3.XVIII asrда эҳтимоллар назарияси ривожига доир маълумотлар.
Gyuygens kitobiga XVIII asr boshida Per de Monmorning «Qimor
o‘yinlarni tekshirish tajribasi» (fr.
Essay d'analyse sur les jeux de hazard
; 1708
yilda chop etilgan va 1713 yilda qo‘shimchalar bilan qayta nashr etilgan) va
Yakob Bernullining «Farazlar san’ati» (lat.
Ars conjectandi
; 1713 yil) asarlari
tayanib yozilgan .
Yakob Bernulli «Farazlar san’ati“ asar ustida 20 yil ishladi, chop
qilinishidan 10 yil tugallanmagan qo‘lyozma shaklida Evropada tarqalgan. Unda
muallif hodisa ehtimolining klassik ta’rifini beradi.Unda tadqiq etilgan ehtimoliy
sxema hozir Bernulli sxemasi deb ataladi.
Oldin matematiklar natijalar soni bilan ish ko‘rgan bo‘lsalar, miqdorning
chastota bilan almashtirilishi (ya’ni umumiy natijalarga bo‘lishi) statistik
imulohazalar bilan izohlanadi: chastota, miqdordan farqli odatda kuzatishlar soni
oshganda turg‘unlashish tendensiyasiga ega. Ehtimolning « Bernulli bo‘yicha»
ta’rifi umum qabul qilingan ta’rifga aylandi, uni Abraxam de Muavr o‘zining
«Tasodiflar haqida ta’limot» (1718) asarida va boshqa keyingi matematiklar qayta
takrorladilar. Yagona muhim aniqlikni – barcha «elementar natijalar» teng
imkoniyatli bo‘lishi lozimligini Per-Simon Laplas 1812 yilda kiritdi. Agar hodisa
uchun klassik ehtimolni hisoblash mumkin bo‘lmasa (masalan, teng imkoniyali
28
natijalarni ajratish imkoniyati yo‘qligi sababli) u holda Bernulli statistik
yondashuvdan foydalanishni taklif etdi, ya’ni bu hodisani va u bilan bog‘liq
kuzatishlar natijalarini baholash lozimligini taklif etdi.
Yakob Bernullining risolasi ehtiioliy muammolarga qiziqishni oshirishga
va yangi masalalar tadqiqotlar sonining oshishiga olib keldi. Abraxam de Muavr
bir nechta ish chop etdi. Ular orasida «Tasodifiylini o‘lchash yoki qimor
o‘yinlarida ehtimollar haqida» (1711) nomli maqolasi va XVIII asrda uch marta
nashr etilgan «Tasodiflar haqida ta’limot » (1718) asarlari juda muhim
hisoblanadi. Bu asarida Muavr na faqat yuqorida nashr etilgan o‘yinchini kasodga
uchrashi masalasini to‘liq yechdi, balki o‘yininng o‘rtacha davom etishini va har
bir o‘yinchi uchun yutish ehtimolini baholadi.
«Analitik aralashma» asrida Muavr statistik chastotaning ehtimoldan
mumkin bo‘lgan chetlanishlari taqsimotini tadqiq etuvchi Muavra—Laplas
teoremasining birinchi variantini berdi Muavr ehtimol ½ ga teng bo‘lgan holni
qaradi. Umumiy hol ixtiyoriy ehtimol uchun uni Laplas
isbotlagan. Muavrning
yana bir yutug‘i fanga normal taqsimotni kiritishi hisoblanadi, bu unda (1733),
binomial taqsimot approksimatsiyasi shaklida paydo bo‘ldi.
Daniil Bernulli, ehtimollar nazariyasi asoschisining jiyani ham bu fanga katta
hissa qo‘shdi. U Muavrga bog‘liq bo‘lmagan holda kuzatishlar xatolari uchun
normal taqsimotni tadqiq etdi, birinchi bo‘lib ehtimoliy masalalarga matematik
analiz usullarini qo‘lladi, ehtimoliy paradokslardan birinchisini chop etdi (1738).
Navbatdagi muhim qadamni ingliz matematigi Tomas Simpson
qo‘ygan bo‘lib,
u
«Tasodif tabiati va qonunlari» (1740) kitobida ehtimolning uchinchi ta’rifi
(klassik va statistik ehtimol bilan bir qatorda) — geometrik ta’rifini berdi va u
cheksiz ko‘p qiymatli uzluksiz tasodifiy miqdorlarni tadqiq etish uchun qo‘l keldi.
XXVI masalada Simpson tekislikk tasodifan tashlangan parallelepiped berilgan
yoqi bilan tushish ehtimolini topdi.
XIX asrda ehtimollar nazariyasi bo‘yicha ishlar soni oshib bordi, hatto
axloq, psixologiya, huquqshunoslik va dinshunoslik kabi sohalarda qo‘llanilishga
urinishlar paydo bo‘ldi.. Xususan, faylasuf Richard Prays, uning orqasidan
29
Laplas, Puasson sud hukmlari adolatligini va guvohlar ko‘rsatmalari
ishonchliligini ehtimoliy tahlil qilishga urindi. Faylasuf Dj. S. Mill v 1843 yilda
bunday qo‘llanishlarni ko‘rsatib ehtimollarni hisoblashni «matematika
sharmandaligi» deb atadi. Bu va boshqa baholar ehtimollar nazariyasining
asoslari yetarlicha qat’iymasligidan daloat berar edi.
Ehtimollar nazariyasini matematik apparati yanada takomilasha bordi.
Uning qo‘llanilishi asosini o‘sha paytda tasodifiy xatolarni o‘z ichiga ogan
kuzatishlar natijalarini matematik qayta ishlash hamda sug‘urta ishida xavflarni
va boshqa statistik parametrlarni hisoblash tashkil etdi. XIX asrda bu fanning
asosiy amaliy masalalari quyidagilar edi.
Bir xil(ma’lum) taqsimot qonuniga ega bog‘liq bo‘lmagan tasodifiy
miqdorlar yig‘indisi berilgan chegaralarda joylashishi ehtimolini topish.
Bu muammo o‘lchashlar xatoliklari nazariyasi uchun muhim bo‘lib,
birinchi navbatda kuzatishlar xatoliklarini baholash uchun zarur edi.
Tasodifiy qiymatlar yoki bunday qiymatlar seriyalari farqlarning statistik
ishonchliligini o‘rnatish. Misol: yangi va eski dori turlarini qo‘llash
natijalarini yangi dori turi haqiqatdan ham yaxshiroq ekanligi haqida qaror
qabul qilish nuqtai nazaridan taqqoslash;
Berilgan faktorning tasodifiy miqdorga ta’sirini tadqiq etish (faktor analiz).
XIX asr o‘rtalariga kelib artilleriya o‘q otishlar nazariyasi shakllandi.
Evropani ko‘pgina mamalakatlarida milliy statistik tashkilot tashkil etildi. Asr
oxirida ehtimoliy usullar fizika, biologiya, iqtisodga sotsiologiya kabi fanlarga
kirib bordi.Karl Fridrix Gauss, astronomik hisoblashlar bila shug‘ullanib xatolik
bor o‘lchashlarni o‘tkazish ehtimoliy metodikasini ishlab chiqdi (1809).
U o‘lchanayotgan qiymatni baholash uchun eng kichik kvadratlar usulini
qo‘llanishni asosladi. Gauss o‘z nazariyasini «Tasodifiy xatoga duch keluvchi
kuzatishlar kombinatsiyasi nazariyasi» (1823, 1828) asarida bayon etdi.Uning
normal taqsimot o‘rganishga hissasi shunchalik kattaki, ko‘p vaqt normal qonun
«Gauss qonuni” deb atalar edi; hozirgi atama XIX asr oxirida Karl Pirsonning
ishlari tufayli paydo bo‘lgan.
30
Ehtimollar nazariyasining asosiy yutuqlari Laplasning «Ehtimollarning
analitik nazariyasi» (1812 yil) kitobida jamlangandi. Bu asar bu fanning klassik
bosqichini tugalladi. XIX asrda bu asar Fransiyada uch tarta nashr etildi va ko‘p
tillarga tarjima qilindi. Laplas diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlarni tadqiq
yetdi, uzluksiz tasodifiy miqdorlar uchun ehtimol taqsimoti zichligi
tushunchasini berdi va u faqat oldin oshkor va cheklangan holda Daniil Bernulli
tomonidan foydalanilgan edi. Taqsimot funksiyaning integral tushunchasi
keyinroq paydo bo‘lgan
( uni 1912 yilda A. M. Lyapunov
kiritgan); umumiy
atama «tasodifiy miqdor” rus ehtimol maktabi vakillari ishlarida birinchi marta
uchraydi. Ehtimol zichligi v va xarakteristik funksiyalarni kiritilishi Laplasga
ehtimoliy masalalarni kuchli analitik vositalar, jumladan xususiy hosilali
differnsial tenglamalarni qo‘llashga imkon berdi.
Laplas bir necha bog‘liq bo‘lmagan” sabablar” uchun to‘liq ehtimol
formulasini keltirdi, qator limitik teoremalarni, shu jumladan Muavra—Laplas
teoremasini va tajribalar soni oshganda binomial taqsimotning normal taqsimotga
yaqinlashishini isbotladi. Kitobning ko‘p qismi statistik ilovalarga va masalar
yechishga bag‘ishlangan. O‘lchanayotgan miqdor qiymatlarining mumkin
bo‘lgan oralig‘ini baholash uchun Laplas Gauss kabi eng kichik kvadratlar usulini
taklif etdi. Laplas o‘zining tasodifiylik va ehtimol mohiyatiga tushunchasini
bayon etdi. Uning fikricha real jarayonlar borishi to‘liq oldindan aniqlangan,
tasodifiylik faqat faqat inson hissiyotida hamda va inson ro‘y berayotgan haqida
to‘liq bilimga ega bo‘lmaganda paydo bo‘ladi:
Simeon Deni Puasson 1837 yilda Bernullining katta sonlar qonunini
umumlashtirdi, bir o‘yinda ehtimol bir xil degan shartni olib tashladi yangi
shartlarda, statistik chastota alohida o‘yinchilar ehtimollari o‘rta arifmetigiga
yaqinlashadi. U ehtimol nolga yoki birga yaqin bo‘lganda Bernulli sxemasining
tavsifi uchun qulay Puasson formulasini e’lon qildi. Puasson taqsimoti («kamyob
hodisalar qonuni ») amaliy masalalar yechishda asosiy hisoblanadi, masalan unga
radioaktiv parchalanish, uch egizak paydo bo‘lishi, falokatlar va baxtsiz hodisalar
statistikasi bo‘ysunadi.
|