4
KIRISH
Ehtimollar nazariyasi tarixini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki matematika o‘qitishda ehtimollar nazariyasi tarixi haqidagi ma’lumotlarni
talabalarga bayon etish na faqat ularning matematik bilim va ko‘nikmalarini
mustahkam
shakllanishiga, balki har bir fan inson ehtiyojlari asosida paydo
bo‘lib, rivojlanishi
va uning yutuqlaridan fan, ishlab chiqarish va kishilar
kundalik faoliyati uchun zarur bilimlar hosil bo‘lishiga
olib kelishini
tushunishlariga asos bo‘ladi( [5],[7],[8],[11],[12],[15]).
Matematika o‘qitishda talabalar intellektual salohiyatini hisobga olsak,
tarixiy ma’lumotlar va fanning paydo bo‘lish bosqichlari va fanga ulkn hissa
qo‘shgan olimlar ishlari bilan tanishtirish - birinchidan, talabalarning faolligini va
qiziqishlarini oshiradi, ikkinchidan esa, ularda fanning qo‘llanilishi va rivojlanishi
haqida tasavvurlari shakllanishiga imkon beradi. Shu bilan birga o‘qitishda
tarixiy ma’lumotlardan foydalanish ([9],[13],[17],[19],[20],[21])
va uning paydo
bo‘lishi sabablarini ko‘rsatib berish yaxshi natijalar beradi. Yuqoridagilarni
hisobga olsak, bu mavzunining tadqiq etilishi matematikani o’qitishda
ehtimollar
nazariyasi tarixi haqidagi ma’lumotlarni bayon
etish va bu materiallarning
mazmuni va berilishi usullarini optimal tanlanishi uchun imkon beradi.
Uslubiy qo’llanmada matematika o‘qitishda ehtimollar nazariyasi tarixi
haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish samaradorligini
oshirish maqsadida ehtimol
tushunchasi tarixiga doir ma’lumotlarni o‘rganish; ehtimollar nazariyasining
XVIII-XIX asrlardagi rivoji qonuniyatlari va xususiyatlari; ehtimollar nazariyasi
rivojlanish davrlari va ularga doir ma’lumotlar; O‘zbekistonda ehtimollar
nazariyasi fani taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlar; Samarqandda ehtimollar
nazariyasi maktabi va uning fanga qo‘shgan hissasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
bayon etilgan
.
Dostları ilə paylaş: