Chaqqonlik
– turli murakkab xarakatlarni tez va aniq ijro etilishi demak.
Voleybolda ushbu sifat voleybolchining maydonda
muayyan vaziyatga nisbatan
tug‘ri, tez va aniq xarakat qilishi zarurligini anglatadi. Bu sifat keng mazmunli
tushuncha bо‘lib, о‘z ichiga tezkorlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik kabi
sifatlarni qamrab olgan.
Chaqqonlikni bolalik davridan boshlab rivojlantirish maqsadga muvofiq. Mazkur
sifatni tarbiyalashda mashqlarning eng oddiysidan boshlab, sekin – asta
murakkab
mashqlarga о‘tish zarur.
Chaqqonlikni rivojlantirishda gimnastika, akrobotika, sport va milliy о‘yinlar juda
qо‘l keladi.
Egiluvchanlik
– bu tana bug‘imlarining maksimal amplitudada bukilishi va
yozilishidir. Bu sifat aksariyat mushaklar tolalari elastikligi (chuziluvchanlikligi)
va tonusiga bogliq. Egiluvchanligini о‘stirish, birinchi navbatda muntazam
muvofiq mashqlar bilan shug‘ullanishga bog‘lik.
Egiluvchanlik sifatini rivojlantirishga boshlang‘ich maktab yoshidan boshlangani
maqsadga muvofiq. Chunki bu yoshdagi bolalarning organizmi – suyaklari,
mushak va bug‘inlari egiluvchan – plastik xususiyatiga ega bо‘ladi.
Mazkur sifatni rivojlantirishda sekin sur’atda bajariladigan xar xil yо‘nalishlarga
oid bо‘lgan va katta doirali amplutudada ijro etiladigan mashqlar qо‘l keladi.
Bundan tashqari egiluvchanlikka xos elementlari bulgan xarakatli о‘yinlar
va sport
о‘yinlari yaxshi natija beradi. Gimnastika, akrobatika mashqlari bilan
shо‘gullanish ham ayni muddao. Zikr etilgan mashqlar
muntazam uzoq vaqt va
qayta – qayta bajarilishi lozim.
Xulosa
Mavzu bo’yicha qayt etilgan adabiyotlar taxlili shu narsani e’tirof etishga
imkon beradiki, zamonaviy voleybol tavsifi va o’yin texnikasi tasnifi borasida olib
borilgan ilmiy ish natijasida voleybol bilan shug`ullanayotgan maktab o’quvchilari
orasida voleybol sport turi xaqida berilayotgan nazariy bilimlar
borasidagi ishlar
qoniqarli darajada emasligi ko’zga tashlandi. Shu o’rinda yuqori sinf o’quvchilari
bilan olib borilgan suxbatlar natijasida o’yin texnikasi tasnifi borasidagi og`zaki
so’rovlarga ham ijobiy javob olinmaganini kuzatish mumkin.
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo’lsak nafaqat voleybol balkim boshqa
sport turlarining ham nazariy jixatlariga kerakli e’tibor qaratish kerakligini takidlab
o’tish mumkin. Albatta jismoniy, texnik va taktik jixatdan etarli tayyorgarlikka ega
bo’lish bilan birga nazariy tayyorgarlik bilan ham shug`ullanib borilsa
maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Yuqoridagi ilmiy ish orqali kelgusida zamonaviy voleybol deb e’tirof
etayotganimiz sport turining hammabop jixatlariga to’xtalib,
voleybol
texnikasining tasnifi borasida kerakli bilimlarni mustaxkamlab yosh avlodni
tarbilashda voleybol texnikasini qaysi detalidan boshlash o’rgatish ko’proq
maqsadga muvofiq ekanligi xaqida ilmiy ishni davom ettirib, yoshlarga voleybol
sport turi haqida bilimlarimni berish bilan birga ularni ham jismonan, ham ruxan
vatanga etuk mutaxassis kadrlar qilib tayyorlashda o’z xissamni qo’shaman deb
umid qilaman.
Albatta voleybol sport turi haqidagi kurs ishim ham kelgusida mustaqil
diyorimizda voleybol sport turini yanada
rivojlanib ravnaq topishida, xususan
“Zamonaviy voleybol tavsifi o’yin texnikasi va uning tasnifi” mavzusi ham
asqotadi deb umid qilamiz.
ADABIYOTLAR RО‘YXATI
1. Kurbanova M.A. 500 mashq va harakatli о‘yinlar. II qism. T.: 1999. – 60 b.
2.Nasriddinov F.N. О‘zbek xalq milliy о‘yinlari. T.: 1993. – 27 b.
3.Rasulev A.T., Pulatov A.A., Qosimova M.U. О‘zbek xalq о‘yinlari ularning
tasnifi va tavsifi. О‘quv qо‘llanma. T.: 1996. – 98 b.
4.Usmonxо‘jayev T.S., Xо‘jayev F. 1001 о‘yin. T.: Ibn-Sino, 1990. – 350 b.
5.Usmonxо‘jayev T.S., Xо‘jayev F. Harakatli о‘yinlar. T. О‘qituvchi, 1992. - 80 b.
6.Usmonxо‘jayev T.S., Qosimova M.U. 500 mashq va harakatli о‘yinlar. T. 1999.
- 60 b.
7.
Ayrapetyans L.R., Kleshev Y.N. Voleybol. О‘quv qо‘llanma.Toshkent., 1995
yil. 36 -43 bet.
8.
Ayrapetyans L.R., Godik M.A. Sport о‘yinlari va uni о‘qitish uslubiyti.
Toshkent., 1991yil. 58 – 62 bet.
9.
Ayrapetyans L.R., Pulatov A. Yuqori malakali voleybolchilarni
tayyorlashda
tanlovning о‘rni. «JT, sport va ma’naviyat» tо‘plami. T., 1995.
10.
Jeleznyak Y.D., Slupskiy L.N. Voleybol maktabda.T., 1998. 123 bet.
11.
Kleshev Y.N., Ayrapetyans L.R., Patkin V.L. Voleybol. Murabbiy kundaligi.
T., 1995yil. 134 bet.
12.
Pо‘latov A.A. Voleybol. JTI talabalariga mо‘ljallangan dastur. Ixtisoslik kursi.
T., 1993 yil. 76 bet.
13.
Pо‘latov A.A. Harakatni aniq ijro etishda vestibulyar analizatorning о‘rni. «JT,
sport va ma’naviyat» tо‘plami. T., 1995 yil. 147 bet.