Ilmiy tadqiqot asoslari


I. Mavzuni tanlash va dolzarbligini asoslash



Yüklə 364,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/25
tarix01.08.2023
ölçüsü364,18 Kb.
#138167
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
I. Mavzuni tanlash va dolzarbligini asoslash.
Mavzuni tanlash va asoslash
jarayoni ilmiy tadqiqot ishini dastlabki bosqichi hisoblanadi. 
Bunda asosan soha, yo’nalish va undagi mavzuni tanlash amalga oshiriladi. Mavzu tanlashda 
tadqiqotchining sohaga, yo’nalishga qiziqishi va bu boradagi ilmiy salohiyati e’tiborga olinadi. 
Bunda tadqiqotchining o’zi shug’illanmoqchi bo’lgan sohaning yutuq va kamchiliklarini mustaqil 
o’rganish orqali mavzuni tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Mavzu tanlanayotganda shug’ullanishi 
kerak bo’lgan sohaning yirik – istiqbolli mutaxassislari maslahatiga amal qilinsa ham yaxshi 
samaralar beradi.
Mavzuni asoslashda esa tanlangan mavzu bo’yicha qilingan ishlar atroflicha o’rganiladi, 
tahlil qilinadi, soha bo’yicha yutuq va kamchiliklar tahlil qilinadi va muammoning qo’yilishiga 
zamin tayyorlanadi.
II. Muammoni qo’yilishi.
Muammoning qo’yilishi
bevosita mavzuni dolzarbligini asoslashning davomi hisoblanadi 
va u soha bo’yicha yutuq, kamchiliklar tahlili natijasi asosida ifodalanadi. Bu tadqiq qilinishi kerak 
bo’lgan muammoni izlash bilan bog’liq bo’lib qolmasdan, ilmiy tadqiqotning vazifalarini (hal 
qilinadigan masalalarni) aniq va ravon ifodalanishini ham o’z ichisha oladi.
1.6.1-shakl. Ilmiy tadqiqot ishi jarayoni bosqichlari
Muammoning qo’yilishida ma’lumot yig’ish va ularni qayta ishlashga katta e’tibor beriladi. 
Undagi nazariy usullar va texnik yechimlar, o’xshash muammolarini yechimini topish vositalari, 
tadqiqotga yaqin sohadagi tadqiqotlar natijalari haqidagi ma’lumotlar va boshqa maxsus 
ma’lumotlar yig’ish tadqiqot boshlangunga qadar emas, balki butun tadqiqot davomida amalga 
oshiriladi.
III. Dastlabki faraz
Dastlabki faraz
, ya’ni ishchi faraz aniq ifodalangan tadqiqot muammosiga va yig’ilgan 
dastlabki materialning tanqidiy tahlili natijasiga tayangan holda shakllantiriladi. U bir necha 
variantda ifodalanadi va ularning ichidan muammo qo’yilishiga mosi tanlab olinadi. Ishchi farazni 
ifodalashning turli usullari bor. Ular, asosan tadqiqot muammosini aniqlashda va mavzu 
dolzarbligini asoslashda nazariy ma’lumotlarga asoslanadi va tadqiqot manbasini chuqurroq 
o’rganish imkonini beradi. Ishchi farazni shakllantirishda anketa so’rovlari, suhbatlari, mutaxassis-
olimlar bilan maslahatlar va ayrim hollarda dastlabki tajriba-sinov ishlari ham o’tkaziladi. 

Yüklə 364,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin