Samarqand davlat universiteti ehtimollar nazariyasi tarixi



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/27
tarix25.07.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#137378
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
10d4aa6b215ca966ff7f83de21e4ed57 EHTIMOLLAR NAZARIYASI TARIXI-1

V.B.Bozorov
boshqardi. Bu yillarda 
kafedrada ilmiy izlanishlar kuchaytirildi, yosh o‘qituvchilar bilan kafedra tarkibi 
mustahkamlandi. 
1988-93 yillarda kafedrani dotsent
G.V.Zlotskiy
boshqardi. Bu yillarda 
matematika o‘qitish uslubiyati bo‘yicha o‘quv va ilmiy jarayonlar kuchaytirildi. 
Mamalakat miqyosidagi muammoli seminar tashkil etilib, Moskva va boshqa 
shaharlar yetakchi olimlari va mutaxassislari taklif etildi. Jumladan , professorlar 
V.G.Boltyanskiy, G.D.Gleyzerlar bu seminarlarda bir necha marta ishtirok etib, 
ma’ruzalar qildilar. Shu bilan birga ta’limni isloh qilish bo‘yicha kafedrada zarur 
chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
1992 yilda Samarqand davlat pedagogika instituti tugatilishi munosabati 
bilan kafedra tarkibiga shu institutning matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi 
a’zolaridan 9 nafari va fizika fakultetining oliy matematika kafedrasidan 3 nafar 
o‘qiituvchi kafedra takribiga qo‘shildi. 
1993-99 yillarda kafedrani dotsent 
Xoliqulov I.B
.boshqardi. Bu yillarda 
mustaqillikning dastlabki yillarida oliy ta’limdagi islohotlar ham kafedrada shtat 
birliklari qisqarishigpa olib keldi, lekin fanlarni o‘qitish va ilmiy-tadqiqotlar olib 
borishga alohida e’tibor va ma’suliyat kuchaydi. Milliy dasturni amalga 
oshirishning birnchi bosqichida ijobiy o‘zgarishlar sari yo‘l olindi. 
Izomiddin Bobobekovich 1946 yilning 2 martida G‘allaorolning Jarbuloq 
qishlog‘ida dunyoga keldi. 
Izomiddin Xoliqulov 1963 yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirib, 
SamDU mexanika-matematika fakultetiga o‘qishga kirdi. Dorilfununda
X.A.Abdullaev, M.S.Sobirov, R.Iskandarov, S.Ibragimova, Sh.Yarmuhamedov 
singari zukko ustozlardan fan sirlarini puxta o‘rganib, ularning nazariga tushdi. 
1968 yilda qo‘liga diplom olgach, shu ilm dargohida assistent bo‘lib ishlay 
boshladi.Yosh mutaxassisni fanning ehtimollar nazariyasi va matematik 
statistikaning dolzarb masalalari o‘ziga chorlardi. 
Buning uchun u ilmiy izlanishni, nazariy bilimlarini yanada boyitdi, tajriba 
ortirish lozimligini yaxshi tushunardi. Shu maqsadda 1970-1975 yillarda 


61 
Toshkent Milliy universitetida stajer ilmiy-tadqiqotchi, keyinchalik mashhur 
olimlar T.A.Sarimsoqov, Ya.X.Qo‘chqorov rahbardigida aspiranturada tahsil 
oldi. 
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlariga xulosa yasab nomzodlik dissertatsiyasini 
yoqladi va ehtimollar nazariyasi va matematik statistika mutaxassisligi bo‘yicha 
fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.1980 yildan boshlab 
SamDU da mexanika-matematika fakultetida avval katta o‘qituvchi,so‘ngra 
dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyatini davom ettirdi. Ko‘p yillik ilmiy-
pedagogik faoliyati davomida o‘qish va o‘qitishning o‘ziga xos yangicha 
uslublarini ta’limga tatbiq etdi.
Izomiddin Xoliqulov jo‘shqin ilmiy-pedagogik faoliyatini jamoat ishlari 
bilan qo‘shib olib bormoqda.Natijalari sifatida bir qator o‘quv-uslubiy 
qo‘llanmalari, oltmishga yaqin maqolalari nufuzli nashrlarda chop etilgan, bir 
qancha magistrlik dissertatsiyalariga, malakaviy bitiruv ishlariga rahbarlik qilib, 
munosib shogirdlar tayyorlamoqda. 
Izomiddin Xoliqulov fan yo‘lida kechgan yarim asrlik ilmiy-pedagogik 
faoliyati oliy ta’lim vazirligi, universitet rahbariyati, viloyat va shahar 
hokimliklari tomonidan munosib baholangan va taqdirlangan. 
1999-2004 yillarda kafedrani dotsent 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin