0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63

(cortex renalis) 

qizg'ish rangda ko'rinadi. 

U buyrakning tashqi qavatini hosil qilib qolmay, mag'iz qismi orasiga botib 

kirib  buyrak  ustunlarini 



(columna  renalis) 

ham  hosil  qiladi.  Buyrakning 

po'stloq qismi  bir-biri bilan  almashadigan  yorug'  va  qoramtir qismlardan 

iborat.  Yorug'  qismi  konus  shaklida  bo'lib,  mag'iz  qismidan  po'stloqqa 

o'tayotgan  nur  ko'rinishidagi  nurli  qismni 

(pars  radiata) 

hosil  qiluvchi 

buyrakning  to'g'ri  naychalari  va  yig'uvchi  naychalaming  boshlang'ich

qismlaridan iborat.

Qoramtir qismida esa buyrak tanachalari va 

buralma naychalar joylashib o'ralgan qism 



(pars 

convoluta) 

deb ataladi. Buyrakning mag'iz qismi 



(medulla renalis)  10

— 15 ta buyrak piramidalaridan 



(pyramides renalis) 

iborat. Har bir piramidaning 

asosi 

(basis pyramidalis) 

po'stloq moddaga, uchi 

buyrak  so'rg'ichini 

(papilla  renalis) 

hosil  qilib, 

buyrak bo'shlig'iga qaragan. Piramida nefronning 

to'g'ri  va  yig'uvchi naychalaridan  iborat bo'lib, 

ular o'zaro  qo'shilib  buyrak  so'rg'ichi sohasida

15—20  ta  qisqa  so'ig'ich  naychalarini 



(ductuli 

papillares) 

hosil  qiladi.  Ular  buyrak  so'rg'ichi 

sohasi yuzasiga so'ig'ichsimon teshiklar 

(foramina 

papillaria) 

bo'Ub ochiladi.  Bu teshiklar hisobiga 

buyrak so'igichi uchi g'alvirsimon ko'rinishga ega 

bo'lib,  g'alvirsimon  maydoncha 



(area cribrosa) 

deyiladi.  Buyrak  tuzilishi  va  qon  tomirlarining 

taiqalishiga qarab 2—3 ta buyrak bo'lagjni o'z ichiga 

oladigan  beshta:  yuqori  segment 



(segmentum 

superius), 

oldingi  yuzaning  yuqori  segmenti

78-rasm.  Buyrakning  frontal 

k esm asi.  1- c o r te x   re n is; 

2-medduIla; 3-рарШае renales; 

4-colunma renalis;  5-asis pyr- 

am id is;  6 -a re a   c rib ro sa ;

7-calyces  renales  m inores;

8-pars  radiata;  9-pais  convo­

lu ta ;  1 0 -c a p su la   fib ro sa; 

11-ureter;  12-calyx renalis ma­

jor;  13-pelvis renalis;  14-v. re­

nalis;  15-a. renalis.


(segmentum anterius superius), 

oldingi yuzaning pastki segment! 



(segmentum 

anterius  inferius), 

pastki  segment 



(segmentum  inferius) 

va  orqa  yuzadagi 

segmentlarga 

(segmentum posterius) 

bo'linadi.

Buyrak bo'lagi 

(lobus renalis) 

buyrak ustunida yotgan bo‘laklararo arteriya 

va vena bilan  chegaralangan  buyrak piramidasi va  unga yondosh po‘stloq

moddasidan iborat. Har bir buyrak bo‘lagi 

po'stloq  qismida  600  ga  yaqin  po'stloq 

bo'lakchasini 



(lobulus  corticalis) 

o 'z 


ichiga oladi.  Po'stloq bo'lakchasi ikkita 

bo'lakchalararo  arteriya  va  vena  bilan 

chegaralangan  bitta  nurli  va  o'ralgan 

qismlami o'z ichiga oladi.

Buyrakning tarkibiy-vazifaviy birligi 

nefrondir 



(nephron). 

H ar bir buyrakda

1  m ln  ga  yaqin  nefron  bor.  N efron 

tarkibiga  buyrak  tanachasining  kapillar 

koptokchasini 

(glomerulus  corpusculi 

renalis) 

o'ragan  ikki  qavat  devorli, 

qadahsimon shakldagi koptokcha kapsulasi 

yoki  Shumlyanskiy-Boumen  kapsulasi 



(capsula  glomerulli) 

(79-rasm)  kiradi.

Kapsulaning ochiq tomonidan ichiga 

olib  keluvchi  koptokcha  arteriolasi 



(arteriola  glomerularis  afferens) 

kirib 


kapillar koptokchani 

(glomerulus) 

hosil 


qiladi.  K optokchadan  diam etri  olib 

keluvchi arterioladan kichik bo'lgan olib 

ketuvchi koptokcha arteriolasi 

(arteriola 

glomerularis efferens) 

chiqadi. Bu arteriola 

chiqqandan so'ng buyrak naychalarining 

atrofida tarmoqlanadi.

Kapsula bo'shlig'i birlamchi buralma 

naychalarga 



(tubuli  renalis  contorti) 

davom etadi (80-rasm). Naycha piramidaga 

kirib to'g'ri naychaga 

(tubuli renalis recti) 

aylanadi.  U qovuzloq hosil qilib (Genie 

q o v u zlo g 'i)  p o 's tlo q q a   q a y ta d i  va

,  . . . . .   , 

ikkilamchi buralma naycha nomini oladi. 

80-rasm.  Nefronnmg  ko'nnishi.  1-a.  ш -  хт  о 

.  ,.  ,  , 

t  , 


.  . 

terlobularis;  2



-vkafferens; 

3-vas. 


effer-  Nefronm distal qismi qo shuvchl naycha

(tubuli conjunctivis) 

deb atalib, yig'uvchi 

naychaga 

(tubulus  renalis  colligenis)

79-rasm.  Buyrak  tanachasining  tuzilishi.

1-a.interlobularis;  2-v.afferens;  3-v.effe- 

rens;  4-kapsula  b o ‘shlig‘i;  5-birlamchi 

buralma naycha; 6-rete capillare glomer- 

ulare.

ens;  4-buyrak  tanachasi;  5-buyrak  kop- 



tokchasi;  6-birlamchi buralma  naycha;  7-

to 'g 'ri  nayni  tushuvchi  qismi;  8-genli 

quyjladi.  N efro n   b o r  b o 'y ig a   unga 

qovuzlog l,  9-to g  n   nayni  ко  tariluvchi 



^ e [ a y 0 t g a n   v a   y o n j d a  

turgan qon tomirlar

qismi;  10-ikkilamchi buralma naycha;  11- 

qo'shuvchi  naycha;  12-yig‘uvchi  nay.

bilan o'ralgan. Bitta nefron naychasining


uzunligi 20—50 mm. Ikkala buyrakdagi barcha nefronlaming umumiy uzunligi 

100 km ga yaqindir. Nefronning 80% ga yaqini po'stloq qavatda joylashgan. 

20

%  i  nefronning  koptokchasi  mag'iz  moddaga yondosh bo'lib,  ularning 



to 'g 'ri  naychalari  va  qovuzlog'i  mag'iz  m oddada  joylashadi.  Bulami 

yukstamedullar nefronlar  deb  ataladi.

Har bir buyrak piramidasining  uchidagi  buyrak  so'rg'ichi  buyrakning 

kichik kosachasi 



(calyx renalis minor) 

bilan o'ralgan. Ulaming soni 8-9 ta. 

Kichik  kosachalaming  2—3  tasi  o'zaro  qo'shilib,  katta  kosachani 

(calyx 

renalis major) 

hosil qiladi.  Katta kosachalar joylashishiga qarab yuqori, o'rta 

va pastkilarga 

(calyx renalis majoris superior,  media et inferior) 

bo'linadi. 

Ulaming  o'zaro  qo'shilishidan  buyrak jom i 

(pelvis  renalis) 

hosil bo'ladi. 

Buyrak jomining shakli ampula, shoxlangan va aralash ko'rinishlarda bo'ladi. 

Buyrak jomi torayib, siydik yo'liga o'tib ketadi.  Kichik, katta kosachalar va 

buyrak jomining  devori  shilliq,  mushak va  tashqi  adventitsial  qavatlardan 

iborat.  Kichik kosachalar devorida ulaming gumbazi  sohasida  (boshlanish 

qismida) silliq mushak tolalari halqasimon qavat—gumbazning siquvchisini 

hosil qiladi.  Kichik kosachalaming shu qismiga nerv tolalari,  qon va limfa 

tomirlari  yaqin  yotadi.  Ulaming  hammasi  birgalikda  buyrakning  fomikal 

apparatini hosil qiladi. Bu apparat buyrak naychalaridan kichik kosachalaiga 

chiqayotgan siydik miqdorini boshqarib,  siydikni  orqaga oqishiga qarshilik 

ko'rsatadi. Buyrak tashqi tomondan uch qavat parda: fibroz, yog' moddadan 

iborat va biriktiruvchi to'qimali parda bilan o'ralgan. Fibroz parda 

(capsula 

fibrosa) 

buyrak  to'qimasidan  oson  ajraydi.  Fibroz  parda  ustidan  yaxshi 

rivojlangan yog'  moddadan iborat parda 

(capsula adiposa) 

qoplagan bo'lib, 

buyrak darvozasi orqali uning bo'shlig'iga kiradi. Bu parda buyrakning orqa 

tomonida yaxshi  rivojlangan bo'lib,  o'ziga xos yog'  yostiqcha-buyrak orqa 

yog'  tanasini 

(corpus  adiposum  pararenale) 

hosil  qiladi.  Yog'  moddadan 

iborat pardani ustidan qoplagan buyrak fassiyasi 

(fascia renalis) 

qorinning 

orqa devoridagi mushak fassiyasining davomi hisoblanadi. U  buyrakning tashqi 

chekkasida ikki varaqqa ajralib buyrakni oldingi va orqa tamonidan o'rab oladi. 

Bu varaqlar buyrakning ichki qirrasida o'zaro birikmaydi. Fassiyaning oldingi 

varag'i  buyrak  qon  tomirlarini,  qorin  aortasi  va  pastki  kovak  venani  old 

tomondan qoplab, qarama-qarshi tomondagi shunday fassiya bilan qo'shiladi. 

Buyrak fassiyasining orqa varag'i o'ng va chap tomonda umurtqa pog'onasining 

yon  tomonlariga  birikadi.  Buyrak  fassiyasining  oldingi  va  orqa  varaqlari 

buyrakning yuqori uchi sohasida o'zaro qo'shiladi, pastki uchida esa birikmaydi. 

Buyrak fassiyasi yog' kapsulani teshib o'tuvchi biriktiruvchi to'qim a tolalari 

vositasida buyrakning fibroz kapsulasiga birikadi.



Buyrakning qon tomirlari. 

Buyrak qon tomirlaridan sutka davomida 1500- 

1800 litr qon o'tadi. Buyrak arteriyasi buyrak darvozasida oldingi va orqa tarmoqqa 

bo'linadi. Oldingi tarmoq buyrak jomini oldidan o'tib, to'rtta segment: yuqori 

segmentga 

(a.segmenti  superioris), 

olgingi  yuzaning  yuqori  segmentiga 



(a.segmenti  anterioris  superioris), 

oldingi  yuzaning  pastki  segmentiga 



(a.segmenti  anterioris  inferioris), 

pastki  segment 



(a.segmenti  inferioris)

arteriyasiga bo'linadi.  Orqa tarmoq buyrak jomining orqasidan orqa segmentga

a.segmenti  posterioris 

bo'lib  tarqaladi.  Segment  arteriyalari  yonma-yon 

piramidalar o'rtasida joylashgan bo'laklararo arteriyalarga 

(aa. interlobares) 

bo'linadi.  Po'stloq va  mag'iz  qavatlar  chegarasida  bo'laklararo  arteriyalar 

piramidalar asosining ustida yotgan ravoqsimon arteriyalarga 

(aa.arcuatae) 

bo'linadi.  Ravoqsimon  arteriyalardan  po'stloq  moddasiga  ko'p  sonli 

bo'lakchalararo  arteriyalar 

(aa.interlobnlaris) 

chiqadi.  Bo'lakchalararo 

arteriyalardan chiqqan olib  keluvchi arteriola 

(arteriola glomerularis afferens) 

kapillarlaiga  bo'linib,  qon tomir kapillarlaridan iborat koptokchani 



(glome­

rulus) 

hosil qiladi.  Koptokchadan diametri olib keluvchi arterioladan kichik 

bo'lgan  olib  ketuvchi  arteriola 

(arteriola  glomerularis  efferens) 

chiqadi. 

Koptokchadan chiqqanidan keyin olib ketuvchi koptokcha arteriolasi kapillarlaiga 

bo'linib, buyrak  naychalarini o'raydi va ulardan vena kapillarlari hosil bo'ladi. 

Olib  ketuvchi  arteriolaning  o'lcham i  kichik  bo'lgani  uchun  koptokcha 

kapillarlarida bosim oshishi natijasida qondan suyuqlik ajralib Shumlyanskiy- 

Boumen  kapsulasiga  o'tadi  va  unda bir  sutkada  (150—180  litr)  birlamchi 

siydik hosil bo'ladi. Buyrak koptokchasida arteriolani kapillaiga bo'linib undan 

arteriola hosil bo'lishini buyrakning ajoyib qon tomir to'ri 

(rete mirabili) 

deb 


ataladi. Shumlyanskiy-Boumen kapsulasida hosil bo'lgan birlamchi siydik nefron 

naychalaridan o'tganida undagi suyuqlik naychalar devoridagi vena kapillarlariga 

qayta so'riladi va qo'shuvchi naychada (1 -2 litr) ikkilamchi siydik hosil bo'ladi.

Buyrakning mag'iz moddasida ravoqsimon va bo'laklararo arteriyalardan 

to'g'ri arteriolalar 

(arteriolae rectae) 

chiqib, buyrak piramidasini qon bilan 

ta’minlaydi.  Po'stloq moddaning kapillar to'ridan  hosil bo'lgan venullalar 

o'zaro qo'shilib, bo'lakchalararo venalami 



(w.interlobullares) 

hosil qiladi. 

Ularning  qo'shilishidan  hosil  bo'lgan  ravoqsimon  venalar 

(w.arcuatae) 

bo'laklararo venalarga 



(w . interiabares) 

o'tib ketadi. Ular esa buyrak bo'shlig'da 

o'zaro qo'shilib, buyrak venasini hosil qiluychi yirik venalarga aylanadi.

O bzor 


rentgenogrammada 

buyrak  soyasining  quyuqligi  atrofdagi 

to'qimalamikiga o'xshaydi, ammo uni o'ragan yog' pardasi rentgenogrammada 

buyrak atrofida uning chegarasini aniqlovchi yorug'  hoshiyani hosil qiladi. 

Yosh bolalarda yog' pardasi yupqa bo'lgani uchun ularda buyrakni aniqlash 

qiyinroq.  Buyrakning medial chegarasi bel yonbosh mushagiga yaqin bo'lib, 

uning chekkasiga parallel yo'naladi va I bel umurtqasi ko'ndalang  o'simtasi 

sohasiga biroz kiradi. Yog' parda qalin bo'lganda undan  biroz chekkaroqda 

turadi. Buyrak chegarasi rentgenogrammada  tekis, ravoqsimon chiziq shaklida 

ko'rinadi. Chap buyrakning yuqori chegarasi XI ko'krak umurtqasi tanasining 

o'rta sohasida,  o'nginiki esa uning pastki chekkasi sohasida joylashadi.

O'ng  buyrakning  darvozasi  II  bel  umurtqasi  sohasida joylashsa,  chap 

buyrakniki  1—2 sm yuqorida turadi.

Rentgenogrammada 

buyrak ikki turda:  keng va tor ko'rinishda uchraydi. 

Keng turida buyrak loviyasimon  shaklda bo'lib,  lateral  yuza  katta  egrilik, 

medial yuzasi esa darvozaning joylashishiga mos katta botiqlik hosil qiladi. Bu 

turdagi buyraklar erkaklarda va semiz odamlarda uchraydi.


8 1 -rasm.Chaqaloq  buyragi.

1-extremitas  superior;  2-mar- 

go  medians;  3-a.renalis 4-hilus 

renalis;  5-v.renalis;  6-ureter; 

7-extremitas  inferior;  8-bacies 

anterior;  9-margo  lateralis.

Tor shaklli buyrakda medial chegarasi bo'lmay, 

lateral egriligi kichik bo'ladi.  Bu shakl asteniklar 

va ayollarda uchraydi. Buyrak jomi 

(pelvis renalis)

I—II  bel  umurtqalari  sohasida  aniqlanadi.  O'ng 

buyrak jomi chapidan pastroq yotadi. XII qovuig'a 

o'ng buyrak jomini yuqori uchdan birida kesib o'tsa, 

chap buyrak jomini o'rtasidan o'tadi. Buyrak jomi 

uch  xil:  ampula,  shoxlangan  va  ular  o'rtasidagi 

oraliq shakllarda uchraydi.

Yangi tug'ilgan chaqaloq buyragi nisbatan katta 

va yumaloq shaklda bo'ladi. U bo'laklardan iborat 

bo'lib, po'stloq qavati yaxshi rivojlanmagani uchun 

yuzasi  g'adir-budur  (81-rasm).  Uning  o'rtacha 

uzunligi 4,2 sm, kengligi qutblar sohasida 2,2 sm, 

og'irligi 12 g.  Ularda po'stloq qavati qalinligi o'rtacha

mm,  mag'iz  qavati  8  mm.



Yangi  tug'ilgan  chaqaloq  buyragining  yuqori 

uchi  XII  ko'krak  umurtqasining  yuqori  qirrasi 

sohasida joylashsa,  pastki  uchi  IV bel  umurtqasining pastki  qirrasi  sohasida 

joylashadi. Yog' pardasi yo'q, fibroz pardasi yupqa. Yog' pardasi yaxshi taraqqiy 

etmagani uchun buyrak harakatchan.  Emizikli davrda buyrak o'lchamlari  1,5 

marotaba kattalashib, og'irligi 37 ga yetadi. Bu davrda buyrak koptokchalarining 

ko'pligi  va  bir-biriga  yaqin  joylashganiga  qaramay  po'stloq  qavati  yaxshi 

takomillashmagan,  buyrak  naychalari  yaxshi  rivojlanmagan  bo'ladi.  Bola 

hayotining birinchi yetti yilida buyrak bo'yiga va eniga bir tekis o'sadi, shuning 

uchun u o'zining yumaloq shaklini saqlab qoladi.  Bolalikning birinchi davrida 

buyrakning  uzunligi  7,9  sm,  kengligi  uchlarida  5  sm,  og'irligi  56  g  bo'lsa, 

o'smiriaida uzunligi 10,7 sm, kengligi 5,3 sm, og'iiiigi 120 g ga yetadi. Buyrakning 

o'sishi  asosan bola hayotining birinchi  yili,  5-9  yoshlar va  16—19 yoshlarda 

po'stloq moddasi o'sishi hisobiga bo'ladi. Bu davriarda po'stloq modda qalinligi 4 

marta, mag'iz moddasi esa faqat 2 marta kattalashadi. Yog' pardasi bolalikning 

birinchi davrida paydo bo'lib, 7 yoshda yaxshi bilinadi. Fibroz pardasi 5 yoshda 

yaxshi bilinib,  10-14 yoshlarda kattalamikiga o'xshash bo'ladi.

Yoshga qarab buyrakning joylashishi ham o'zgaradi. Umurtqalar tez o'sgani 

uchun  birinchi  yilning  oxirida  uning  yuqori  uchi  XII  umurtqa  tanasining 

o'rtasida bo'lsa, pastki uchi yarim umurtqa yuqori joylashadi. 7 yoshdan so'ng 

buyrakning umurtqa pog'onasiga nisbati kattalamikiga o'xshab qoladi. Yangi 

tug'ilgan chaqaloqning buyrak jomi keng, ampula shaklida bo'lib, ko'pincha 

buyrak tashqarisida joylashadi. U 3 yoshlarda buyrak to'qimasi ichiga kiradi.

Siydik  yo‘li

Siydik yo'li (ureter) siydikni buyrak jomidan qovuqqa o'tkazib bemvchi 

naysimon a ’zo bo'lib,  uzunligi 30—35  sm,  kengligi o'rtacha 8  mm.  Uning


bo‘shlig‘ini kengligi  3-4  mm.  Siydik yo‘li  qorinpardaning orqasida turadi. 

Unda uch: qorin, chanoq va qovuq devori ichidagi qismi tafovut qilinadi.

Siydik yo'linig  qorin  qismi 

(pars  abdominalis) 

katta  bel  mushagining 

oldingi yuzasida yotadi. Uning old tomonida moyak (tuxumdon) arteriyasi va 

venasi yotadi.  Chanoq qismiga o'tish joyida o‘ng siydik yo'li ingichka ichak 

tutqichi  ildizi  bilan,  chapi  esa  sigmasimon  ichak tutqichi bilan  kesishadi. 

Siydik  yo'lining  chanoq  qismi 



(pars  pelvina) 

o'ng  tomonda  o'ng  ichki 

yonbosh  arteriyasi  va  venasining  oldidan  o'tsa,  chap  tomonda  umumiy 

yonbosh arteriya va venasining oldidan o'tadi.  Kichik chanoq bo'shlig'ida 

siydik yo'li ichki yonbosh arteriyasining oldida va yopqich arteriyasi hamda 

venasining medial tomonida yotadi.

Siydik yo'lining qovuq devori ichidagi  qismi 

(pars intramuralis) 

qovuq 


devorini qiya teshib o'tadi.  Uning uzunligi  1,5—2 sm.

Siydik yo'lining uch: boshlanish, qorin qismining chanoq  qismga o'tgan 

va qovuq devoriga kiigan sohalarida toraygan joyi bo r .

Siydik yo'li devori uch qavatdan iborat. Ichki shilliq qavat 



(tunica mucosa) 

bo'ylama burmalar hosil  qiladi.  O'rta  mushak  qavati 



(tunica  muscularis  ) 

yuqori qismida ikki bo'ylama va halqasimon, pastki qismda esa uch: ichki va 

tashqi bo'ylama,  o'rta  halqasimon qavatlardan iborat.  Tashqi  tomondan 

adventitsial 



qavat-tunica  adventitia 

bilan qoplagan.



Rentgenoanatomiyasi: 

siydik yo'li ingichka, aniq va tekis chegarali soya 

hosil  qiladi.  Buyrak jomidan  chiqqach,  o'ng  va  chap  siydik  yo'llari  bel 

umurtqalarining  ko'ndalang  o'simtalariga  yaqinlashib,  ichkariga  qaragan 

bukilma hosil qiladi.  Chanoq bo'shlig'ida u tashqi tomonga qarab bukiladi. 

Qovuqqa quyilishidan oldin yana ichkariga qarab bukiladi.  Siydik yo'lining 

uchta toraymasi bor: birinchisi buyrak jomining siydik yo'liga o'tish joyida; 

ikkinchisi kichik chanoqqa kirish sohasida; uchinchisi qovuqqa quyilish joyida.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloq  siydik yo'li  uzunligi  5—7  sm bo'lib,  buralma 

yo'nalishga ega. Chap siydik yo'li o'ngiga nisbatan uzun. Uning yuqori va pastki 

uchlari  toraygan  (1—1,5  mm),  o'rta qismi  esa keng  (3  mm).  Uning devori 

yupqa,  mushak  tonusi  past,  shuning  uchun  siydik  oqishini  qiyinlashtiradi. 

Uzunligi bir yoshda 10 sm, 4 yoshda 15 sm, balog'at yoshida esa 18—20 sm ga 

yetadi. Erta bolalik davrida mushak qavati rivojlanib, ikki qavatga bo'linadi. 8 

yoshlarda siydik yo'lining tuzilishi kattalamikiga o'xshash bo'ladi.

Qovuq  (siydik  pufagi)

Qovuq 


(vesica  urinaria) 

toq  a’zo  (82-rasm)  bo'lib,  siydik  to'plovchi 

rezervuar vazifasini bajaradi.  Uning sig'imi o'rtacha 500-700 ml. Qovuqning 

qorin oldingi devoriga qaragan yuqori qismi — uchi 



(apex vesicae) 

kengayib, 

tanasiga 

(corpus vesicae) 

o'tadi. Tanasi orqaga va pastga qovuq tubiga 



(fundus 

vesicae) 

davom etadi.  Qovuqning pastki qismi quyg'ichsimon torayib siydik 

chiqaruv nayiga o'tadi. Uning bu qismi qovuq bo'yni 

(cervix vesicae) 

deyiladi. 

Qovuq  kichik  chanoq  bo'shlig'ida  qov  simfizi  orqasida joylashgan  bo'lib,


82-rasm.  Qovuq,  prostata  bezi  та  siydik  chiqaruv  nayining  prostata  qismi.  1-lig.umbilicale 

medianum;  2-tun.  muscularis  (stratum  longitudinale  externum);  3-tun.  Muscularis  (stratum 

circulare);  4-tun.  mucose;  5-trigonum  vesicae;  6-uvula  vesicae;  7-parenchyma  glandularis;

8-crista  uretralis;  9-prostata;  10-pars  membranasea;  11-ductuli  prostatici;  12-utriculus  po- 

staticus;  13-ductus  ejaculatorius  (teshigi);  14-colliculus  seminalis;  15-pars  prostatica; 

16-ostium  urethrae  internum;  17-ostium  ureteris.

oldingi devori undan yog‘ kletchatkasi vositasida 

ajrab turadi. To'lgan qovuq simfizning ustiga 

ko'tarilib,  qorinni  oldingi  devoriga  tegadi.

Qovuqning  orqa  devori  erkaklarda  to ‘g‘ri 

ichakka, urug‘ pufakchalariga, tubi esa prostata 

beziga tegib turadi. Ayollarda uning orqa devori 

bachadon bo'yniga va qinga,  tubi esa siydik- 

tanosil diafragmasiga tegib turadi. Qovuq to'lgan 

holatda qorinparda bilan mezoperitoneal, bo‘sh  1 r 

holatda  ekstraperitoneal  o'raladi.  Qovuq 

devorining qalinligi  12—15 mm, to'lgan vaqtda 

tortilib yupqalashadi (2—3 mm). Qovuq devori 



to‘rt qavatdan iborat:

1.  Shilliq  qavat 



(tunica  mucosa) 

ichki 


tomondan qoplab pushti rangda, harakatchan, 

bo‘sh  turgan  qovuqda burmalar  hosil  qiladi.

Qovuq tubidagi qovuq uchburchagi 

(trigonum vesicae) 

sohasida shilliq parda 

mushak pardaga yopishib tuigani uchun burmalar bo'lmaydi. Uchburchakning 

cho‘qqisida siydik chiqaruv nayining ichki teshigi 



(ostium uretrae internum), 

pastki burchaklarida esa ikkita siydik yo'li teshiklari 



(ostia uretere) 

joylashgan. 

Shilliq qavatda qovuq bezlari 

(glandulae vesicalis) 

bor.


2.  Shilliq osti  qavat 

(tela  submucosa) 

yaxshi rivojlangan bo'lib,  shilliq 

qavatda burmalar hosil qiladi.  Shilliq osti asosi qovuq uchburchagi sohasida 

bo'lmaydi.

3.  Mushak qavat 

(tunica muscularis) 

uch qavat joylashgan silliq mushak 

tolalaridan  iborat.  Ular o'zaro  aniq  ajralmagan  tashqi  va ichki  bo'ylama, 

o'rta yaxshi rivojlangan ko'ndalang yo'nalishga ega. Qovuqning bo'yin sohasida 

halqasimon  tolalar  siydik  chiqaruv  nayining  ichki  teshigi  atrofida  siydik 

chiqaruv  nayini  qisuvchi  mushakni 



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin