11
soqqalarni tashlash bilan bog‘liq turli masalalarni yechish qaralgan. U yana
yutuqni taqsimlashda. Paskalga o‘xshash mulohazalar yuritgan.
Matematik
kutilish tushunchasiga yaqin kelgan.
Paskal, Ferma va Gyuygens ehtimol tushunchasiga yaqinlashdilar,
lekin
imkon beruvchi hollar sonining barcha mumkin bo‘lgan hollar soniga nisbatidan
nari o‘ta olmadilar. Bu XVII asrda ro‘yobga chiqmasdan,
balki XVIII asrda
amalga
oshirildi.
Ehtimollar
nazariyasining
asosiy
tushunchalarini
rivojlantirishda
Kon Graunt
(1620-1675) va
Uilyam Petti
(1623-1687) ning
demografiya bo‘yicha tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu ishlar bilan
yana mashhur ingliz astronomi
Edmund Galley
(1656-1742) ham shug‘ullanib,
hayotning davom etish ehtimoli tushunchasini kiritdi. Uning hisoblarida qo‘shish
va ko‘paytirish teoremalari asosida yotuvchi prinsiplar,
katta sonlar qonunira
yaqin mulohazalar ishlatilgan.
Yаkob Bernulli
ning
Yаkob Bernulli
(nem.
Jakob Bernoulli
, 27 dekabr 1654, Bazel, — 16 avgust
1705, (1701). «Farazlar san’ati» (1713) asarida mukammal bo‘lmasada ehtimol
tushunchasi kiritilgan. Bu tushunchaning Graunt va Pettilar chastota tushunchasi
hamda ayrim hodisalar chastotalarining turg‘un bo‘lishi
kabi xulosalari bilan
o‘zaro muvofiqligi aniqlandi.
Bernulli o‘z asarida ehtimolning ikki: klassik va statistik ta’riflarini bayon
etgan. Garchi ular aniq ifodalanmagan bo‘lsada, muhimi ular kiritildi va
qo‘llanildi, Bunda tasodifiy hodisaning ehtimoli 0 va 1
orasida joylashgan son
sifatida qaraldi, muqarrar hodisaga mumkin bo‘lgan eng katta ehtimol qiymati 1,
mumkin bo‘lmagan hodisaga esa eng kam — 0 qiymati mos qilindi. Ehtimol ikki
12
xil usulda topilishi mumkinligi ko‘rsatildi: hodisani ro‘yobga chiqaruvchi teng
imkoniyatli hollar va barcha mumkin bo‘lgan hollar nisbatini o‘tkazib,
hodisa
chastotasini hisoblash. Bernulli o‘z asarini ko‘p yillar- 20 yilcha o‘ylab yurdi,
ammo u faqatgina 1713 yilda (muallif vafotidan 8 yildan keyin) chop etildi. Lekin
shunday bo‘lsada, qo‘lyozma holida bu asar ko‘pchilikka ma’lum edi va
foydalanib kelindi. Masalan,
fransuz matematigi
Dostları ilə paylaş: