Ilmiy tadqiqot asoslari


Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar



Yüklə 364,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/25
tarix01.08.2023
ölçüsü364,18 Kb.
#138167
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar 
ro’yxati:
O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. – 5 j. – T.: O’ME Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. – 707 b.
To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b.
1.6. Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari
Tayanch iboralar va atamalar:
mavzuni tanlash va asoslash, muammoning qo’yilishi, 
dastlabki faraz, ishchi faraz, nazariy bilimlar, anketa savollari, suhbatlar, mutaxassis olimlar 
maslahatlari, mavzuga mos metodologik asoslar, ob’ekt, nazariy tadqiqot, modellar, algoritmlar, 
metodlar, ilmiy-nazariy ishlanmalar, texnologiyalar, mezonlar, tamoyillar, yechimlar (natijalar), 
amaliy tadqiqot natijalari, tasdiqlovchi eksperiment o’tkazish, xulosalar, uslubiy tavsiyalar va 
ko’rsatmalar.
Mavzuning matni: Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari.
Ma’lumki, ilm-fan ijtimoiy ong shakllaridan biri, ularni turli holatlarda uchratish mumkin. 
Odatda, ular tabiat va jamiyatdagi qonuniyatlarni qondirish jarayoni sifatida qaraladi va 
qonuniyatlar ulardagi barcha bog’lanishlar (aloqadorliklar)ni o’rganishga yaroqli bo’lmog’i lozim. 
Ilm-fanning bilish jarayonining asosi ekanligi ham ushbu xususiyat bilan belgilanadi. SHu sababli 
ham ilm-fan tabiat va jamiyatdagi jarayonlarni o’rganish hamda ular natijalari tahlili asosidagi 
bilimlarni hosil qilishni hal etadi va bunga ilmiy tadqiqot jarayoni, deb qaraladi. 
Albatta, har bir jarayon kechishi va hodisa ro’y berishi ma’lum ketma-ketlik asosida bo’ladi, 
ya’ni ularni shartli ravishda algoritmik tarzda ifodalash mumkin. Demak, tabiiyki, ularni aks 
ettiradigan (o’rganadigan va tahlil qiladigan) ilmiy tadqiqot jarayoni ham algoritmik tarzda 
shakllanadi. Bunda aniqlash, o’rganish, yaratish natijasi, tahlil qilish, sintezlash, xulosalash va 


tavsiya berish borasidagi ishlarida ilm-fan imkoniyatlari cheksizligi haqidagi tushunchani 
tadqiqotchining bilishligi nihoyatda muhim. SHuning uchun, tadqiqotchining bilish jarayoni 
mazmuni va shaxsiy ko’nikmalaridan qat’iy nazar, ilmiy tadqiqotlar jarayoni hamma vaqt ma’lum 
bir bosqichlar ketma-ketligi bo’yicha olib boriladi. 
Ma’lumki, ilmiy tadqiqot bu ob’ektiv borliqni, qonuniylikni va dunyo barqarorligi hodisalari 
aloqadorligini o’rganadigan jarayondir. Bilish inson ongining va fikrining ilmiy tadqiqot yordamida 
boshqariladigan noaniqlikdan aniqlikka yoki oddiydan murakkabga yoki to’liqmaslikdan to’liqlikka 
yo’naltirilgan murakkab jarayon. 
Demak, bu jarayonni murakkab ya’ni ko’p qirrali va ko’p variantli dinamik tizim sifatida 
qarash mumkin bo’ladi. SHu sababli ham uni boshqarish ham o’ziga xos innovatsion yondashuvni 
talab etadi va ular mazkur jarayonni boshqarishning optimal variantlarini yaratish imkonini beradi. 
Ularni shartli ravishda quyidagi tartibda ifodalashni lozim topdik (1.6.1-shakl). Endi ushbu 
jarayonning har bir bosqichiga qichqacha ma’lumot berib o’tamiz.

Yüklə 364,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin