N. I. Musayev tarix fanlari doktori, professor



Yüklə 18,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/64
tarix29.07.2023
ölçüsü18,09 Mb.
#137967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
10-sinf O\'zbekiston tarixi @tarixdan tomchi

Qo‘qon xonligi.
XVIII asr-
ning boshlarida Buxoro amirligidan 
Farg‘ona vodiysi va Sirdaryoning quyi qismi-
gacha bo‘lgan hududlar ajrab, mustaqil davlat 
– Qo‘qon xonligi tashkil topadi. Xonlik sharq-
da Sharqiy Turkiston, g‘arbda Buxoro amirligi 
va Xiva xonligi, shimolda Qozoq juzlari yerla-
ri bilan chegaradosh bo‘lgan. Xonlikning ja-
nubiy chegaralari Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, 
Sho‘g‘non singari tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga 
olib, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan 
tez-tez to‘qnashuvlar bo‘lib turgan. Xonlikning 
hududi Buxoro amirligi va Xiva xonliklaridan 
farqli o‘laroq, sersuv daryolar, so‘lim vodiylar, 
serhosil yerlarga boy bo‘lgan. 
Qo‘qon xonligida aholi soni 3 millionga 
yaqin bo‘lgan. 
7
IJODIY 
FAOLIYAT
1. Berilgan ma’lumot­
dan foydalanib Xiva 
va Qo‘qon xonligining 
taxminiy xaritasini 
chizing. 
2. Xiva va Qo‘qon xonligi 
hududini zamonaviy 
xaritadan aniqlang.
Qo‘qon xonligi 15 ta
beklikka bo‘linib, 
ularni, asosan, xon­
ning qarindoshlari 
va yaqinlari ora­
sidan tayinlangan 
kishilar boshqargan.


8
MA’LUMOT UCHUN
XIX asrning o‘rtalariga kelib, Buxoro amirligi, Xiva va 
Qo‘qon xonliklari aholisining etnik tarkibi bir-biriga yaqin, aso-
san, o‘zbeklardan iborat bo‘lgan. Shu bilan birga uchala xonlik hudud-
larida tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar bilan birga 
uyg‘urlar, yahudiylar, hindlar va boshqa elat vakillari ham yashagan.


9
IJODIY FAOLIYAT
Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring:
1. 
Uch xonlikning hududi bugungi kundagi O‘zbekistondan tashqari, ..., ..., ... va ... 
yerlarining bir qismini ham o‘z ichiga olgan. 
Buxoro amirligi:
... ta beklik – ... mln aholi.
Xiva xonligi:
... ta beklik, ... ta noiblik – ... ming aholi.
Qo‘qon xonligi:
... ta beklik – ... mln aholi.
Xaritadan XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari hududini chega­
ralab bering.
2. To‘g‘ri javobni toping.
1
Buxoro amirligi
a
sharqda Sharqiy Turkiston, g‘arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi, 
shimolda Qozoq xonliklari yerlari bilan, janubiy chegaralari Qorate­
gin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non singari tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga ol
­
gan.
2
Xiva xonligi
b chegaralari janubda Amudaryoning chap qirg‘og‘idan boshlanib 
shimolda Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog‘laridan g‘arbda Xiva 
xonligi yerlarigacha cho‘zilgan.
3
Qo‘qon xonligi
d Eron, sharqda Buxoro amirligi, g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda 
qozoq juzlari yerlari bilan chegaradosh bo‘lgan.


MA’LUMOT UCHUN
Buxoro amirligida
oliy hukmdor 
amir
hisoblanib, uning hokimiyati avloddan av-
lodga meros tarzida o‘tgan. Amirlikni cheklan-
magan hokimiyatga ega bo‘lgan mang‘itlar su-
lolasiga mansub hukmdorlar boshqargan.
Buxoro shahri amirlikning ma’muriy mar-
kazi edi. Amirlikda ijro hokimiyati bosh vazir 
– 
qo‘shbegi
qo‘lida bo‘lgan. Viloyat va tuman 
beklari qo‘shbegi tavsiyasi bilan tayinlangan. 
Moliya va xazina ishlari, soliqlar to‘planishi 
kabi sohalarni 
devonbegi
idora qilgan.
Devonbegiga tashqi aloqalarni yuritish ham 
yuklatilgan. Unga amirlik hujjatlarini yuritish-
ga mas’ul 

Yüklə 18,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin