1-ma’ruza voleybol o'yinida tayyorgarlik turlarining o'rni va ahamiyati reja: kirish



Yüklə 426,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix05.08.2023
ölçüsü426,22 Kb.
#138734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-ma’ruza voleybol o\'yinida tayyorgarlik turlarining o\'rni va ah

Umumiy jismoniy tayyorgarlik -
sport trenirovkasini muhim vazifalaridan biri 
shug‘ullanuvchilarning tо‘laqonli jismoniy taraqqiyotini va xar tomonlama 
jismoniy tayyorgarligini ta’minlashga qaratilgan. UJT xayotiy zarur xarakat 
malakalarini takomillashtirishga yunaltirilgan jarayondir. Maqsadi - MJT ning 
poydevori bо‘lgan UJT bazasini yaratishdir.
Vazifalari – asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish organizmning funksional 
imkoniyatlarini oshirish xarakat malakalarining xajmi va ijroiy chegarasini 
kengaytirish, sog‘likni mustaxkamlash, tiklanish jarayonini faollashtirish, 
organizmning tashqi va ichki salbiy ta’sirlarga bо‘lgan bardoshini oshirishdan 
iborat. Umumiy jismoniy sifatlarga kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va 
egiluvchanlik kiradi.
UJT - jismoniy sifatlarni alohida yoki birgalikda rivojlantiruvchi о‘ziga xos 
mashqlardan iborat.
UJTni amalga oshirish jarayonida xar xil sport uskunalaridan, anjomlardan, 
trenajyorlardan va tabiat omillaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Sport trenirovkasining ayrim bosqich va davrlarida UJT mashqlari va 
mashg‘ulotlarining hajmi: shiddati, yо‘nalish va tuzilishi о‘ziga xosligi bilan 
farqlanadi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik – tanlangan sport turidan yuqori natijalarga erishish 
maqsadida shu sport turida asosiy va hal etuvchi ahamiyatga ega bо‘lgan jismoniy 
sifatlarni rivojlantirishga yо‘naltirilgan jarayondir.
Vazifalari :


-
voleybolga xos maxsus xarakat sifatlari va qobiliyatlarini (tezkorlik, kuch, 
chaqqonlik, maxsus chidamkorlik va x.k) rivojlantirish
-
о‘yin texnikasini о‘zlashtirishda zarur bо‘lgan qobiliyatlarni rivojlantirish - 
о‘yin taktikasini о‘zlashtirishda zarur bо‘lgan qobiliyatlarni rivojlantirish.
MJT sport trenirovkasining barcha bosqich va davrlarida hajm va shiddat munosib 
meyorda qо‘llaniladi.
Murakkab aks ta’sir yoki tana xarakati bilan ta’sirlarga (vaziyatga) «javob» 
qaytarish. Masalan: bokschi, futbolchi, voleybolchini tezkor xarakati.
Tezkorlikning ushbu tarkibiy qismlari biri-biri bilan uzviy bogliq bо‘lmaydi, ya’ni 
oddiy aks ta’sir xarakatini qanchalik kо‘p mashq qilinsa xam tana xarakati yoki 
siklik xarakat deyarli rivojlanmaydi va aksincha.
Tayyorgarlikning boshlang‘ich bosqichida tezkorlik sifatini tarbiyalash qо‘yidagi 
vosita – mashqlar yordamida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: xarakatli 
о‘yinlar, qisqa masofalarga yugurish, turli estafetalar, sakrashga oid mashqlar
gimnastika va akrobotika mashqlari, qoidasi soddalashtirilgan sport о‘yinlari, 
mazkur vositalarni qо‘llashda komplesk uslubdan foydalanish samara beradi.
Shuni ta’kidlab о‘tish kerakki, voleybolchi jismoniy tayyorgarlikda qanday 
sport turi vositalaridan foylangan bо‘lsa, u о‘sha sport turi texnikasining 
elementlari tula egallab olishi kerak. Chunki xarakat malakasi tо‘g‘ri tuzilgan 
taqdirdagina ayrim jismoniy fazilatlar foydali bо‘lishi mumkindir. Umumiy 
jismoniy tayyorgarlik sport trenirovkasining asosiy vazifalaridan biri 
voleybolchilarining va uni tula qonli jismoniy о‘sishini ta’minlashga qaratilgan. Bu 
jarayon asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish hamda hayotni zarur malakalarni 
takomillashtirishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘yiyadi. Umumiy jismoniy 
tayyorgarlik voleybolchining maxsus tayyorgarligini ta’minlashda poydevor bо‘lib 
hisoblanadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik kuch, tezlik chidamkorlik egiluvchanlikni 
tarbiyalash va uslublari hamda vositalari bilan sport turing xususiyatini e’iborga 
olgan holda amalga oshirish zarur.
Sport mutaxassisligi sportchining har taraflama rivojlangan bо‘lishini istisno 
qilmaydi. Aksincha organizmning umumiy funksional imkoniyatlari oshishida har 
tomonlama jismoniy va ruhiy qobiliyat asosida, sportchi tanlagan sport turida 
yuqori darajadagi taraqqiyotga erishishida va har taraflama rivojlanishning 
bog‘liqligini ikkita asosiy sababini kо‘rsatish mumkin.
1.
Bu inson organizmi rivojlanish va faoliyat jarayonida barcha 
organlarning bir-biri bilan bog‘liqligi sportchining har bir turi о‘ziga xos alohida 
о‘zaro munosabatlar talab qilishga qaramasdan jismoniy fazilatlar rivojlanishida har 
doim umumiy qonuniylik aks etadi. Har qanday fazilatning miyoriy rivojlanishi 
organizmning funksional umumiy imkoniyatlarini oshirish bilangina amalga oshadi.


2.
Har-xil harakatlantiruvchi kо‘nikmalar va qobiliyatning о‘zaro ta’siri. 
Sportchining о‘zlashtirgan harakatlantiruvchi mahorati va qobiliyati qanchalik keng 
bо‘lsa yangi harakatlantiruvchi faoliyat va oldingi о‘rganganlarni amalga oshirishda 
zamin yaratadi. Kishining ongiga bog‘lanmagan holda mavjud bо‘lmagan 
qonuniylik sportda kamolotga erishish shuni talab qiladi, mashg‘ulot chuqur maxsus 
jarayon bо‘lib, sportchining har tomonlama rivojlanishiga olib kelishi kerak. 
Sportchining umumiy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik birligi shuni kо‘rsatadiki, 
sportda muvaffaqiyat va yutuqlarga ziyon yetkazmasdan erishish uchun ulardan 
birini mashg‘ulotdan ajralib bо‘lmaydi. Sportda bu kо‘zlangan maqsad tarbiyaviy 
vositadir.


Yüklə 426,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin