Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

2.2. Pul bozori ishtirokchilari 
Bugungi kunda xorijiy amaliyotda pul bozori ishtirokchilari quyidagilar 
hisolanadi (-jadval). 
2.1-jadval 
Pul bozori ishtirokchilari
5
 
 
Ishtirokchilar 
Ularning pul bozoridagi oʻrni 
Moliya 
vazirligi 
yoki 
Gʻaznachilik boshqarmasi 
Davlat qarzlarini qoplash maqsadida 
qisqa 
muddatli 
davlat 
qimmatli 
qogʻozlarini emissiya qiladi 
Tijorat banklari 
Davlat qimmatli qogʻozlarini xarid 
qiladi; depozit sertifikatlarini sotadi; pul 
bozorida ishtirok etuvchi investorlarga 
qisqa muddatli kreditlar beradi;
Korxonalar 
Oʻzining moliyaviy faoliyatini yaxshilash 
maqsadida qisqa muddatli qimmatli 
qogʻozlarni emissiya qiladi yoki sotib 
oladi; 
Investitsiya kompaniyalari 
Investitsion portfelni shakllantirib, uning 
risklilik darajasini pasaytirish maqsadida 
pul bozori instrumentlarini sotib oladi;
Moliyaviy kompaniyalar 
Individual investorlarga kreditlar taqdim 
etadi; 
Sugʻurta kompaniyalar 
Oʻz likvidliligini yoʻqotmaslik uchun pul 
bozoriga investitsiya kiritadi; 
Pensiya fondlari 
Risklilik darajasi past boʻlganligi uchun 
pul 
bozori 
instrumentlariga 
oʻz 
mablagʻini investitsiya qiladi; 
Individual investorlar 
Oʻz mablagʻlarini pul bozori investitsiya 
fondiga yoʻnaltiradi; 
Pul 
bozorining 
investitsiya 
fondlari 
Kichik investorlarga oʻz mablagʻlarini 
yirik miqdorda sotiladigan pul bozori 
instrumentlarini 
sotib 
olish 
uchun 
investitsiya qilish imkonini beradi 
Pul bozori ishtirokchilarini qimmatli qogʻozlarni sotuvchilar va sotib 
oluvchilar kabi ishtirokchilarga boʻlishning iloji yoʻq. Sababi ishtirokchilarning 
asosiy qismi ikkala vazifani ham bajaradi. Misol uchun, banklar yirik miqdorda 
depozit sertifikatlarini emissiya qilish orqali mablagʻlarni jalb qilishi hamda 
korxonalarga qisqa muddatli kreditlarni ham berishi mumkin.
5
Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins, Financial Markets and Institutions, US Prentice Hall, 2012.– P. 259


16 
Pul bozori ishtirokchilari va ularning pul bozoridagi oʻrniga atroflicha 
toʻxtalib oʻtamiz.
Xalqaro amaliyotga koʻra, Moliya vazirliklarining asosiy vazifalaridan biri 
Markaziy bank bilan hamkorlikda davlatning monetar siyosatini barqarorlashtirish 
hamda byudjet defitsitini qoplash hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun 
ular qisqa muddatli qimmatli qogʻozlar (xazina majburiyatlari)ni emissiya qiladi va 
joylashtirilgan qimmatli qogʻozlar hisobiga jalb qilingan mablagʻlar tegishli 
maqsadlarda ishlatiladi. Qimmatli qogʻozlarni soʻndirish vaqti kelganida esa davlat 
byudjeti mablagʻlari hisobidan ular qoplanadi.
Tijorat banklari hukumat tomonidan emissiya qilingan qimmatli 
qogʻozlarning eng asosiy sotib oluvchilaridan biri hisoblanadi. Buning asosiy 
sabablaridan biri banklarga investitsion faoliyat uchun qoʻyilgan cheklovlar 
hisoblanadi. Aniqroq aytadigan boʻlsak, koʻplab mamlkatlarda banklarga risklilik 
darajasi yuqori boʻlgan aksiyalar hamda korporativ obligatsiyalarni sotib olish 
taʼqiqlangan. Risklilik darajasi pastligi hamda likvidlilik darajasi yuqori 
boʻlganligi sababli davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olish boʻyicha cheklovlar 
mavjud emas.
Koʻplab korxonalar pul bozorida faol tarzda ishtirok etishadi, yaʼni ular oʻz 
qimmatli qogʻozlarini emissiya qilib, pul bozoriga joylashtirish orqali sotishi, 
shuningdek qoʻshimcha pul mablagʻlarini foyda koʻrish maqsadida pul bozori 
instrumentlariga investitsiya qilishlari ham mumkin. Ammo, pul bozori 
instrumentlariga investitsiya kiritishdan asosiy koʻzlangan maqsad bu foyda 
koʻrish emas, oʻz mablagʻlarini qiymatini hamda likvidliligini ushlab turish 
hisoblanadi.
Investitsiya kompaniyalari pul bozorining likvidlilik darajasini taʼminlovchi 
vositachilar hisoblanishadi. Chunki, ular asosan individual investorlarning 
mablagʻlaridan investitsion fondni shakllantiradi va kompaniya menejeri 
tomonidan maʼqul koʻrilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiya kiritiladi. Agarda 
biror bir individual investor oʻz mablagʻlarini qaytarib olmoqchi boʻlsa, 
investitsiya fondi ushbu investorga oʻz mablagʻlarini qaytarib beradi. Shu sababli 
pul bozori instrumentlari uchun ikkilamchi bozor talab etilmaydi. Bundan tashqari 
investitsiya kompaniyalari yuqori daromadli investitsion loyihaning uchrab qolish 
ehtimolini inobatga olgan holda, aksariyat mablagʻlarini pul bozori 
instrumentlarini sotib olishga yoʻnaltiradi.
Xorijiy amaliyotga koʻra moliyaviy kompaniyalar tijorat qogʻozlarini sotish 
orqali dastlab mablagʻni shakllantirib oladi, soʻngra esa ushbu mablagʻni 
mijozlarga qisqa muddatli kreditlar sifatida taqdim etadi va pul bozorida oʻz 
faolligi bilan ajralib turadi. 
 
Asosan mol-mulkni hamda tabiiy ofatlarga qarshi sugʻurtalovchi sugʻurta 
kompaniyalari pul bozorining faol ishtirokchilaridan hisoblanadi. Sababi bu turdagi 
sugʻurta kompaniyalarida kutilmagan vaziyatda katta miqdordagi mablagʻga 
zarurat tugʻilishi mumkin. Shu sababdan ular oʻzlarining likvidliligini 
yoʻqotmaslik uchun oʻz mablagʻlarining asosiy qismini pul bozoriga yoʻnaltiradi. 
Misol uchun, 2004 yilda AQSHning Florida shtatida yuz bergan kuchli toʻfon 


17 
tufayli sugʻurta kompaniyalari qariyb 1 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan 
miqdordagi mablagʻni ushbu toʻfondan tafolat koʻrganlarga sugʻurta badali sifatida 
toʻlagan. Ushbu majburiyatni bajarish uchun sugʻurta kompaniyalari oʻzlaridagi 
pul bozori instrumentlarining bir qismini sotgan.
Pensiya fondlari oʻz mablagʻlarining bir qismini aksiya va obligatsiya 
bozorida foydaliroq investitsion imkoniyatlar yuzaga kelgan vaqtda undan 
foydalanish maqsadida yetarli mablagʻga ega boʻlish uchun pul bozoriga 
investitsiya kiritadi. Sugʻurta kompaniyalari singari pensiya fondlari ham yuqori 
likvidlilikga ega boʻlishi lozim. Sugʻurta kompaniyalaridan farqli oʻlaroq pensiya 
fondlarining majburiyatlari miqdori va ularni bajarish vaqtlarini oldindan tahlil 
qilish unchalik qiyin hisoblanmaydi.

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin