diqqat deyiladi [3].
IRODA – insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshlangan ishni oxiriga yetkazish
qobiliyati – bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini boshqarishning natijasidir.
IDROK – insonning bilish, tushinish qobiliyati va zehni hamda fahm-farosati.
ISTE’DOD - insonning ma’naviy-marifiy, madaniy va shu kabi jihatlar asosidagi kamol
topishidagi darajasi.
TAJRIBA – voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni. Tajriba keng ma’noda
– o’quv, malaka va bilimning birligidan iborat. SHuningdek, falsafada bilishning empirik
usullaridan biri – ekperiment usuli ham tajriba deb ataladi.
Tajriba qadimdan falsafa tarixida muhim
tadqiqot ob’ekti bo’lib kelgan. SHarq falsafasida biror narsadagi muayyan xossa yoki xususiyatni
tekshirib ko’rish maqsadida o’tkaziladigan sinov ham tajriba deb ataladi. Abu Rayhon Beruniy
tajribani eksperiment va kuzatish bilan bog’lab tushuntirish tarafdori bo’lgan. U Ibn Sino bilan
munozarada fikran faraz qilib ko’rishga nisbatan amaliy eksperiment ishonchliroq ma’lumot
berishini ta’kidlab, fikriy mulohazalar og’izdan-og’izga o’tish bilan o’zgarib borishi va asl
ma’nosini yuqotishi mumkin deb amaliy tajribaning ahamiyatini yuqori qo’ygan [5].
EKSPEREMENT – fan va bilish sohasida favqulodda holatdan chiqish, muammoli
vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, aql zakovatini
o’rganishda qo’llaniladigan usul.
Eksperiment tabiiy va laboratoriya usullariga ajratiladi.
Tabiiy usul psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llaniladi. Bu usulning ilmiy asoslarini
A.F.Lazurskiy ta’riflab bergan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilarning
o’zlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga
muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazish kundalik mehnat tarzi
doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Laboratoriya usuli yordami bilan