0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63

(ductus excretorius) 

tafovut qilinadi. Urug' pufakchalarining devori uch: tashqi adventitsial 



(tunica 

adventitia), 

o'rta mushak 



(tunica muscularis), 

ichki shilliq qavatdan 



(tunica 

mucosa) 

iborat. Shilliq qavatda bo'ylama burmalari bor. Urug' pufakchalarining 

nayi urug'  olib ketuvchi nayning oxirgi qismi bilan qo'shilib,  urug'  otuvchi 

nayni 


(ductus  ejaculatorius) 

hosil  qiladi  va  siydik  chiqarish  kanalining 

prostata  qismiga  ochiladi.  Urug'  otuvchi  nayning  uzunligi  2  sm,  kengligi 

boshlanish qismida 1  mm,  oxirida 0,3 mm bo'ladi.

Yangi tug'ilgan o'g'il bolaning urug' pufakchalari uzunligi  1  mm, keng 

asosi 3  mm bo'lib yuqoriga qaragan, ko'pincha usti silliq yoki biroz g'adir- 

budir, bo'shlig'i kichkina bo'ladi. Bolada qovuq yuqori turgani uchun urug' 

pufakchasi yuqori joylashadi va hamma tomondan qorinparda bilan o'raladi. 2 

yoshda u pastga tushadi va qorinparda uning uchiga tegib turadi. Bolalikning 

birinchi davrida urug' pufakchalari birmuncha yassilanib bo'shlig'i va burmalari 

kattalashadi.  Balog'at yoshida urug' pufakchalarining o'sishi tezlashadi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqda  urug'  otuvchi  nayning  uzunligi  8-12  mm 

bo'ladi.

Prostata  bezi

Prostata  bezi 

(prostata, 

85-rasm)  silliq  mushak  va  bez  qismlaridan 

iborat a’zo. U  qovuq ostida joylashib, siydik chiqaruv nayining boshlang'ich 

qismini  o 'z  ichiga  oladi.  Bez  oldindan  orqaga biroz  yassilashgan  kashtan 

yong'og'iga o'xshash bo'lib, uning yuqoriga qaragan asosi 

(basis prostatae),


pastga qaragan uchi (apex 

prostatae) 

tafovut 


qilinadi. Bezning uchi pastga qaragan bo'lib, 

siydik-tanosil diafragmasida yotadi. Bezning 

oldingi  yuzasi 

(fa c ie s  an terior) 

qov 


simfiziga  qaragan  b o 'lib ,  undan  bo'sh 

kletchatka va  uni  ichida joylashgan  vena 

chigali vositasida ajralib turadi. Orqa yuzasi 

(facies posterior) 

to'g'ri ichak ampulasiga 

tegib, undan biriktiruvchi to'qimali qatlam 

bilan  ajralib turadi.  Bezni  to'g'ri  ichakka 

tegib tuigani uchun uni tirik odamda to'g'ri 

ichakning oldingi devori orqali paypaslab 

ko'rish mumkin.  Prostata bezining kengligi

4  sm,  uzunligi  3  sm,  qalinligi  2  sm, 

og'irligi  20-25 g.  Bezning bu  qismi  keksa 

odamlarda  kattalashib  ketib,  Uning  ikki: 

o 'n g  

(lob u s 

d e x te r)  va  chap 



(lobus 

sinister)bo'laklari bo'lib, ular o'zaro oldingi 

yuzasidan o'tgan uncha chuqur bo'lmagan 

egat vositasida ajralib turadi.  Bez asosining 

orqa  yuzasida  siydik  chiqaruv  nayi  bilan 

urug'  otuvchi  nay  o'rtasida bo'rtib  chiqqan  qismi  prostata bezining  siqiq 

bo'lagi 

(isthmus prostatae) 

yoki o'rta bo'lagi 



(lobus medius) 

deyiladi. siydik 

chiqaruv  nayini  berkitib  qo'yishi  mumkin.

Prostata bezi tashqi tomondan kapsula 



(capsula prostatica) 

bilan o'ralgan. 

Tuzilishi jihatidan  u  bez  parenximasi 

(parenchyma  glandulare) 

va  silliq 

mushak to'qimasidan 

(substantia muscularis) 

iborat.  Uning bez to'qimasi- 

prostata  bezchalari 

(glandulae  prostaticae) 

asosan  bezning  orqa  va  yon 

qismlarida joylashib,  30— 40 ta naysimon alveolar bezlardan iborat.  Ulaming 

naychalari  erkaklar  siydik  chiqaruv  kanali 



(colliculis  seminalis) 

sohasiga 

ochiladi. Prostata bezi spermatozoidlaming harakatini jadallashtiruvchi suyuqlik 

ishlab chiqaradi.  Bezning mushak to'qimasi ko'proq uning oldingi qismida 

to'plangan bo'lib, siydik chiqaruv kanalining ixtiyordan tashqari qisqichini 

hosil qilishda qatnashadi.

Yangi tug'ilgan va emizikli bolalarda prostata bezi aylana shaklida va nisbatan 

yuqori joylashadi. Uchi, asosi yon bo'laklari yaxshi rivojlanmagan, bu davrda 

uning  uzunligi  15-17  m m,  kengligi  13-14  mm  bo'ladi.  Bola  hayotining 

birinchi yillarida prostata bezi asosan mushak va biriktiruvchi to'qim adan 

tuzilgan  bo'lib,  yumshoq  va  bez  to'qimasi  kam  rivojlangan  bo'ladi.  U  2 

yoshgacha sekin  o'sib,  6  yoshdan so'ng uning  o'sishi tezlashadi.  Prostata 

bezining og'irligi yangi tug'ilgan chaqaloqda 0,82 g bo'lsa, balog'at davrida

8,8 


g bo'ladi.  Balog'at davrida uning bo'laklari yuzaga kelib, kattalamikiga 

o'xshash shaklni  oladi.  Bu  davrda bez  qismi  rivojlanib,  naychalari paydo 

bo'ladi va bez to'qimasi qattiqlashadi.

85-rasm.  Moyak  va  uning  pardalari 

chizmasi.  l-urug‘ tizimchasi; 2-moy- 

ak  qinsim on  pardasining  pariyetal 

varag'i;  3-moyak qinsimon pardasin­

ing visseral varag'i; 4-moyak; 5-moy- 

ak ortig'i boshchasi.


Bulbouretral bezlar

Bulbouretral (Kuper) bezlar 



(glandulae bnlbonrethralis) 

juft a’zo. Ular 

siydik chiqaruv nayining parda qismi orqasida, oraliqning chuqur ko'ndalang 

mushagi ichida joylashgan.  Bu bezlar yumaloq shaklda, qattiqroq,  diametri

0,3-0,8 sm bo'ladi. Tuzilishi jihatidan alveolar naysimon bezlar turkumiga 

kiradi. Bulbouretral bezning ingichka va uzun (3—4 sm) nayi 



(ductus glandulae 

bulbourethralis) 

erlik olati so'g'onini  teshib  o'tib,  siydik chiqaruv nayiga 

ochiladi.  Bulbouretral bezlar siydik chiqaruv  nayi  shilliq pardasini siydik 

ta’siridan saqlovchi yopishqoq suyuqlik ishlab chiqaradi. Bolalarda bulbouretral 

bezlar ham  balog'at davrida tez o'sadi.

U ru g‘  tizim chasi

Urug'  tizimchasi 



(funiculis  spermaticus) 

uzunligi  15-20  sm  yumaloq 

shaklda  bo'lib,  chov  kanalining  chuqur  teshigidan  moyakning  yuqori 

uchigacha cho'zilgan bo'ladi. U  moyakning yoig'oqqa tushish jarayonida hosil 

bo'ladi.  Urug' tizimchasi tarkibiga ductus deffems, moyak, moyak ortig'i va 

urug' olib ketuvchi nayning arteriya, vena, limfa tomirlari va nervlari kiradi. 

Urug' tizimchasi tashqi tomondan ichki urug' fassiyasi, moyakni ko'taruvchi 

mushak va uning fassiyasi, hamda tashqi urug' fassiyasi bilan o'ralgan.

Yangi tug'ilgan o'g'il bolaning urug' tizimchasi nisbatan yo'g'on bo'lib, 

ko'ndalang o'lchami 4—4,5 mm bo'ladi.  Uning tarkibiga urug' oUb ketuvchi 

nay,  qorinpardaning  qin  o'simtasi,  moyak,  moyak  ortig'i,  qon,  limfa 

tomirlari va  nervlari  kiradi.  Ulaming hammasi ichki urug'  fassiyasi bilan 

o'ralgan.  Moyakni ko'taruvchi mushak yaxshi rivojlanmagan. Yoshga qarab 

urug'  tizim chasi  tarkibi  o'zgaradi.  Bola  hayotining  birinchi  oylarida 

qorinpardaning  qin  o'simtasi  bekilib,  biriktiruvchi  to'qim ali  tizimchaga 

aylanadi. Moyakni ko'taruvchi mushak balog'at davrida qalinlashadi. Urug' 

tizimchasi kengligi  15 yoshda 6 mm bo'ladi.

Erkaklaming  tashqi  tanosil  a’zolari

Erkaklaming tashqi tanosil a’zolariga erlik olati va yorg'oq kiradi.

Erlik olati 

(penis) 

erkaklarda siydikni chiqarishga va urug'ni otishga xizmat 

qiladigan a’zo hisoblanadi.  U uch qismdan iborat.  Erlik olatining orqa qismi

—  ildizi 



(radix penis) 

qov suyaklariga birikkan.  Uning oldingi erkin qismi— 

tanasi 

(corpus penis) 

oldingi yuqorigi yuzasi  — olat orqasi 



(dorsum penis) 

deb ataladi.  Erlik olati tanasi yupqa, oson so'riluvchi teri bilan qoplangan. 

Bu teri yuqori tomonga qov terisiga, pastga esa yorg'oq terisiga o'tib ketadi. 

Erlik olati tanasining oldingi qismida uning terisi erlik olati boshini yopuvchi 

yaxshi bilingan teri burmasini  —  erlik  olati  kertmagini 

(preputium  penis) 

hosil qiladi va olat bo'yniga birikadi.  Erlik olati boshining pastki tom onida 

kertmak olat boshi bilan siydik chiqaruv kanalini tashqi teshigigacha boruvchi


kertmak yuganchasini 

(frenulum preputii) 

hosil qilib birikadi.  Erlik olatining 

oldingi qismi olat boshi 

(glans penis) 

bo'lib tugaydi. Unda kengaygan qismi 

-toji 

(corona glandis) 

va toraygan bo‘yni 



(collum glandis) 

tafovut qilinadi. 

Olat boshi cho'qqisida erkaklaming siydik chiqaruv kanalini tashqi teshigi 

(ostium  uretrae  externum) 

joylashgan.  Teri  burmasining  ichki  yuzasi  va 

olatning  boshi  olat  tanasi  terisidan  farq  qiluvchi  yupqa,  nozik  teri  bilan 

qoplangan.  Erlik  olati  kertmagi  ichki  yuzasi  terisida  bezlar 



(glandulae 

preputiales) 

bo‘ladi.


Erlik  olati  ustida  yonma-yon  joylashgan juft  g'ovakli  tana 

(corpora 

cavernosa  penis) 

va  ulaming  ostida  yotgan  toq  g‘ovakli  tanadan 



(corpus 

spongiosus  penis) 

iborat.  Juft  g‘ovakli  tananing  har  biri  silindr  shaklida 

bo‘lib,  orqa  uchlari  o'tkirlashib,  erlik  olati  oyoqchalarini 

(crura  penis) 

hosil qilib, qov suyaklarining pastki shoxlariga birikadi.  Ulami ust tomondan 

oqliq parda 

(tunica albuginea corporum cavemosorum) 

o'ragan bo'lib, bu 

parda ulaming o'rtasida erlik olati to'sig'ini 

(septum penis) 

hosil qiladi. Toq 

g'ovakli tana orqa tomonda kengayib, olat piyozchasini 

(bulbus penis) 

hosil 


qilsa,  oldingi uchi qalinlashib,  olat boshini hosil qiladi.  Toq g'ovakli tana 

tashqi  tom ondan  oqliq  parda 



(tunica  albuginea  corporis  spongiosi) 

bilan 


o'ralib,  ichidan siydik  chiqaruv nayi o'tadi.

Erlik  olatining juft  va  toq g'ovakli tanalari  endoteliy bilan  qoplangan 

ko'pgina bo'shliqlardan  iborat bo'lib,  qon bilan to'lganida ular kengayib, 

erlik olati tanasi shishib qattiqlashadi (erlik olati ereksiyasi).  Erlik olatining 

g'ovakli tanalari bo'shliqlarirving devori to'siqlardan hosil bo'lib 

trabeculae 

corporura  cavernosum 

va 


trabeculae  corporis  spongiosi 

deyiladi.

Erlik olatining juft va toq g'ovak tanalarini list tomondan yuza va chuqur 

fassiyalar 



(fascia  penis  profunda  et  fascia  penis  superficialis) 

o'ragan 


bo'ladi, yuza va chuqur osiltirib turuvchi boylamlar bilan mustahkamlangan. 

Yuza boylam qorinning oq chizig'i sohasida boshlanib, erlik olatining yuza 

fassiyasiga  birikadi.  C huqur  boylam  qov  simfizining  pastki  qismidan 

boshlanib, juft g'ovak tanalar oqliq pardasiga birikadi.

Erlik olati yangi tug'ilgan o'g'il bolada qisqa, uzunligi 2-2,5 sm bo'ladi. 

Juft g'ovak tanalar kam taraqqiy etgan, toq g'ovak tana yaxshi rivojlangan 

bo'lsa ham, uning piyozchasi o'lchami kichik bo'ladi. Olat terisi harakatchan 

bo'lib,  uning bosh sohasida kertmak hosil qiladi.  Bu kertmak uzun bo'lib, 

olat boshini berkitib turadi. Erlik olati balog'at davrigacha sekin o'sadi, so'ng 

uning o'sishi tezlashadi.

Yoig'oq 

(scrotum) 

erlik olati ildizining orqasida va ostida yotadi. 



ikki 


alohida bo'lim dan iborat bo'lib,  ularda moyaklar joylashadi.  Yorg'oqda 7 

qavat joylashgan moyak pardalari tafovut qilinadi.

1. Yorg'oq terisi tananing boshqa qismlari terisiga nisbatan yupqa va rangi 

to'qroq bo'lib,  burm alar hosil qiladi,  tuklar bilan  qoplangan bo'ladi.

2.  G o'shtdor parda 

(tunica dartos) 

teri osti yog' qatlami o 'm id a, chov 

sohasi va oraliqni biriktiruvchi to'qimadan hosil bo'ladi. Tarkibida silliq mushak 

va elastik tolalari ko'p. Go'shtdor parda ikkala moyak o'rtasida to'siq 



(septum

scrotii) 

hosil qilib, o‘ng moyakni chapidan ajratib turadi. Yorg'oq yuzasida 

to‘siqlaming birikish chizig'i sagittal yo‘nalgan yoig'oq chokiga 

(raphe scroti) 

to ‘g‘ri keladi.

3.  Tashqi  urug‘  fassiyasi 

(fascia  spermatica  externa) 

qorin  yuza 

fassiyasining davomi hisoblanadi.

4.

 Moyakni ko'taruvchi mushak fassiyasi 



(fascia cremasterica) 

shu nomli 

mushakni qoplab turadi.

5.  Moyakni ko‘taruvchi mushak 



(m. cremaster) 

qorinning ko'ndalang 

va ichki qiyshiq mushaklaridan boshlangan mushak tolalaridan iborat.

6

.  Ichki  urug‘  fassiyasi 



(fascia  spermatica  interna) 

qorin  ko'ndalang 

fassiyasining hosilasi hisoblanadi.

7. Moyakning qinsimon pardasi 



(tunica vaginalis testis) 

qorin pardaning 

qismi bo'lib,  pariyetal va visseral varaqlardan iborat.  U lar o'rtasida yopiq 

seroz bo'shliq 



(cavitas vaginale) 

bo'ladi.


Yangi tug'ilgan o'g'il bolaning yorg'og'i  nisbatan kichik bo'lib,  uning 

go'shtdor  qavati  yaxshi  rivojlangani  uchun  terisi  burmalar  hosil  qiladi. 

Yorg'oq terisi o'rtasida chok bo'lib, u olatning pastki yuzasiga o'tib ketadi. 

Yorg'oq balog'at davrigacha kam o'zgaradi,  keyin esa tez o'sadi va terisida 

pigmentlar ko'payadi.

A yo lla m in g   jin siy   a ’zolari.

Ayollaming jinsiy a’zolari ikki guruhga bo'linadi.  Ichki jinsiy a’zolarga 

tuxum don,  bachadon,  bachadon  nayi  va  qin,  tashqi  jinsiy  a ’zolarga 

ayollaming jinsiy sohasi va klitor kiradi.



Tuxumdon

Tuxumdon 



(ovarium) 

(86-rasm) juft  ayollar jinsiy bezi bo'lib,  kichik 

chanoq bo'shlig'ida joylashgan. Unda ayollar jinsiy hujayralari (tuxum hujayra) 

rivojlanib  yetiladi  va  jinsiy  gormonlar  ishlab  chiqariladi.  Tuxum don 

cho'zinchoq shaklda bo'lib, oldindan orqaga qarab biroz yassilashgan. U  och 

pushti  rangli,  tuqqan  ayollarda  usti  g'adir-budir  bo'ladi.  Tuxumdonning 

uzunligi  o'rtacha  2,5  sm,  kengligi  1,5  sm,  qalinligi  1  sm,  og'irligi  5-8  g. 

Unda medial 



(facies medialis) 

va lateral yuzalari 



(facies lateralis), 

qavariq 


(orqa)  erkin  qirra 

(margo  liber) 

va  oldingi  tutqichli  qirrasi 



(margo 

mesoovaricus) 

tafovut qilinadi. Tuxumdonning tutqichli qirrasida botiqlik, 

tuxum don  darvozasi 

(hilus  ovarii) 

joylashgan.  Undan  arteriya  va  nervlar 

tuxumdon ichiga kiisa, vena va limfa tomiriar chiqadi. Tuxumdonning bachadon 

nayiga qaragan yuqori uchi 



(extremitas tubaria) 

va bachadonga qaragan pastki 

uchi 

(extermitas uterina) 

bo'lib u bachadonga tuxumdonning xususiy boylami 



(lig. ovarii proprium) 

vositasida birikkan. Bu boylam yumaloq tizimcha shaklida 

bachadonning  keng  boylami  varaqlari  ichida  yotadi.  U   tuxumdonning 

bachadon  uchidan  boshlanib,  bachadonning  lateral  burchagiga  birikadi.



86-rasm.  Ayollarning  ichki  tanosil  a’zolari.  Orqa  tomondan  ko'rinishi.  1-corpus  uteri; 

2-tun.serosa  (perimetrium);  3-fundus  uteri;  4-cavitas  uteri;  5-tun.mucosa  (endometrium); 

6-ostium uterinum tubae;  7-mesosalpinx;  8-plicae tubariae; 9-ductus epoophori;  10-ductuli 

transversi;  11-infundubulum  tubae  uterinae;  12-appendix  vesiculosa;  13-follicuIi  ovarici 

vesiculosi;  14-corpus  luteum ;l 5-lig.  teres  uteri;  16-tun.  muscularis  (myometrium);  17-lig. 

latum  uteri;  18-ostium  uteri;  19-tun.  muscularis  vaginae;  20-tun.mucosa  vaginae;  21-co- 

lumna  rigarum  anterior;  22-rigae  vaginales;  23-portio  vaginalis  uteri;  24-canalis  cervicis 

uteri;  25-cervix  uteri  (po rtio   suprovaginalis);  26-lig.latum  u teri;  27-fim bria  ovarica; 

28-finibriae  tubae;  29-am pulla  tubae  uterinae;  30-tuba  uterinae;  31-ovarium;  32-isthmus 

tubae uterinae;  33-lig.  ovarii proprium.

Bundan tashqari, tuxumdonni osiltirib turuvchi boylami 

(lig. suspensorium 

ovarii) 

bor. 


kichik  chanoq  bo‘shlig‘i  devoridan  tuxumdonga  keluvchi 

qorinparda burmasidan iborat.

Bu boylam ichida tuxumdonning qon tomirlari va fibroz tolalar joylashgan. 

Tuxumdon bachadonning keng boylami orqa varag‘idan boshlanib,  uning 

tutqichli qirrasiga birikkan qisqa tutqich bilan mustahkamlanadi. Tuxumdon 

tashqi tom ondan bir qavatli pusht  epiteliyi bilan  qoplangan bo'lib,  uning 

ostida pishiq biriktiruvchi to'qim ali oqliq parda 



(tunica albuginea) 

yotadi. 


Tuxumdon parenximasi (moddasi) ichki va tashqi qavatga ajratiladi.  Ichki 

qavat  o'rtada  joylashib,  mag'iz  modda 



(medulla  ovarii) 

deb  ataladi. 



 

yumshoq biriktiruvchi to'qim a,  qon va  limfa tomirlar,  hamda  nervlardan 

iborat.  Tashqi po'stloq qavatda 

(cortex ovarii) 

yetilgan follikulalar 



(graaf 

pufakchalari)  (folliculi  ovarici  maturis) 

va birlamchi follikulalar 



(folliculi 

ovarici primarii) 

bo'ladi. Yetilgan follikulaning ichida ayollar jinsiy hujayralari 

bo'ladi. Follikula pufakchalari tuxumdonning yuza qavatiga yaqinlashib yoriladi 

va tuxum hujayra qorin bo'shlig'iga chiqib, bachadon nayi shokilalari yordamida 

bachadon  nayining  qorin  teshigi  orqali bachadon  nayiga kiradi.  Yorilgan 

follikula o'm ida qon bilan to'la pufak qolib, sariq tana 



(corpus luteum) 

hosil 


bo'ladi. Tuxum hujayra urug'lanmasa sariq tana kichrayib oq tanaga 

(corpus 

albicans) 

aylanadi. Tuxum hujayra urug'lanib, homila hosil bo'lsa, sariq tana 

kattalashib, diametri 1,5-2 smga yetadi va 

corpus luteum 

graviditatis deyiladi.



U o'zidan sariq tana gormonini ishlab chiqarib, homilaning o'sishida ishtirok 

etadi. Follikulalar yorilib, tuxum hujayra chiqqan sari tuxumdon kichrayib, 

yuzasi burishib qoladi.

Yangi tug'ilgan qiz bolaning tuxumdoni silindr shaklida bo‘lib, uzunligi

1,9  sm,  kengligi  3—7  mm,  qalinligi  2,5  mm,  og'irligi  0,16  g  bo'ladi. 

Tuxumdon yuqori V bel umurtqasi sohasida katta bel mushagining oldingi 

yuzasida joylashadi.  Ular oldinga tom on og'gan bo'lib,  qorinning oldingi 

devoriga tegib turishi mumkin.  3-5 yoshlarda tuxumdon pastga tushib, o'z 

o'qi atrofida aylanishi natijasida ko'ndalang holatni oladi. Bolalikning birinchi 

davri oxirida u  kichik chanoq bo'shlig'iga tushib doimiy joyini oladi.

Yangi tug'ilgan va emizikli qiz bolalarda tuxumdonning yuzasi silliq, bir 

qavat pusht epiteliyi bilan qoplangan bo'ladi. Uning ostida oqliq parda yotadi. 

Yangi tug'ilgan qiz bola tuxumdoni kesmasida po'stloq qavati keng,  mag'iz 

qismi yumshoq tuzilishga ega.  Unda qon tomirlar va biriktiruvchi to'qim a 

ko'p bo'lib, po'stloq va mag'iz qismi bir-biridan  m a’lum bir chegara bilan 

ajralmagan  bo'ladi.  Tuxumdonning  po'stloq  qismida  300—400  ming 

yetilmagan  follikulalar  bor.  Emizikli  davrda  birlamchi  follikulalar  soni 

kamayadi va o'smirlik davrida har bir tuxumdonda  10 mingga yaqin follikula 

qoladi.  Bu davrda tuxum hujayralar birin-ketin yetila boshlaydi va birlamchi 

follikulalar ikkilamchi - pufaldi folli-kulalaiga aylanadi. Tuxumdon gormonlar 

ishlab chiqara boshlaydi.  Bu gormonlar ta’sirida ayollaming jinsiy a’zolari 

rivojlanadi  va  ikkilamchi jinsiy  belgilar paydo  bo”ladi.  O'smirlik  davrida 

yetilgan follikulalaming shishishi va sariq tananing hosil bo”lishi bilan birga 

tuxumdon yuzasida g'adir-budirlik paydo bo'ladi.



B achadon

Bachadon 



(uterus,  86

-rasm)  toq  mushakdan  tuzilgan  a ’zo  bo'lib, 

unda hom ila rivojlanadi. U noksimon shaklda bolib,  oldindan orqaga qarab 

yassilashgan  bo'ladi.  Bachadon  kichik  chanoq  bo'shlig'i  o'rtasida  qovuq 

orqasida,  to'g'ri ichak oldida joylashgan.  Bachadonda tubi, tanasi va bo'yni 

tafovut qilinadi.

Bachadonning  tubi 

(fundus  uteri) 

unga  bachadon  naylari  kiradigan 

chiziqdan yuqorida do'ng shaklida ko'tarilib turadigan qismi.

Bachadonning konus  shaklidagi  o'rta  katta qismi uning tanasi 



(corpus 

uteri) 

hisoblanadi. U pastga tomon torayib, yumaloq bachadon bo'yniga 



(cervix 

uteri) 

o'tib ketadi. Tananing bo'yinga o'tish joyi torayib bachadonning toraygan 

qismini 

(isthmus  uteri) 

hosil  qiladi.  Bachadon  bo'yni  ikki:  qin  ichiga  kirib 

turgan  qin  qism i 

(portio  vaginalis) 

va  qin  usti  qism idan 



(portio 

supravaginalis) 

iborat.  Uning  qin  qismiga bachadon  teshigi 



(ostium  uteri) 

ochiladi.  Bu teshik tug'magan ayollarda yumaloq yoki cho'zinchoq shaklda, 

tuqqan ayollarda esa ko'ndalang tirqish shaklida bo'ladi. Bachadon teshigi oldingi 

va  orqa  lablar 



(labium  anterius  et  posterius) 

bilan  chegaralanib  turadi. 

Orqa lab yupqa bo'lib, unga qin devori yuqoriroq birikadi. Bachadonning qovuqqa


qaragan oldingi yuzasi 

(facies vesicalis yoki anterior), 

to'g'ri ichakka qaragan 

orqa yuzasidan 

(facies intestinalis  yoki posterior) 

o‘ng va chap  chekkalari 



(margo uteri dexter et margo uteri sinister) 

bilan ajrab turadi. Katta yoshdagi 

ayollar bachadonining o'rtacha uzunligi 7-8 sm, kengligi 4 sm, qalinligi 2-3 

sm, og'irligi tug'magan ayollarda 40—50 g, tuqqan ayollarda 80—90 g bo'ladi.

Bachadon  devori  qalin  bo'lib,  tor  uchburchak  shaklidagi  bachadon 

b o'shlig'ini 



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin