Саволлар ва топшириқлар:
1.Эҳтимоллар назариясининг rivojи нечта даврдан иборат?
2.Биринчи давр ҳақида гапириб беринг.
3.Иккинчи даврда қфан ривожида нималар кузатилади?
4.XVII asrда Paskal, Ferma ва Gyuygensларнинг фан ривожига қўшган
ҳиссалари.
5. XVIII asrда эҳтимоллар назарияси ривожига доир маълумотларни
айтиб беринг.
6.Rossiyada XIX asr boshida олиб борилган ehtimollar nazariyasi
bo‘yicha илмий tadqiqotlar
5. ХХ асрда фан ривожида янги назарий саволлар ва усулларнинг
пайдо бўлиши.
33
4-МАВЗУ. O‘ZBEKISTONDA EHTIMOLLAR NAZARIYASI
FANI TARAQQIYOTI
Режа:
1. O‘zbekistonda matematika fanining dastlabki qadamlari
2. В.И.Романовскийнинг ҳаёти ва илмий мероси
3.T.A.Sarimsoqovнинг
эҳтимоллар
назарияси
бўйича
илмий
тадқиқотлари
4.С.Х.Сирожиддиновнинг ҳаёти ва илмий мероси
5.ХХ асрда ва ХХ1 аср бошларида ўзбек математикларининг
эҳтимоллар назариясига қўшган ҳиссаси.
Таянч иборалар
:эҳтимол, мактаб, марказий ва локал теорема, катта
сонлар қонуни, натижалар, тадқиқотлар, шогирдлар, монография,
диссертациялар, муаммолар.
1.O‘zbekistonda matematika fani rivojlanishi O‘rta Osiyo davlat
universitetining ochilishi bilan bevosita bog‘liq, milliy mutaxassislarning yetishib
chiqishida bu maskanni tashkil etishga, yordamga kelgan rus matematiklari o‘z
hissalarini qo‘shdilar. Bular orasida
Vsevolod Ivanovich Romanovskiy
(1879-
1954)ning xizmatlari alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo‘yicha butun
dunyoga mashhur ilmiy maktabning ro‘yobga kelish maskani O‘zbekiston Milliy
34
Universiteti bo‘ldi. Matematikaning bu sohasiga doir nazariy va amaliy
tadqiqotlar universitet tashkil etilganidan boshlangan bo‘lib, unga atoqli
matematik olim Vsevolod Ivanovich Romanovskiy (1879-1954) asos solgan.
Umuman ushbu sohada O‘zbekiston olimlarining o‘tgan davrdagi barcha
yutuqlari shu buyuk insonning nomi bilan bog‘liq bo‘ldi.
Romanovskiy V.I 1979 yil 5 dekabrda Verxniy (hozirgi Olma-ota) shahrida
tug‘ildi. Toshkent real bilim yurtida o‘qidi va uni 1890 yilda tugatdi keyingi
ma’lumotni Sankt-Peterburg universitetida oldi va u 1901 yilda fizika-matematika
fakultetiga o‘qishga kirdi.
Olim sifatida Romanovskiy V.I. I.L.Ptashitskiy (1854-1912), A.N.Korkin
(1837-1908), A.A.Markov (1856-1922) kabi mashhur matematiklar ta’sirida
shakllandi va o‘z ilmiy faoliyatida Sankt-Peterburg matematika maktabi
an’analarini davom ettirdi.
1906 yilda universitetni tugatib, Romanovskiy V.I u yerda professor
unvoniga tayyorlash uchun qoldirildi va magistr imtihonlarini topshirgandan
so‘ng 1908 yilda Toshkentga qaytdi, real bilim yurti o‘qituvchisi bo‘lib ishlay
boshladi.
1911 yilda Romanovskiy V.I Varshavaga ko‘chib o‘tdi va u yerda
Varshava universiteti dotsenti, so‘ngra professori lavozimini egalladi. Birinchi
jahon urushi boshlangandan so‘ng Rostov-Donga ko‘chdi va Donskiy
(keyinchalik Rostovskiy) degan nomni oldi.
O‘sha davrda Romanovskiy V.I xususiy hosilalal differensial tenglamalar
va sonlar nazariyasi bo‘yicha tadqiqotlar olib bordi, "Analizga kirish" ma’ruza
kursini nashr etdi. Lekin uning e’tiborini ko‘proq ehtimollar nazariyasi va
matematik statistika masalalari ola boshladi va u matematikaning bu sohasi
bo‘yicha yirik mutaxassisga aylandi.
Rostov-Donda Romanovskiy V.I 1918 yilgacha ishladi. Fuqarolik
urushining murakkab sharoitlarida u muntazam Toshkentga oilasi oldiga kelib
turdi va mana shunday qatnashlarning birida Rostov front chizig‘idan kesib
35
qo‘yildi. Uning Toshkent universiteti (dastlab Turkiston universiteti) bilan
bog‘liq faoliyati boshlandi.
34 yil davomida Romanovskiy V.I kafedraga mudirlik qildi (boshida
matematika kafedrasini, so‘ngra ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
kafedrasini), ma’lum davrda fizika-matemsatika fakulteti dekani, 1933-1936
yillarda Toshkent (o‘sha davrda O‘rta Osiyo universiteti) qoshidagi fizika-
matematik tadqiqotlar Institutini boshqardi.
Romanovskiy V.Ining Toshkent davlat universitetida pedagogik faoliyati
katta ahamiyatga ega. Uning 60 dan ziyod o‘quvchilari mashhur olimlar bo‘lib
yetishdilar va turli oliy o‘quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot institutlarida samarali
ishladilar.
O‘zbekiston FA akademiklari T.N.Qori-Niyozov, T.A.Sarimsoqov,
S.H.Sirojiddinov, K.I.Lapkin, PFA akademigi A.I.Markushevich,O‘zbekison FA
muxbir
a’zolari
I.S.Arjanix,professorlar
N.I.Nazarov,
V.N.Peregudov,
M.I.Eydelman, M.K.Kamolov, X.M.Mushtariy va boshqa ko‘plab olimlar fanga
yo‘lni uning ta’sirida boshlaganlar.
Romanovskiy V.I katta ma’rifiy ishni amalga oshirdi.U og‘zaki va yozma
ravishda turli ishlab chiqarish va ilmiy tashkilotlarga maslahatlar berdi. 1918 yilda
tashkil etilgan Toshkent Matematik jamiyatining raisi, siyosiy va ilmiy bilimlar
tarqatish bo‘yicha jamiyatning faol a’zosi bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi.
Romanovskiy V.I.ning xizmatlari uchun bir nechta ordenlar bilan
taqdirlagan. 1936 yilda unga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoni
berildi.1948 yilda u Davlat mukofoti laureati bo‘ldi.
Pedagogik faoliyatni u ulkan qamrovli va ahamiyatli ilmiy faoliyat bilan
qo‘shib olib bordi. Uning tomonidan 180 dan ziyod matematikaning turli sohalari
bo‘yicha ilmiy ishlar nashr etildi, ularning ko‘pchiligi ehtimollar nazariyasi va
matematik statistikaga bag‘ishlangan. Matematikaning boshqa bo‘limlaridan
asosan differensial tenglamalar hamda algebra va sonlar nazariyasi masalalari
bilan Romanovskiy V.I o‘zining ilmiy faoliyati boshida shug‘ullangan.
36
Olimning tadqiqotlari natijalari muntazam ehtimollar nazariyasi va
matematik statistika bo‘yicha mamlakat va xalqaro miqyosdagi maxsus
nashrlarda o‘z aksini topib, bu fan sohasida uning katta obro‘ga ega bo‘lishini
ta’minladi.
Ehtimollar nazariyasi bo‘yicha Romanovskiy V.I ning eng fundamental va
muhim tadqiqotlariga birinchi navbatda Markov zanjirlari (1928 yilda
boshlangan), ularning umumlashamalari (korrelyasion va politsiklik zanjirlar)
bo‘yicha va markaziy limit teoremani ko‘p o‘lchovli holga o‘tkazish bo‘yicha
ishlari hisoblanadi. U birinchi marta va oxirigacha algebraik usullar yordamida p
qadamda bir holatdan boshqa holatlarga o‘tish ehtimollarning limitik xarakterini
tadqiq etdi va p cheksizlikkaa intilganda chekli holatlar soniga ega bir jinsli
Markov zanjirlari uchun ehtimollar nazariyasining markaziy limit teoremasini
isbotladi. Bu uning "Recheches sur les chfiges de Markoff" (1935) ishida amalga
oshirilgan. Romanovskiy V.I.ning bu tadqiqotlari Markov zanjirlari va va uning
umumlashmalari bo‘yicha boshqa ko‘plab ishlar uchun asos bo‘ldi, u algebraik
metodlarni foydalanishga asoslangan edi, uning tomonidan yaratilgan nazariya
esa Markov zanjirlariining matrisali nazariyasi nomini oldi. Romanovskiy V.I.
ning tadqiqotlari uning "Markovning diskret zanjirlari" (1949) monografiya-sida
aks ettirilgan.
Matematik statistika sohasi bo‘yicha Romanovskiy V.I ning ishlari keng
qamrovli muammolarni o‘z ichiga oladi.Uning ayniqsa matematik-statistik
metodlarni targ‘ib qilishdagi hamda statistik fikrlashning matematik saviyasini
ko‘tarishdagi xizmatlari katta. Bu yo‘nalishda uning "Korrelyasiya nazariyasi
elementlari" (1928), "Matematik statistika" (1938), "Matematik statistikaning
elementar kursi"(1939), Tajriba ishida matematik statistiakni qo‘llash" (1947) va
"Xatolar nazariyasining asosiy masalalari" (1947) kabi kitoblari katta ahamiyat
kasb etdi.
Taqsimotning nazariy qonuni shakli va kuzatishning qo‘yilishiga bog‘liq
bosh tanlanma turdli xarakteristikalari empirik materiali bo‘yicha taqribiy
bahosining turli tuman usulublari paydo bo‘ldi. Romanovskiy V.I ga bu sohada
37
muhim natijalarga erishdi. Masalan,tanlanmalar nazariyasiga taaluqli uning ishlar
majmuasi katta e’tibor qozondi. Muammosi bo‘yicha ular matematik
statistikaning ingliz maktabiga yaqin bo‘lsada, undan metodologik ustqurmasi
bilan farq qilar edi. Bundan tashqari, Peterburg maktabi tarbiyalanuvchisi
bo‘lganligidan P.L.Chebishev tomonidan ishlab chiqilgan metodlardan
foydalanar edi, ularni yangi masalalarga moslashtirib takomillashtirdi.
O‘z tadqiqotdarida u o‘z ustozi A.A.Markovga xos qat’iylikka amal qilar
edi. Romanovskiy V.I matematik statistika bo‘yicha ishlarida ehtimollar
nazariyasidan ingliz statistiklarida yetishmagan matematik statistikani mantiqiy
asoslash uchun vosita sifatida foydalanar edi.
V.I Romanovskiy birinchi marta matematik statistikada mashhur Styudent-
Fisher t va z kriteriylar taqsimotlarini, regressiya empirik koeffitsientlarini va
boshqa xarakteristikalarining analitik chiqarilishini berdi. Uning tomonidan
mashhur Pirson kriteriy (x-kvadrat)ning yanada umumiyroq nazariyasi berildi,
bitta va o‘sha normal tanlanmaga ikki bog‘liq bo‘lmagan tanlanmalarning
tegishlilik farazlarini tekshirish bilan bog‘liq masalalarni qaradi.
Tasodifiy tortishishlar orasidagi bog‘lanishlar bo‘lgan holda yuz beradigan
holatlarga V.I Romanovskiyning qator ilmiy ishlari bag‘ishlangan.
30-yillardan boshlab ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq masalalarga
e’tiborni qaratdi. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: "Dala tajribasida
qo‘llaniladigan matematik statistikaning yangi metodlari haqida"(1934),
"Matematik statistika va industriya"(1934), "Industrial nazoratning bitta metodi
haqida"(1936), "Maqsadning taqsimoti haqida" (1950) va boshqalar.
Ayniqsa uning ishlab chiqarishda tayyor mahsulot sifatini nazorat qilishga
bag‘ishlangan ishlari hurmatga sazovor: "Joriy kichik tanlanmalarga asoslangan
mahsulot sifatini baholash"(1947), "Tartiblangan tanlanmalar yordamida ishlab
chiqarishning borishini statistik nazorat qilish haqida"
(1950), "Qabul qilishning statik nazorati haqida" (1951),"Ishlab chiqarish
va maxsulot sifatini nazorat qilishning statistik metodlari haqida "(1952) va h.k.
38
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaga taaluqli bo‘lmagan
ishlardan quyidagilarni ta’kidlash mumkin: "Sur l'integration des sieteme
d'equations en involution d'unr classe quelconque" (1924), "Sur une classe
d'equations integrales lineares" (1932), "Nomanfiy matritsalar ildizlari haqida
teorema", "Ikki erkli o‘zgaruvchili ba’zi chiziqli ayirmali tenglamalarni
yechishning yangi metodi haqida"(1938) va h.k. Ikkinchisi ehtimollar
nazariyasining
muammolaridan
biri
tufayli
paydo
bo‘lgan. Unda
V.I.Romanovskiy uzluksiz mumkin bo‘lgan qiymatlar to‘plamli ko‘p bog‘lamli
Markov zanjirlari holida vujudga keladigan transngregessiv deb atagan chiziqli
integral tenglamalar umumiy nazariyasi bayon etiladi. Bu nazariya na faqat
optimal boshqarish umumiy nazariyasida balki dinamik programmalashtirish
masalalarida juda foydali bo‘lishi mumkin.
U zabardast olim va ajoyib pedagog sifatida O‘zbekistonda o‘ziga ko‘pgina
iqtidorli shogirdlar topib, ularni matematika fanida o‘z o‘rnini topishga behad
katta hissa qo‘shdi. V.I.Romanovskiyning asosiy tadqiqotlari nazariy va amaliy
matematik statistika sohasiga oidligi hozirgi matematiklarga ma’lum. Uni
dunyoga mashhur qilgan bosh masala empirik xarakteristikalarning taqsimot
funksiyalarini tadqiq etish bo‘ldi.
V.I.Romanovskiyning chekli Markov zanjirlariga oid izlanishlarini alohida
ta’kidlab o‘tish joizdir. Ikkinchi jahon urushiga qadar V.I.Romanovskiy chop
etgan “Matematik statistika” (1938), “Issledovaniya po sepyam Markova” (1939,
Fransuz tilida), “Elementarniy kurs matematicheskoy statistiki” (1939)
monografiyalari butun dunyo matematiklarining diqqatiga sozovor bo‘ldi. 1940-
yillardan so‘ng V.I.Romanovskiy Markov zanjirlariga oid o‘z xulosalarini
umumlashtirish bilan shug‘ullandi. (Bruns zanjirlari, Markovning ko‘p bog‘lamli
zanjirlari, bitsiklik zanjirlar va h.k.). Olim bu jarayondagi turli chegaraviy
teoremalarni isbotladi. Bu davrlarda ustoz amaliy statistika masalalari bilan ham
mashg‘ul bo‘lib, “Primenenie matematicheskoy statistiki v opitnom dele” (1947),
«Diskretnie sepi Markova» (1949), «Osnovnie zadachi teorii oshibok» (1947)
monografiyalarini chop etdi. Umuman V.I.Romanovskiydan 200 dan oshiq ilmiy
39
maqola va monografiyalar meros qoldi. Bu hozirgi zamon o‘zbek
matematikasining oltin fondini tashkil etmoqda. Uning bir necha monografiyalari
o‘zbek, rus, fransuz va ingliz tillarida O‘zbekiston va chet ellarda qayta-qayta
nashr etildi.
V.I.Romanovskiy davlat mukofotlari bilan ham taqdirlangan. Uning
xizmatlari istiqloldan so‘ng hukumatimiz va Prezidentimiz tomonidan yuksak
darajada baholanib, 2004 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan
taqdirlandi.
U ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bilan shug‘ullanib, bu soha
bo‘yicha Markov zanjirlarini tekshirishda analitik va algebraik usullarini qo‘lladi.
Shu bilan birga Toshkentda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo‘yicha
maktab yaratilishiga asos soldi. O‘z shogirdlari bilan matematikaning
statistikaning tatbiqlariga doir ishlarini e’lon qildi. O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasining matematika instituti uning nomi bilan ataladi.
O‘zRFA (1943) tashkil topgan kundan boshlab uning xaqiqiy a’zosi, fizika-
matematika bo‘limining raisi bo‘ldi. Professor Romanovskiy qoldirgan bebaho
merosni
Toshkent
matematika
maktabi
an’analarini
T.A.Sarimsoqov,
S.H.Sirojiddinovlar muvaffaqiyatli davom ettirdilar.
Endi V. I. Romanovskiyning ikki shogirdi to‘g‘risida hikoya qilamiz.
Haqiqatan, ular ikkalasi ham Farg‘ona vodiysida tug‘ilib o‘sgan va o‘zbek
matematikasi rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlardir. Bular
Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov (1915-1995) va Sa’di Hasanovich
Sirojiddinov (1921-1989) .
|