Djalilov A.A.
boshqardi, 2013 yil 15 martidan esa professor
Abdullaev J.I
.kafedra mudirligiga
tanlov asosida saylandi. Kafedra ilmiy salohiyatini ko‘tarish va malakali yosh
kadrlarni tayyorlash hamda xorij ilmiy aloqalarni kuchaytirish kabi yo‘nalishlarga
e’tibor qaratilmoqda.
Hozirgi paytda kafedrani professor A.M.Xalxo’jayev boshqarmoqda.
Kafedra a’zolari ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, matematika va
informatika o‘qitish uslubiyati, matematika tarixi, oliy matematika va matematika
fanlarida fizika-matematika, tarix, kasbiy ta’lim, o‘zbek va rus filologiyasi, tojik
63
filologiyasi, maxsus sirtqi fakultetlarida to‘rtta tilda: o‘zbek, rus, tojik va ingliz
tillarida ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar.
Kafedra a’zolari ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, matematika
o‘qitish uslubiyati, matematika tarixi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib
bormoqdalar. Kafedra a’zolarining ilmiy ishlari xalqaro va respublika ilmiy
to‘plamlarida chop etilmoqda. Kafedra a’zolari xorij ilmiy markazlari bilan ilmiy
aloqalar o‘rnatganlar va bir nechta grant bo‘yicha ilmiy ishlar olib bormoqdalar.
Shunday qilib, hozirgi paytda kafedrada 2 nafar professor, 5 nafar dotsent,
2 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bular:
prof.A.M.Xalxo’jayev, prof. J.I.Abdullaev, dotsentlar Xoliqulov S.I., Qurbonov
X., Mardonov E.M., Sultanov J., Ostonov Q., katta o‘qituvchilar Kuliev K.D.,
Poshoxodjaeva G., o‘qituvchilar Quljonov O‘.,Toshqulov H., Qo‘yliev S.,
Murtazayev M., Bozorova O’., Yaxshilikov J.
Kafedra a’zolari ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, matematika va
informatika o‘qitish uslubiyati, matematika tarixi, oliy matematika va matematika
fanlarida fizika-matematika, tarix, kasbiy ta’lim, o‘zbek filologiyasi, tojik
filologiyasi, maxsus sirtqi fakultetlarida to‘rtta tilda: o‘zbek, rus, tojik va ingliz
tillarida ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar.
Kafedra a’zolari ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, matematika
o‘qitish uslubiyati, differensial tenglamalar va matematika tarixi bo‘yicha ilmiy-
tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra a’zolarining ilmiy ishlari xalqaro va
respublika ilmiy to‘plamlarida chop etilmoqda. Kafedra a’zolari xorij ilmiy
markazlari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatganlar va bir nechta grant bo‘yicha ilmiy
ishlar olib bormoqdalar.
Kafedra hozirgi kunda O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zRFA
Matematika instituti, Toshkent davlat Pedagogika universiteti, O‘zbekiston
pedagogika fanlari ilmiy- tekshirish instituti, viloyatlardagi Guliston, Jizzax,
Navoiy, Urganch pedagogika insitutlari bilan hamda xorijdagi Kembrij,
(Angliya), Lill (Fransiya), Klaustal (Germaniya), Turkiya, Toronto (Kanada) kabi
universitetlar ilmiy markazlari bilan aloqalar o‘rnatgan. Shuningdek, MDX
64
mamlakatlarining Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg, Kiev (Ukraina)
universitetlari ilmiy hamkorlik o‘rnatgan. Bundan tashqari, Samarqand shahri
oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy va o‘quv sohalarida muntazam uzviy aloqalar
o‘rnatilgan.
Kafedrada 5A130102 - "Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika"
mutaxassisliki bo‘yicha magistratura faoliyat ko‘rsatadi. Hozirda bu
mutaxassislik bo‘yicha 8 nafar magistr tahsil olmoqda.
Kafedra tugatgan magistrlar xalq xo‘jaligida ishlab chiqarishda yoki xalq
ta’limi va kasb – hunar ta’limida faoliyat yuritishlari mumkin
Mustaqillik yillarida bitta doktorlik dissertatsiyasi G.V. Zlotskiy
«Nauchno- pedagogicheskie osnovi formirovaniya u studentov – matematikov
universitetov gotovnosti k professionalno – pedagogicheskoy deyatelnosti»
(2001 y). va uchta nomzodlik dissertatsiyasini Axadqulov X. Safarov O‘.,
Begmatov A. lar yoqladilar.
Dostları ilə paylaş: |