Ma’lumki, ilmiy faoliyat bilim olish va ularning tahlili hamda sintezi, undan ilmiy
ijodiyotning keyingi bosqichini takomillashtirishida foydalanishi kabi jarayonlarga yo’naltirilgan
bo’ladi.
Ilmiy faoliyat
taraqqiyoti quyidagi omillar orqali baholanadi: ilmiy natijani qo’lga
kiritishda tadqiqotchining zamonaviy fan-texnika va ta’lim texnologiyalaridan og’ishmay foydalana
olishlik, ya’ni bilim, ko’nikma va malakaga egaligi; qo’lga kiritilgan natija (ishlanma, metod,
metodologiya, texnologiya, texnika va h.k.)ning yangiligi; ilmiy bilimning o’ziga xosligi, ya’ni
zamonaviy fan–texnika va qolaversa jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishining qanday sifat
darajasiga egaligi; olingan ilmiy bilimning noyobligi, oldingi mavjud bilimlardan mukammaligi va
iste’mol uchun foydalana olish mumkinligi; ilmiy bilimni egallash jarayonini aniq algoritmik
tizimga ega bo’lishligi va rejalashtirilgan natijaga erishishning kafolatlanganligi; qo’lga kiritilgan
ilmiy ishlanmalar amaliy faoliyatda foydalanishga uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqa olishligi; ilmiy
natijalarning nazariy va amaliy ahamiyatini har qanday sharoitda tadqiqotchining tasavvur eta
olishligi va shu kabilar.
Dostları ilə paylaş: