Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar: ilmiy bilimlar qanday tuzilmaga ega?
ilmiy faoliyat qanday omillar bilan baholanadi?
ilmiy faoliyatning maqsad va vazifalarini gapirib bering?
ITI jarayonini ilmiy tahlil qiling?
Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar: ilmiy bilimlar tuzilmasi quyidagi ketma-ketlikda bo’ladi:
1 .Bilimlar sohasi bo’yicha: tabiiy fanlar; ijtimoiy-gumanitar fanlar; matematika va h.k.;
2 .Ilmiy faoliyat natijasi bo’yicha: referat; annotatsiya, tezis; maqola va h.k.
ilmiy faoliyat taraqqiyoti omillari quyidagilardan iborat: ilmiy natijani qo’lga kiritishda
tadqiqotchining zamonaviy fan-texnika va ta’lim texnoldogiyalaridan og’ishmay foydalana olishlik,
ya’ni, bilim, ko’nikma va malaka egaligi; qo’lga kiritilgan natija (ishlanma, metod, metodologiya,
texnika, texnologiya va h.k.) ning yangiligi; ilmiy bilimning o’ziga xosligi, ya’ni zamonaviy fan-
texnika va qolaversa jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishining qanday sifat darajasiga egaligi;
olingan ilmiy bilimning noyobligi, oldingi mavjud bilimlardan mukammalligi va iste’mol uchun
foydalana olish mumkinligi; ilmiy bilimni egallash jarayonini aniq algoritmik tizimga ega bo’lishligi
va rejalashtirilgan natijaga erishishning kafolatlanganligi; qo’lga kiritilgan ilmiy ishlanmalar amaliy
faoliyatda foydalanishga uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqa olishligi; ilmiy natajalarning nazariy va
amaliy ahamiyatini har qanday sharoitda tadqiqotchining tasavvur eta olishligi va shu kabilar.
1.4.1- shakl. Ilmiy tadqiqot ishi jarayoni Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar: ilmiy faoliyat haqidagi fikringiz qanday va o’z kasbiy faoliyatingiz bo’yicha qanday
muammolar bilan shug’ullanish deb o’ylaysiz. Ular mavzulari va qisqacha mazmunini yozib keling;
ITI ning qanday ko’lami bo’yicha mavzu tanlagansiz va dastlabki natijalaringiz haqida yozma
hisobot tayyorlab ko’ring;
ITI ning tadqiqotchi ilmiy saviyasini oshirishdagi ahamiyatini qanday omillardan izlaysiz?