Ilmiy tadqiqot asoslari



Yüklə 364,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/25
tarix01.08.2023
ölçüsü364,18 Kb.
#138167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
ilmiy
ijod
va 
badiiy
ijodga bo’lish mumkin. Olimlar faoliyati 
ilmiy ijodga, san’atkorlar, yozuvchilar faoliyati badiiy ijodga qaratilgan. Ba’zi kishilarda har ikki 
ijod rivojlangan bo’lishi mumkin. Ilmiy ijodda tabiat va jamiyat hayotining ob’ektiv qonuniyatlari 
aks etsa, badiiy ijodda ma’naviy hayot muammolariga san’atkorning sub’ektiv, o’ziga xos 
qarashlari, his-tuyg’ulari aks etadi» [4].
Yuqoridagi ijod tushunchasiga berilgan ikkala ta’rifda ham yaratuvchilik faoliyati, ya’ni 
yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratilishining qayd etilishi, ushbu faoliyatning (jarayonning) 
muammo yechimlarini izlashlik xususiyati bilan chambarchas bog’liqligini ko’rsatadi. Demak, 
ijodning o’zi ham qator muammolar yechimini izlovchi bosh muammolardan hisoblanar ekan. 
Kishi ijod qilishi uchun, unda quyidagi ko’rsatkichlar (omillar) shakllangan bo’lishi kerak: 
aql, ong, fikr, ilm, bilim, xotira, tasavvur, diqqat, eksperiment, tajriba, dunyoqarash, tasavvur, iroda, 
idrok, iste’dod va h.k.
Endi ularning qisqacha mazmunini qayd etib o’tamiz. 
AQL
– inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqeylikka bo’lgan 
munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati.
ONG
– kishining fikrlash qobiliyati yoki insonning ijtimoiy hayotni tushunishi, sezishi va 
unga bo’lgan shaxsiy munosabati. Ong– tafakkur markazi, unda fikr va ma’lumotlar jamlanadi. 
Ongda qalbdagi e’tiqod asosida dunyoqarash shakllanadi.
FIKR
– bu narsa, hodisa yoki jarayon to’g’risidagi insonning o’yi yoki xayoli. 
ILM
– insonning o’qish, o’rganish va shaxsiy hayotidagi tajribalar, kuzatishlar natijasida 
shakllangan bilim va malakalar majmuasi. Inson kamolatidagi ilm egallash qobiliyati, uning ulkan 
fazilatlardan biri hisoblanadi. CHunki, inson ilm bilan shon- sharafga erishadi –shuhrat qozonadi.
BILIM
– kishining tabiat va jamiyat hodisalari asosida shakllangan axborotlari majmui.

Yüklə 364,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin