Ilmiy tadqiqot asoslari


IV. Nazariy tadqiqot (o’rganilayotgan jarayon va hodisaning, ya’ni muammoning



Yüklə 364,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/25
tarix01.08.2023
ölçüsü364,18 Kb.
#138167
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
IV. Nazariy tadqiqot (o’rganilayotgan jarayon va hodisaning, ya’ni muammoning 
nazariy jihatdan yechimini topishga bag’ishlangan ilmiy faoliyat jarayoni).
Nazariy tadqiqotda
tadqiqot manbaini o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari qaraladi va ilm-
fanning tadqiqot manbaiga qo’llaniladigan tadqiqot usullari va vositalari yordamida olingan yangi, 
ya’ni hali ma’lum bo’lmagan qonuniyatlarini tahlil va 
sintez
qilinadi. Nazariy tadqiqotning 


maqsadi
o’rganilayotgan manbani, ularning turli aloqalarini to’liqroq, chuqurroq umumlashtirish 
ishchi farazga iloji boricha ko’proq bog’lanishdan iboratdir. Bunda ishchi faraz yanada 
takomillashtiriladi va tekshirilayotgan ma’lumot nazariyasini ishlab chiqishga imkon yaratiladi
ya’ni o’rganilayotgan muammoni yechimlarini topish tizimini yaratish imkoni topiladi. Bularning 
ichidan eng samarali yechimni topish esa tadqiqotchining ilmiy salohiyatiga bog’liq bo’ladi. 
V. Amaliy tadqiqot (dastlabki aprior va asosiy tajribani o’tkazish).
Amaliy tadqiqot
ilmiy tadqiqotning eng ko’p mehnat talab qilinadigan qismi bo’lib, u 
tadqiqotning xususiyati va bajarilish ketma-ketligi bilan uzviy bog’liqdir. Bu holda tajriba, tajriba-
sinov ishlari nazariy tadqiqot natijalarini tasdiqlamog’i yoki rad qilmog’i lozim. Agarda o’tkazilgan 
tadqiqot natijalari ishchi farazni va rejalashtirilgan muammo yechimini rad qilsa, u holda tadqiqot 
olib borish tartibi o’zgartiriladi. Bunda natijalarni tahlil qilish (nazariy va tajribaviy tadqiqotlar 
natijalarini tahlil qilish ham) qaraladi.
Natijalarni tahlil qilishda
asosan nazariy jihatdan ilmiy asoslangan tadqiqot usullarini 
qo’llash natijasida olib borilgan uslubiyat hamda ularning amaliyotda joriy etishda qo’lga kiritilgan 
natijalarning tadqiqot maqsadi va ishchi farazga mosligi tahlil qilinadi, shuningdek, nazariy va 
amaliy tadqiqot natijalarining to’g’ri kelishligini baholash imkonini yaratadi. 

Yüklə 364,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin