1-ma’ruza voleybol o'yinida tayyorgarlik turlarining o'rni va ahamiyati reja: kirish



Yüklə 426,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix05.08.2023
ölçüsü426,22 Kb.
#138734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-ma’ruza voleybol o\'yinida tayyorgarlik turlarining o\'rni va ah

Holatlar.
Voleybol о‘yinida о‘yinchilar tо‘p bilan qisqa vaqt ichida harakat 
qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu о‘yin sharoitida о‘yinchi tо‘p bilan о‘ynashi 
uchun yuqori tayyorgarlik kо‘rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat 
usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallashi kerak.
Hujum zarbasini berish va tо‘siq qо‘yishda – baland (1 a-rasm), о‘yinga 
kiritilgan tо‘pni qabul qilishda – о‘rta (1 b-rasm), hujum zarbasini yoki tо‘siqdan 
pastlab qaytgan tо‘pni qabul qilishda – past (1 v-rasm) holatlar egallanadi. Bunda 
UOM (umumiy og‘irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga 
bog‘liq bо‘ladi. Shuni ham ta’kidlash о‘rinliki, о‘yinchining bо‘yi va uning 
koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun ham 
samarali turish holati shunday bо‘lishi kerakki bunda UOM tezda tayanch 
chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat kо‘rsatish imkoniyatini bera 
olsin.
Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qо‘llani-lish xususiyatiga qarab 
statik (о‘yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan 
ikkinchisiga о‘tkazish bilan tо‘pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki tо‘siq 
qо‘yishni kutishda) holatlarda bо‘ladi. Bu turish holatlarida qо‘llar bel barobarida, 
barmoqlar kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bо‘ladi. Gavda erkin 
holatda bо‘lishi kerak.
Harakatlanish
. О‘yinchi ma’lum bir texnik usulni bajarish uchun maydon 
bо‘ylab harakatlanadi. Bunda usul va о‘yinning vaziyatiga bog‘liq holda, qadam 
tashlab (oldinga, orqaga, yon tomonga), sapchib, sakrab, yugurib, yiqilib turli 
harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan 
harakatlar birmuncha yumshoq (UOM tebranishining sustligi sababli) bо‘ladi. Yon 
tomonga qadamlashdan kо‘p hollarda katta bо‘lmagan masofani bosib о‘tish bilan 
tо‘siq qо‘yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki tо‘siqdan о‘z yо‘nalishini 
о‘zgartirib qaytgan tо‘pni qabul qilishda foydalaniladi. Harakat doimo kerakli 
harakat yо‘nalishiga yaqin bо‘lgan oyoqdan boshlanadi. Sapchib, sakrab, yugurish 
bilan bо‘ladigan harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda 
qо‘llaniladi. Kо‘rib chiqilgan harakatlardan kо‘p hollarda umumiy birlikda ham 
foydalaniladi.

Yüklə 426,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin