N. I. Musayev tarix fanlari doktori, professor


Æ Buxoro amirligi va Rossiya  imperiyasi o‘rtasidagi janglar,  1868 va 1873­yildagi shartnomalar



Yüklə 18,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/64
tarix29.07.2023
ölçüsü18,09 Mb.
#137967
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
10-sinf O\'zbekiston tarixi @tarixdan tomchi

 
Æ
Buxoro amirligi va Rossiya 
imperiyasi o‘rtasidagi janglar, 
1868 va 1873­yildagi shartnomalar.
 
Æ
Qo‘qon va Xiva xonligining Rossiya im­
periyasi harbiy yurishlariga qarshi ha­
rakatlari.
 
Æ
Gandimiyon shartnomasi. 
 
Æ
Farg‘ona viloyatining tashkil qilinishi.
Rossiya imperiyasi Tosh kent 
shahrini bosib olganidan so‘ng 
barcha harbiy harakatlarni Toshkent 
shahridan turib tashkil qildi va boshqar-
di. Mustamlakachilar o‘zlarining asosiy 
qoidasi hisoblangan «Bo‘lib tashla va 
hukmronlik qil» tamoyiliga asoslanib 
xonliklarni birlashishiga yo‘l qo‘ymadi. 
1866-yil 8-mayda Rossya imperiyasi va 
Buxoro amirligi qo‘shinlari Yerjar qish-
log‘i yaqinida to‘qnashdi. Kuchlar har-
biy jihatdan teng bo‘lmaganligi uchun 
amir qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. 
Rossiya imperiyasi qo‘shinlari Buxoro 
qo‘shinini ta’qib qilishni to‘xtatib, avval 
Qo‘qon xonligi bilan Buxoro amirligi 
o‘rtasida joylashgan Xo‘jandga qarab 
yurish qildi. May oyida Xo‘jand qal’asi 
qamal qilindi. Qamal ikki kun davom 
etdi. Istilochilar himoyachilarning mudo-
faasini yorib o‘tib, shaharni egallashdi.
IJODIY FAOLIYAT
Nima uchun Rossiya 
imperiyasi qo‘shinla­
ri Xo‘jandga hujum qilishdi? 
Buxoro amirligi, Qo‘qon xon­
ligi xaritasidan Xo‘jand shahri 
joy lashgan nuqtani toping. Uni 
Qo‘qon, Toshkent, Balx va Buxo­
ro bilan tutashtirib fikr bildiring.
Rus qo‘shinlari ishg‘ol qilgan 
Xo‘jand darvozasi.
26


27
IJODIY FAOLIYAT
1. Rossiya imperiyasining Buxoro amirligiga qarshi urush boshlashga 
nima bahona bo‘ldi?
2. 
Jizzaxning bosib olinishini qanday izohlaysiz?
3. Xo‘jand va O‘ratepa shaharlarining bo‘ysundirilishi haqida nimalarni bilib 
oldingiz?
4. Xaritadan 1864–1866­yillarda bosib olingan hududlarni ko‘rsating.
Rossiya imperiyasining Turkis-
ton viloyati gubernatori N. Krijanov-
skiy Buxoro amirining vakili bilan sulh 
shartnomasi bo‘yi 
cha uchrashib, 
10 kun mobaynida 100 ming rubl to-
von to‘lashni talab qildi. 
Belgilangan muddat o‘tgach, 
Krijanovskiy Buxoro amiri talablar-
ni bajarmaganligini bahona qilib, 
o‘z qo‘shinlariga amirlikka qarshi 
hujum boshlashga buyruq berdi. 
Gubernatorning harbiy qo‘shinlari 
O‘ratepani egalladi. So‘ng Jizzax-
ga qarshi harakat boshladi. To‘x- 
tovsiz otishmalar ikki kecha-kun-
duz davom etdi. Jizzax shahri ham 
imperiya hukumati qo‘liga o‘tdi. 
Bu jangda har ikkala tomondan 
6 mingdan ko‘proq kishi halok bo‘ldi. 
1864–1866-yillar davomida bosib 
olingan hududlarni o‘z ichiga olgan 
Sirdaryo viloyati tashkil qilindi.
1868-yil Turkiston general-gu-
bernatori Kaufman amir Muzaffarni 
general-gubernatorlik chegarala-
riga bostirib kirish 
ga tayyorgarlik 
ko‘rishda ayblab, 4 mingdan ziyod 
qo‘shindan iborat harbiy otryad bi-
lan Samarqandga bostirib kirdi. 
Rossiya imperiyasi qo‘shin-
lari amirlik sarbozlarini miltiq 
va to‘pdan tinmay o‘qqa tutdi. 
Cho‘ponota va Zirabuloq tepa-
ligidagi janglarda Buxoro amiri 
qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi.
Kaufman Samarqand bekligi-
ni Rossiyaga berish, «harbiy xa-
rajatlarni» to‘lash va 1865-yildan 
buyon Turkiston o‘lkasida qo‘lga 
kiritilgan barcha narsalarni Ros-
siya mulki deb e’tirof etish sharti 
bilan sulh tuzishni taklif qildi. Amir 
Muzaffarga yozgan maktubi ja
-
vobsiz qoldi. 
Rossiya imperiyasining har-
biy yurishlariga qarshi Kitob begi 
Jo‘rabek va Shahrisabz begi 
Bobobek boshchiligida Samar-
qandda kurash olib borildi. Mu-
dofaachilar 1868-yil 2-iyunda 
Rossiya imperiyasi qo‘shinlari 
garnizoni joy lashgan qal’aga hu-
jum qilishdi. Lekin garnizonchilar-
ga yordamga qo‘shimcha kuchlar 
yetib keldi, shundan so‘ng himo-
yachilar Samarqanddan chiqib, 
tog‘ tomonga chekinishga majbur 
bo‘lishdi.


28
1869–1870-yillarda Rossiya imperiyasi 
Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan Afg‘onis-
ton va O‘rta Osiyodagi chegaralarni belgi-
lash to‘g‘risida muzokaralar olib bordi. Na-
tijada chegaralar Amudaryo bo‘ylab Panj 
tumanidan o‘tkazilishiga kelishildi. Buxoro 
amirligi va Eron o‘rtasidagi chegara 1881-yil
10-dekabrda Eron shohi bilan Tehrondagi 
Rossiya elchisi imzolagan maxfiy shartnoma
-
da belgilandi.
1885–1887-yillardagi muzokaralar na-
tijasida chegaralarni belgilash bo‘yicha 
ingliz-rus komissiyasi Rossiya imperiyasining 
O‘rta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari bilan 
Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara chizig‘ini bel-
gilashni nihoyasiga yetkazdi.
Rossiya imperiyasi to-
monidan yangi bosib olin-
gan hududlarda Samarqand 
va Kattaqo‘rg‘on bo‘limlaridan 
iborat Zarafshon okrugi tuzildi. 
Zirabuloq jangidan keyin 
amir Muzaffar o‘z mag‘lubi­
yatini tan olib, Kaufmanning 
Turkiston general-gubernator-
ligi yangi chegaralari haqidagi 
taklifini qabul qilishga majbur 
bo‘ldi.
Shu bilan Rossiya imperi-
yasi istilochilik yurishlarining 
ikkinchi bosqichi yakunlandi. 
Bu tarixga «Zirabuloq shartno-
masi» nomi bilan kirdi.

Yüklə 18,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin