi.
U 1956 yilda Toshkentga qaytib, Toshkent universitetining ehtimollar
nazariyasi va matematik statistika kafedrasini boshqardi va o‘zining oxirgi
kunlarigacha unga mudirlik qildi. Bu kafedraning ko‘plab bitiruvchilari
V.I.Romanovskiy boshlab bergan va S.H.Sirojiddinov muaaffaqiyat bilan davom
ettirgan an’analarning merosxo‘rlari hisoblanadi.
S.H.Sirojiddinov 1956 yildan O‘zbekiston FA matematika va mexanika
Instituti bo‘limiga mudirlik qila boshladi, so‘ngra esa uning direktori bo‘ldi(1957-
1967).
1957 yilda S.H.Sirojiddinov O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir
a’zoligiga, 1966 yildan haqiqiy a’zoligiga saylandi.
1966-1970 yillarda va 1983-1987 yillarda S.H.Sirojiddinov Toshkent
universitetining rektori lavozimida, 1970-1983 yillarda O‘zbekiston FA Vitse-
prezidenti lavozimlarida ishladi. U bir necha marta respublika Oliy Sovetiga
deputatlikka saylangan, 1967-1980 yillarda esa uning raisi bo‘lib faoliyat
ko‘rsatdi.
47
S.H.Sirojiddinovning ilmiy tadqiqotlari uning ko‘plab nashr etgan ishlarida
aks etgan va asosan bog‘liq bo‘lmagan tasodifiy miqlorlar yig‘indisi va markov
jarayonlari uchun limit teoremalarga, limit teoremalarning analizga,
kombinatorika
va
sonlar
nazariyasiga
hamda
matematik
statistik
masalalariga(birinchi
navbatda
statistik
nazoratga
yaqin)
tatibiqlariga
bag‘ishlangan. Bundan tashqari, S.H.Sirojiddinov o‘rta asr-larda yaqin va O‘rta
Sharqda matematika tarixiga katta qiziqish namoyon etdi.
O‘zining ilmiy faoliyati boshlanishida S.H.Sirojiddinov Ermitning ko‘p
o‘lchovli polinom va funksiyalarini o‘rgandi, ularning to‘laligini, ular uchun
simvolik munosabatlar va turli tengsizliklarni o‘rnatdi.
Ayniqsa, S.H.Sirojiddinov birjinsli Markov zanjirlari uchun limit
teoremalarga bo‘yicha tadqiqotlarga o‘tib muhim va ilmiy chuqur natijalarga
erishdi. Uning tomonidan A.N.Kolmogorovning ko‘p o‘lchovli lokal teoremalar
haqidagi tadqiqotlari aniqlashtirilgan va davom ettirilgan, birinchi marta Markov
zanjirlari sxemasi bo‘yicha bog‘langan tasodifiy miqdorlar yig‘indisi uchun limit
teoremalardagi aniq baholar, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli teoremalarda
asimptotik yoyilmalar olindi. Bu natijalar unihaqqoniy ravishda ehtimollpar
nazariyasi va matematik statistika bo‘yicha Toshkent maktabi uchun ana’naviy
tadqiqot yo‘nalishi bo‘lgan Markov zanjirlar nazariyasining yetakchi
tadqiqotchilaridan biriga aylantirdi.
Bu mavzularga qiziqish S.H.Sirojiddinovda uning butun ijodini qamrab
olgan edi. Keyinchalimk, u o‘z shogirdlar bilan birgalikda ixtiyoriy holatlar
to‘plamli Markov zanjirlari uchun limit teoremalarda asimptotik yoyilmalar topdi,
lokal limit teoremalarni aniqlashtirdi, bu sxema uchun ko‘p o‘lchovli
teoremalarda tekis va tekismas baholarni o‘rnatdi. Birjinsli Markov zanjirlari
bo‘yicha tadqiqotlar natijalariga ko‘ra S.H.Sirojiddinov ikkita monografiya chop
etdi.: "Bir jinsli Markov zanjirlari uchun limit teoremalar "(1955) va Markov
zanjiri bilan bog‘langan tasodifiy vektorlar yig‘indisi uchun limit
teoremalar(1979, Sh.K.Farmonov bilan hamkorlikda).
48
50-yillar o‘rtalaridan boshlab S.H.Sirojiddinov bog‘liq bo‘lmagan
tasodifiy miqdorlar yig‘indisi uchun limit teoremalar muammosiga katta e’tibor
beradi. S.H.Sirojiddinov va uning shogirdlarining bu yo‘nalishdagi tadqiqotlari
qaralayotgan masalalarnning keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Masalan,
global va lokal teoremalar, katta chetlanishli ehtimollarni baholash, tasodifiy
miqdlorlar uchun teoremalar va h.k.lar bo‘yicha qiziqarli natijalar olindi.
Zichliklar uchun o‘rtacha yaqinlashish haqidagi teoremada asimptotik
yoyilmaning bosh hadini topishga hamda vaznli taqsimot funksiyalar va
zichliklar uchun global teoremalardagi baholashlarda qator natijalarni olishga
erishildi.
Tasodifiy sondagi tasodifiy miqdorlar yig‘indilari o‘rganildi va ular uchun
yetarlichi yaxshi xatolik bahosi ko‘rsatilgan limit teoremalar o‘rnatildi. Masalan,
G.Robbins teoremalaridagi yaqinlashishning tekis baholari olindi. Limit
teoremalarda olingan natijalar va metodlar S.H.Sirojiddinov va uning shogirdlari
tomonidan tasodifiy daydishlar nazariyasi, ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi,
ishonchlilik nazariyasi, statistik qabul qilish nazorati masalalarida muvaffaqiyatli
qo‘llanildi. Tasodifiy daydishlar bo‘yicha tadqiqotlar natijasi bo‘yicha shogirdi
M.U.Fofurov bilan birgalik yozilgan "Tasodifiy daydishlar uchun chegaraviy
masalalarida qatorlar usuli" (1987) monografiya nashr etildi.
Ehtimoliy metodlarni hadlar soni o‘suvchi sonlar nazariyasining additiv
masalalarini o‘rganishga tatbiq qilib S.H.Sirojiddinov A.G.Postnikov va
R.Rankinning natijalarini yaxshilovchi yakunlovchi teoremalarni oldi. Bu
yo‘nalish bo‘yicha tadqiqotlar S.H Sirojiddinovning "Hadlar soni o‘suvchi
additiv masalalar"(1975, T.A.Azlarov va T.M.Zuparov bilan hamkorlikda) nomli
monografiyasida aks etgan.
Ehtimoliy metodlarni kalassik analiz masalalaraiga qo‘llashni davom
ettirib, S.H.Sirojiddinov Eyler ko‘phadlarining ildizlari uchun S.L.Sobolev
asimptotik formulasini aniqlashtirdi va Eyler ko‘phadlari va sonlari uchun
asimptotik taqsimotni o‘rnatdi.U taklif etgan metod ma’lum kombinatorik
sonlarning keng sinfini qamrab olishga imkon berdi.
49
S.H.Sirojiddinovning matematik statistika bo‘yicha ishlari asosan
mahsulotni
qabul
qilish
statistik
metodlariga
bag‘ishlangan. A.N.
Kolmogorovning nazorat masalalarida siljimagan baholarni qo‘llashdan sistemali
foydalanish g‘oyasi mahsulli natijalar berdi. S.H.Sirojiddinovning ishlarida
yaroqsizlik mavjud bo‘lgan hollarda taklif qilingan yaroqsizlik ulushi funksiyasi
uchun siljimagan baholarni hisoblash uchun qator qulay amaliy formulalar
beriladi. Kichik tanlanmalar uchun siljimagan baholar majud bo‘lmaganda uning
tomonidan minimal mumkin bo‘lgan siljishli baholar taklif qilingan. Matematik
instituti boshqa xodimlari bilan birgalikda yuqorida olingan tadqiqot natijalarini
amalda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlandi va qator korxonalarda ular
qo‘llanildi.
S.H.Sirojiddinovning qator ishlari turli nazorat protseduralarini qarashga
va asimptotik optimal tanlanma hajmi ko‘rsatilgan iqtisodiy optimal rejalarni
topishga bag‘ishlangan.
S.H.Sirojiddinovning rahbarligida va uning faol ishtirokida 1960 yildan
buyon mutaxassislar e’tiborrni qozongan O‘rta Osiyoda matematika tarixi
bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Uning sa’y harakatlari tufayli
Toshkent tarixiy matematik tadqiqotlar markazlaridan biriga aylandi.
S.H.Sirojiddinov O‘rta Osiyo respublikalarida ko‘pgina matematiklarning
shakllanishdia katta rol o‘ynadi. Uning bevosita rahbarligida 10 ta fan doktori va
40 ta fan nomzodi tayyorlandi. Uning shorgidlari qatoriga S.V.Nagaev,
G.P.Matvievskaya, T.A.Azlarov, A.V.Nagaev, T.L.Malevich, Sh.K.Formanov,
I.S.Badalbaev, M.U.Gafurov, B.Abdalimov, A.Axmedov, M.M.Mamatov, T.M.
Zuparov va boshqalar kiradi.
S.H.Sirojiddinovning ilmiy xizmatlari tan olinishiga uning Xalqaro
statistika instituti (Gaaga,1966) va Moskva matematika jamiyati (1956) a’zosi
bo‘lishligi, unga O‘zbekistonning A.R.Beruniy davlat mukofoti berilishi va unga
"O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi" unvoni (1970) berilishi hamda
qator xorijiy universitetlarlarning faxriy doktori bo‘lib saylanganligini ta’kidlash
mumkin.
50
S.H.Sirojiddinov Milliy matematiklar qo‘mitasi azosi, "Ehtimollar
nazariyasi va uning tadbiqlari" jurnali tahririyati a’zosi, "FA xabarnomasi. Fizika-
matematika fanlari seriyasi" jurnali muharriri qilib saylangan edi.
Matematika fanini rivojlantirishdagi va kadrlar tayyorlashdagi buyuk
xizmatlari uchun hamda jamoat faoliyati uchun S.H.Sirojiddinov yuksak davlat
mukofotlariga-ko‘pgina orden va medallarga sazovor bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |