Ilmiy tadqiqot asoslari



Yüklə 364,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/25
tarix01.08.2023
ölçüsü364,18 Kb.
#138167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Tadqiqotchiga 
mavzu 
materiallaridan 
ijodiy 
faoliyatda
foydalanishga tavsiyalar:
tadqiqotchi ITI ni boshlash va uni olib borish davomida yuqoridagi ifoda qilingan kurs 
maqsadidan foydalanish mumkin. Bu yerda umumiy maqsad qo’yilgan. Bunda tadqiqotchi o’z 
oldiga qo’yilgan muammoga qarab uning ma’lum (kerakli) qismidan foydalanish mumkin;
tadqiqotchi qo’yilgan muammo bo’yicha bajariladigan ishlar ketma-ketligi, algortmik tizimi, 
ya’ni ITI vazifalarini belgilab olishda yuqorida keltirilgan fanning vazifalarini asos qilib olishi 
mumkin va hattoki ushbu qismga tegishli innovatsion yondashuv qilishga ham harakat qilinsa 
yaxshi bo’lar edi.
Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar 
ro’yxati:
To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b.
To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. – T.: Fan, 2006. 
– 248 b.
1.2. Ilmiy ijodiyot – muammo sifatida
Tayanch iboralar va atamalar
: Ijod, ilmiy ishlanmalar, izlanishlar, qurilma, 
mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya, algoritm, model, ilmiy ijod, badiiy ijod, 
kontseptsiya, dissertatsiya, avtoreferat, refarat, tezis, maqola, kitob, aql, fikr, ong, ilm, bilim, xotira, 
reproduktiv va produktiv, verbal va noverbal, mantiqiy, mexanik, tasavvur, diqqat, iroda, idrok, 
iste’dod, tajriba, eksperiment, tabiiy usul, dunyoqarash, fundamental, raqobatbardosh, kompьyuterli 
savodxonlik, intellektual.
Mavzuning matni : Ilmiy ijodiyot – muammo sifatida.
«Ijod
– insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati» [3].
«Ijod (arabcha) – kishining yaratuvchilik mahorati: badiiy, ilmiy asar yoki moddiy boylik 
yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik, ijodiyot» [1].
Demak, ijod – aqliy faoliyat bo’lib, u insonni fikri, bilimi, g’oyasi, qarashlari, ya’ni 
tafakkurini ishga solib yaratuvchilik faoliyatini shakllantiradi. Bunda insonning tafakkuri, xotirasi, 
tasavvuri, diqqat–e’tibori, irodasi muhim rol o’ynaydi va bu jarayonda insonni bilimliligi, 
tajribaliligi, iste’dodliligi va xullas ijodkorligi namoyon bo’ladi.
Ijod
dastavval inson tasavvurida fikr shaklida yuzaga keladi, keyin ular rivojlanib, 
takomillashib g’oya, qarash ko’rinishiga o’tadi va ularga taalluqli masalalar yuzasidan izlanishlar 
boshlanadi.
Izlanishlar olib borishda o’rganilayotgan tadqiqot ishigacha bo’lgan ishlanmalar (predmet, 
buyum, qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya, algoritm, modelь va h.k.) 


tahliliy ko’rib chiqiladi, ya’ni tahlil va sintez, umumlashtirish va xulosalash, tajribada sinab 
ko’rish, kuzatishlar o’tkazish, mantiqiy xulosalar chiqarish, ichki farazlarni ifodalab olish kabi 
ishlarni amalga oshiradi. Natijada izlanish davomida noto’g’ri bo’lib qolgan ishlanmalar muammo 
maqsadiga mos qilib to’g’rilanadi yoki yangisi ishlab chiqiladi. 
Ma’lumki, 
izlanish,
ijodiy faoliyat yuritish natijasida biror yangilikka erishish demakdir. 
Natijalar ijod xususiyatiga qarab turli shakllarda bo’lishi mumkin, ya’ni referat, tezis, maqola, kitob, 
avtoreferat, dissertatsiya, monografiya yoki shakllangan fikr, g’oya, qarashlar (kontseptsiya), 
ta’limot yoki qurilma, mexanizm, mashina, ixtiro, patent, kashfiyot yoki modelь, algoritm, tamoyil, 
mezon va h.k.
Demak, 
ijod,
ilm -fan, texnika – texnologiya, madaniyat va shu kabilarni rivojlantirib, 
ularning hozirgi holatini yangi sifat bosqichiga ko’taradi. 
«Ijodni shartli ravishda 2ga: 

Yüklə 364,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin