xarakat kuchlanish xosil bо‘ladi. Kо‘zgalgan mushaklarning elastik о‘zgarishni
chaqiradigan dastlabki chо‘zilish ularda kinematik energiyani о‘ziga olishi tufayli
bо‘ladigan ayrim kuchlanish potensialining jamg‘arilishini ta’minlab beradi. Sport
mashg‘ulotlarida muskullar о‘z uzunligini о‘zgartirmasdan (statik, izometrik rejim)
va о‘z uzunligini qisqartirgan holatda kuch kо‘rsatadi.
Mushaklar chо‘zilganda ustun keladigan va tо‘siqsiz rejimlar birgalashib
«dinamik rejim» tushunchasini hosil kiladi. Kuchni tarbiyalash jarayonida kuch
qobiliyatlarning barcha turlarini rivojlantirish kerak.
Kuchni og‘irliklardan foydalanish xarakteri bо‘yicha rivojlantirishga qaratilgan
mashqlarni ikki guruhga bо‘lish mumkin: tashqi og‘irlanish yoki qarshilanish va
о‘z og‘irligi yoki badanning qisman og‘irligi orqali bajariladigan mashqlar.
Mashqlarning birinchi guruxi voleybolchining muskullarini rivojlantirishga katta
imkoniyat yaratadi. Og‘irlanishlar va qarshiliklardan (gantellar, yadrolar, tо‘ldirma
tо‘plar, og‘ir toshlar, shtanga, raqibning og‘irligini va qarshiligini yengish,
espanderlar va xokozo) keng kо‘lamda foydalanish va ularning turli tumanligi
trenirovka nagruzkasining xajmini va intensivligini belgilab berishga sharoit
yaratadi. Bunday kerakli mashqlar muskullar guruhining rivojlanishiga qaratilgan
bо‘lib u sportchini tezda katta kuchlanishlardan tо‘liq bо‘shatish qobiliyatiga
о‘rgatishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda sherigi tomonidan kо‘rsatiladigan
xar xil qarshiliklar orqali bajariladigan mashqlar sportchilardan katta iroda kuchini
talab qiladi. Negaki ular fakat kuchdagina musobaqalashib qolmasdan, shu
kuchdan oliy darajada samarali foydalana olishda ham bahslashadilar.
Ikkinchi guruh uchun о‘ziga xos, bu snaryadda bajariladigan gimnastik mashqlar.
Arqonga chiqish, о‘z vaznini kuch bilan kо‘tarish, о‘tirish –turishlar, oyoqlar
tizzalari yarim bukilgan holatda yurish va xokozolar hisoblanadi. О‘z og‘irligiga
qarshilanish orqali bajariladigan mashqlar о‘yinchilar uchun asta - sekin
bajarishdan tez bajarishga oddiydan murakkabga о‘tishga imkon yaratadi. Bu
mashqlarni bajarishda muskul guruhlari ishga qanchalik kam jalb qilingan bо‘lsa,
badanning siljish yо‘li qanchalik qisqa bо‘lsa va badanning kamrok qismi og‘irlik
bо‘lib qarshilansa, ularni shunchalik kо‘prok takrorlash lozim.
Oyok va tana kuchini rivojlantirish uchun katta kuchlanish bilan
bosqichmabosqich oshib beruvchi rejimda bajariladigan mashqlar samarali
mashqlar hisoblanadi. Ana shunday mashqlardan biri – yelkaga qо‘yilgan shtanga
bildan о‘tirib turish – tipik mashqdir.
Dostları ilə paylaş: