MAQSAD:
Oliy o’quv yurtlarida magistraturani bitirib chiqayotgan
mutaxassisni zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o’quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalana
oladigan qilib hamda o’zidagi pedagogik faoliyat mahoratini va ko’nikmalarini yanada
takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatni ilmiy tashkil qilaoladigan qilib
shuningdek, ularni
mustaqil ilmiy – tadqiqot, ilmiy – pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga tayyorlash.
Bunday muhim muammoni (maqsadni) – amalga oshirish uchun mazkur fanni o’qitish
davomida quyidagi
VAZIFALAR
yechimlari izlanadi:
bo’lajak mutaxassislarni ilm-fanning mohiyati, uni tashkil qilish va ularning jamiyatdagi o’rni
bilan
tanishtirish;
bo’lajak mutaxassislarga ilmiy xodim va ilmiy tadqiqot hamda ularning mazmun – mohiyati
haqida tushuncha berish;
ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, o’tkazish va ularning tajriba –
sinov ishlari hamda
ularning tahlili haqida tushuncha berish;
bo’lajak mutaxassislarni tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarnini
bajarishga, shuningdek, fan – texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlarini amaliyotda joriy
etishga yo’naltirilgan kasb
tayyorgarligiga ega qilish;
bo’lajak mutaxassislarning kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompьyuterda
modellashtirish
metodlarini, optimal yechimlar topishning ratsional usullarini topishni o’rgatish;
ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanadigan
innovatsion ta’lim texnologiyalar va interaktiv ta’lim usullaridan foydalanishni o’rgatish;
dissertatsiya tayyorlash va uni rasmiylashtirish hamda himoya qilish haqidagi ma’lumotlarni
yetkazish.
Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar:
kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlari haqida nimani bilasiz?
taraqqiyot bosqichlarida ilm-fan va texnika-texnologiyalarning
ahamiyati nimada deb
o’ylaysiz?
aqliy faoliyat deganda qanday jarayonni tushunasiz?
“Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining asosiy maqsadini aytib bering.
“Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining vazifalarini sanab o’ting.
Dostları ilə paylaş: