(m. levator ani)
uchburchak
shaklidagi juft mushak bo'lib, uning oldingi tutamlari qov suyagi pastki
shoxining ichki yuzasidan, yon tutam lari chanoq fassiyasining
qalinlashuvidan hosil bo'lgan mushakning pay ravog'idan boshlanadi. O'ng
va chap mushak tutamlari pastga va orqaga yo'nalib to'g'ri ichakni o'rab bir-
biri bilan qo'shiladi va orqa teshik dum boylami
(lig. anacoccygeum )
vositasida dum suyagi uchiga birikadi. Erkaklarda bu mushak tolalarining bir
qismi prostata beziga, ayollarda esa qin, shuningdek qovuq va to'g'ri ichak
devoriariga chatishadi. Orqa teshikni ko'taruvchi mushak qisqarganida chanoq
tubini mustahkamlaydi, to'g'ri ichakning pastki qismi oldinga va yuqoriga
tortilib siqiladi. Ayollarda qinning kirish teshigi torayib, uning orqa devori
oldingisiga yaqinlashadi.
Dum mushagi
(m. coccygeus)
juft, o'tirg'ich o'simtasi va dumg'aza-
o'simta boylamidan boshlanib, dum suyagi tashqi chekkasiga va dumg'aza suyagi
uchiga birikadi. Bu mushak chanoq to'sig'ini mustahkamlashda ishtirok etadi.
Oraliq fassiyalari
Oraliqda oraliqning yuza fassiyasi, siydik-tanosil to'sig'ining ustki va
pastki fassiyalari, shuningdek, chanoq to'sig'ining ustki va pastki fassiyalari
tafovut qilinadi.
Oraliqning yuza fassiyasi
(f. superficialis perinei)
tananing umumiy teri
osti fassiyasining bir qismi bo'lib, siydik-tanosil to'sig'i yuza mushaklarini
tashqi tomondan qoplaydi. Bu fassiya old tomondan erlik olatining yuza
fassiyasiga davom etib, yon tomonda o'tirg'ich bo'rtiqlariga yopishib ketadi.
Siydik-tanosil to'sig'ining pastki fassiyasi
(f. diaphragmatis urogenitals
inferior)
yuza va chuqur qavat mushaklarining o‘rtasida yotib, oraliqning
chuqur ko'ndalang mushagi va siydik chiqaruv nayining qisuvchi mushagini
tashqi tomondan qoplaydi. Bu mushaklaming ust tomonida siydik-tanosil
to'sig'ining ustki fassiyasi yotadi. Bu fassiyalar o'rtasida erkaklarda bulbouretral
bez, ayollarda esa dahlizning katta bezi yotadi. Siydik-tanosil to'sig'ining ustki
va pastki fassiyalari yon tomondan qov va o'tiig'ich suyaklari pastki shoxlarining
suyak pardasiga yopishadi. Qov simfizi sohasida ulaming o'zaro birikishidan
oraliqning ko'ndalang boylami
(lig. transversum perinei)
hosil bo'ladi.
Chanoq to'sig'i sohasida oraliqning yuza fassiyasining ostida chanoq
to'sig'ining pastki fassiyasi
(f. diaphragmatis pelvis inferior)
yotadi. U
orqa tomonda katta dumba mushagining xususiy fassiyasiga birikadi Old tomondan
u siydik-tanosil to'sig'ining orqa chekkasiga kelib, uning ustki va pastki
fassiyalariga birikadi. Chanoq to'sig'ining ustki fassiyasi chanoq fassiyasi
pariyetal varag'ining bir qismi bo'lib, chanoq to'sig'ini ust tomondan o'rab
undan o'tuvchi chanoq a’zolariga o'tib ketadi.
Ayollar oralig'i o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, siydik-tanosil to'siqning
kengligi katta bo'ladi, undan siydik chiqaruv kanalidan tashqari qin ham
o'tadi. Ularda bu sohaning mushaklari erkaklaiga nisbatan kuchsiz, siydik-
tanosil to'siqning ustki va pastki fassiyalari esa aksincha pishiq bo'ladi. Ayollar
siydik chiqaruv nayining qisuvchi mushagi tolalari qinni o'rab, uning devoriga
chatishib ketadi. Oraliqning pay markazi qin bilan orqa teshik o'rtasida
joylashib, pay va elastik tolalardan iborat.
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI
Ichki sekretsiya yoki endokrin bezlar alohida a’zolar tizimini hosil
qiladi. Ulaming ishlab chiqargan suyuqligi qonga yoki limfaga o'tadi. Ichki
sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon orqa,
ayrisimon, buyrak usti bezi, me’da osti bezining Langengars orolchalari,
erkaklar va ayollar jinsiy bezlarining ichki sekretsiya qismi, interrenal tizim
va paragangUyalar kiradi. Ichki sekretsiya bezlari biologik faol modda —
gormonlar ishlab chiqaradi. Bu gormonlar juda oz miqdorda bo‘lsa ham,
organizm faoliyatiga ma’lum bir ta’sir ko‘rsatadi. Gormonlar tanlab ta’sir
qilish xususiyatiga ega bo‘lib, organizmning taraqqiyotini, o‘sishini boshqarib
turadi. Agar gormonlar kam yoki ko‘p ishlab chiqarilsa, organizmda har
xil kasalliklar kelib chiqadi.
Ichki sekretsiya bezlari o‘z taraqqiyoti davrida turli epiteliydan kelib
chiqqani uchun ular bir necha guruhga bo'linadi.
1. Entodermadan hosil bo‘lgan visseral ravoqlar epiteliyidan taraqqiy
etuvchi bezlar (qalqonsimon, qalqonsimon orqa va ayrisimon bezlar).
2. Entodermadan hosil bo‘lgan, ichak nayi epiteliyidan taraqqiy etuvchi
bezlar (me’da osti bezi orolchalari).
3. Mezodermadan taraqqiy etuvchi bezlar (buyrak usti bezining po‘stloq
qismi, jinsiy bezlar va interrenal tizim).
4. Ektodermadan taraqqiy etuvchi — nerv nayining oldingi qismidan
hosil bo'lgan bezlar (gipofiz vaepifiz).
5. Ektodermadan taraqqiy etuvchi simpatik nerv tizimidan hosil bo'lgan
bezlar (buyrak usti bezining mag'iz qismi va paragangliyalar).
Qalqonsimon bez
Qalqonsimon bez
(glandula thyroidea)
toq a’zo bo'lib, ichki sekretsiya
bezlari ichida eng kattasidir. Uning o'sayotgan organizm uchun ahamiyati juda
katta. U bo'yinning oldingi sohasida hiqildoqning qalqonsimon tog'ayi bilan
kekirdakning yuqorigi III-IV tog'ay halqalari oldida joylashgan. Bez yuza
joylashib, uni old tomondan til osti suyagining ostidagi mushaklar, bo'yinning
yuza va kekirdak oldi fassiyalari qoplab turadi. Qalqonsimon bez ikki: o'ng va
chap bo'lakdan
(lo b u s
dexter et sinister)
iborat. Bo'laklari tor bo'yincha
(isthmus gl. thyroidei)
vositasida o'zaro qo'shilgan. 30% holatda uning
bo'yinchasidan yuqoriga qarab piramidasimon bo'lagi
(lobus pyramidalis)
joylashadi. Bezning ko'ndalang o'lchami katta yoshdagi odamlarda 50—60
mm, qalqonsimon bez bo'laklarining balandligi 50 mm atrofida bo'ladi. Uning
bo'laklarini orqa-yon yuzasi halqumninig hiqildoq qismi va qizilo'ngachning
boshlang'ich qismiga tegib turadi. Bez bo'yinchasining balandligi 5—15 mm,
qalinligi
6—8 mm bo'lib, kekirdakning II—III tog'ay halqalari sohasida
joylashadi. Bezning og'irligi 30—50 g. Qalqonsimon bezning og'irligi ayollarda
erkaklarga nisbatan katta bo'lib, u tashqi tomondan hiqildoq va kekirdakka
birikkan fibroz kapsula
(capsula fibrosa)
bilan o'ralgan. Undan bez ichiga
trabekulalar kirib, bezni bo'laklarga ajratadi. Bez bo'laklarining ichi qalqon
simon bezning taikibiy-vazifaviy biriigi — folikullalardan iborat. FolikuMaming
devori bir qavatli epiteliy bilan qoplangan bo'lib, o'lchamlari 25 dan 300—
500 mkm gacha. Uning bo'shlig'ida epiteliy hujayralari ishlab chiqargan quyuq
oqsillaiga boy kolloid modda bo'ladi. Uning tarkibidagi yod miqdori qon
plazmasidagidan 300 marta ko'p.
Mo'tadil holatda qalqonsimon bez 80% tiroksin va 20% triyodotironin
ishlab chiqaradi. Uning gormonlari organizmdagi asosiy modda almashinuviga
ta’sir qilib, issiqlik almashinuvini, oqsil, yog', uglevodlar sarflanishini
kuchaytiradi. Kaliy va suvni oiganizmdan chiqishini, oiganizmning o'sishini
boshqaradi, buyrak usti, jinsiy, sut bezlari va markaziy nerv tizimi faoliyatini
kuchaytiradi. Qalqonsimon bezning follikulalararo epiteliyi hujayralari
tarkibida yod bo'lmagan gormon — kalsitoninni ishlab chiqaradi. U qondagi
kalsiy miqdorini kamaytirib, uni suyaklarda to'planishini ta’minlaydi va
paratireoidinga antogonist bo'ladi. Bu gormon, shuningdek, hazm bezlari
faoliyatini pasaytiradi.
Taraqqiyoti:
homila hayotining 3-4-haftasida oldingi ichakning I—II
visseral ravoqlari o'rtasidagi entoderma qalinlashib, o'simta hosil qiladi. O'simta
ichida dastlab bo'shliq bo'lib, uni qalqonsimon-til nayi deyiladi. O'simtaning
uchi qattiqlashib, homila hayotining 4-haftasida naycha atrofiyaga uchraydi va
uning boshlang'ich qismi tilning tanasi bilan ildizi o'rtasidagi ko'r teshikka
aylanadi. Nayning qattiqlashgan uchida qalqonsimon bez kurtagi hosil bo'ladi.
Bu kurtak kattalashib, mezenxima bilan o'raladi va ikki bo'lakka bo'linadi.
Bezning hosil bo'lgan bo'laklari pastga tomon surilib, o'z joyini egallaydi.
Qalqonsimon-til o'simtaning qalqonsimon qismi esa bezning piramida
bo'lagini hosil qiladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda qalqonsimon bez tuzilishi takomillashmagan
bo'ladi. U ko'proq taqasimon, yarimoysimon shakllarda uchraydi. Uning
kengligi bo'yin sohasida 30 mm, og'irligi 3 g. bo'ladi. Bez bo'laldari yaxshi
bilinadi. Ko'p hollarda bezning pastki chegarasi kekirdakning 5—6 tog'ayi
sohasigacha tushishi mumkin. Bola hayotining birinchi yilida bez parenximasi
tuzilishi takomillashsa ham o'smaydi. Keyinchalik, balog'at davrigacha asta-
sekin o'sib 10—14 g, balog'at davrida o'sishi tezlashib, og'irligi 25 g, 20
yoshdan keyin esa 35 g bo'ladi.
Bolada qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi natijasida kretinizm xastaligi
kuzatiladi. Bunday bolalarning bo'yi sekin o'sadi, jinsiy taraqqiyoti to'xtaydi,
ruhiy rivojlanishdan orqada qoladi. Katta yoshdagi odamlaming qalqonsimon
bezi faoliyatining pasayishi miksidema kasalligiga olib keladi. Qalqonsimon
bez faoliyatining oshib ketishi esa tireotoksikozga olib keladi.
Qalqonsimon orqa bezlari
(glandula parathyroidea),
odatda, to'rtta (ikkita
yuqorigi va ikkita pastki) bo'lib, qalqonsimon bez bo'laklari orqa yuzasida
joylashgan yumaloq yoki cho'zinchoq tanachalardan iborat. Bu bezlar
qalqonsimon bezdan rangi bilan (bolalarda och pushti rang, kattalarda
sarg'imtir jigar rang) ajralib turadi. U tashqi tomondan fibroz kapsula bilan
o'ralgan bo'lib, undan bez ichiga qatlamlar kiradi. Qalqonsimon orqa bezlari
har birining uzunligi 4—8 mm, kengligi 3—4 mm, qalinligi 2—3 mm,
umumiy og'irligi 0,13—0,36 g bo'ladi. Qalqonsimon orqa bezlari paratgormon
ishlab chiqaradi. Bu gormon suyak to'qimaning parchalanishini va kalsiyning
qonga chiqishini ta’minlaydi. Paratgormon ikki qismdan iborat bo'lib: birinchi
qismi fosfomi buyrak orqali ajralib chiqishini, ikkinchi qismi kalsiyni
to'qimalarda to'planishini boshqaradi. Shuning uchun bu gormon ko'p ishlab
chiqarilsa, qonda kalsiy miqdori oshadi. Shu bilan biiga, qonda fosfor miqdori
kamayadi. Paratgormon kaltsitonin va vitamin D bilan birgalikda organizmdagi
kaltsiy almashinuvini ta’minlaydi.
Taraqqiyoti:
qalqonsimon orqa bezlari uchinchi (pastki) va to'rtinchi
(yuqori) jabra cho'ntaklari epiteliyidan rivojlanadi. Homila taraqqiyotining
7-haftasida epiteliy kurtaklari jabra cho'ntaklaridan ajrab chiqib kaudal tomonga
suriladi va o'zining doimiy joyini egallaydi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda bezning uzunligi 3 mm, kengligi 1,5-2 mm,
uch yoshda uning uzunligi 3 mm, kengligi 5 mm, balog'at davrida esa 7 mm
bo'ladi. Bu davrda bez to'qimalari orasida yog' paydo bo'lishi munosabati bilan
uning rangi och pushtidan sarg'imtir rangga o'zgaradi va yuqorigi bezlar
pastkisiga nisbatan kattalashadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda qalqonsimon orqa
bezlarining umumiy og'irligi 6—9 mg bo'ladi. Emizikli davrda ulaming umumiy
og'irligi 3—4 marta ortsa, 5 yoshda unga nisbatan ikki marta, 10 yoshda esa 3
marta kattalashadi va 20 yoshda 120— 140 mg bo'ladi. Hamma yosh davriarida
bu bezning og'irligi ayollarda erkaklaiga nisbatan katta bo'ladi.
Qalqon orqa bezlarining faoliyati bolada oshib ketsa, giperkalsiyemiya
ro'y berib, suyaklanish jarayoni buziladi. Agar bezning faoliyati pasayib
ketsa gipokalsiyemiya va giperfosfatemiya ro'y berib, nerv mushak
qo'zg'alishi oshib ketadi.
Buyrak usti bezi
Buyrak usti bezi
(glandula suprarenalis)
juft a’zo bo'lib, qorinparda orqa
bo'shlig'ida buyraklaming yuqori uchida joylashgan. U uchburchak,
yarimoysimon, ispan shlapasi shakllarida uchraydi. Bezning uchta: oldingi
(facies an terior),
orqa
(fades posterior)
va pastki
(fa cies renalis)
yuzasi tafovut qilinadi. Buyrak usti bezlari XI—XII ko'krak umurtqalari sohasida
turadi. O'ng buyrak usti bezi chapiga nisbatan pastroq turadi. O'ng buyrak usti
bezining orqa yuzasi diafragmaning bel qismiga, oldingi yuzasi jigaming
visseral yuzasi va o ‘n ikki barmoq ichakka, pastki yuzasi o'ng buyrakning
yuqori uchiga, medial chekkasi esa pastki kovak venaga tegib turadi. Chap
buyrak usti bezining orqa yuzasi diaftagmaga, oldingi yuzasi me’da osti bezining
dumiga, pastki yuzasi chap buyrakning yuqori uchiga, medial chekkasi esa
aortaga tegib turadi.
0 ‘ng va chap buyrak usti bezlarining oldingi yuzasi
qisman pariyetal qorinparda bilan yopilib turadi. Buyrak usti bezining uzunligi
40—60 mm, balandligi 20—30 mm, qalinligi 2—8 mm, og'irligi 12—13 g.
Buyrak usti bezining usti silliq bo'lmay, uning oldingi yuzasida egat-darvoza
(hilus)
joylashgan. Bez tashqi tomondan fibroz kapsula bilan o'ralgan,
undan a’zo ichiga biriktiruvchi to'qimali trabekulalar kiradi. Fibroz kapsulaning
ostida bezning sarg'imtir po'stloq moddasi
(cortex),
uning o'rtasida esa
qoramtir mag'iz modda
(medulla)
joylashgan. Buyrak usti bezining po'stloq
moddasi uch: tashqi koptokchali, o'rta dastali va ichki to'r qavatga bo'linadi.
Buyrak usti bezining po'stloq moddasi hayot uchun katta ahamiyatga ega
bo'lgan kortikosteroid gormonlar ishlab chiqaradi.
Po'stloqning koptokchali qavati ishlab chiqaigan mineralokortikoidlar
(aldosteron)
mineral va suv almashinuvini boshqaradi. Aldosteron nefron
naychalarida natriy va suvni birlamchi siydikdan qayta so'rilishini kuchaytiradi.
Bu gormon yetishmaganda natriy ko'p yo'qotiladi va oiganizm suvsizlanadi.
Dastali qavat ishlab chiqargan glyukokortikoidlar (gidrokortizon,
kortikosteron) modda almashinuviga ta’sir qiladi. Ular ta’sirida oqsil moddalar
parchalanishida hosil bo'lgan moddalardan uglevodlar hosil bo'ladi.
Glukokortikoidlar yallig'lanishga va allergiyaga qarslii kuchli ta’sirga ega.
To'r qavat hujayralari ishlab chiqargan androgenlar ikkilamchi jinsiy
belgilaming hosil bo'lishida ishtirok etadi.
Buyrak usti bezining mag'iz moddasida ikki xil hujayralar bo'ladi.
Epinefrotsitlar mag'iz moddasining asosini tashkil qilib, adrenalin gormonini
ishlab chiqaradi. Norepinefrotsitlar uncha katta bo'lmagan guruhlar shaklida
joylashib, noradrenalin gormonini ishlab chiqaradi. Adrenalin yurak
qisqarishini tezlatadi, yurak mushaklarining qo'zg'alishini va o'tkazuvchanligini
oshiradi. Ten va ichki a’zolaming mayda arteriyalarini toraytirib, arterial
bosimni ko'taradi. U me’da va ichak mushaklari qisqarishini kamaytirib,
bronx mushaklarini bo'shashtiradi. Adrenalin ta’sirida jigarda glikogenning
parchalanishi kuchayib gipeiglikemiya paydo bo'ladi.Noradrenalin arterial
bosimni ko'taradi.
Taraqqiyoti: buyrak usti bezining po'stloq va mag'iz qismlarining
rivojlanishi har xil. Po'stloq qismi birlamchi ichakning dorsal tutqichi
ildizi bilan siydik-tanosil burma o'rtasida joylashgan mezodermadan rivojlanadi.
Bezning mag'iz qismi po'stloq qismidan kechroq, ektodermadan hosil bo'ladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq buyrak usti bezi bittasining og'irligi 8—9 g
bo'lib, o'lchamlari: ko'ndalangiga 3,3—3,5 sm, qalinligi 1,2-1,3 sm, balandligi
2,3-2
,8 sm. Uning buyrak usti bezida po'stloq qismi yaxshi, mag'iz qismi esa
kam rivojlangan bo'ladi. Bola hayotining dastlabki uch oyida buyrak usti
bezining og'irligi sezilarli (3,5 g gacha) kamayadi. Bez hajmining bunday
kamayishi uning po'stloq qismini yupqalashuvi va qayta o'zgarishiga bog'liq.
Keyingi davrlarda buyrak usti bezining o'lchami kattalasha boshlaydi. Uning
og'irligi 5 yoshda 4,6 g, 10 yoshda
6,6 g, 15 yoshda 8,63 g va 16—20 yoshda
12,95 ga yetadi.
M e’da osti bezining endokrin qismi
Me’da osti bezining endokrin qismi
(pars endocrinica pancreatis)
epiteliy
hujayralaridan tashkil topgan pankreatik
(langergans)
orolchalaridan
(inculae
pancreaticae)
iborat. Ular bezning ekzokrin qismidan biriktiruvchi to'qimali
qatlamlar vositasida ajralgan. Orolchalar bezning hamma qismida bo'lsa-da,
dum qismida ko'p bo'ladi. Bu orolchalaming soni bir millionga yaqin, kattaligi
0,1 ^ 0 ,3 mm bo'lib, umumiy massasi bez og'irligining 1— 2 % ini tashkil
qiladi. Pankreatik orolchalar a va p hujayralardan iborat. p hujayralar insulin
gormoni ishlab chiqaradi. Uning ta’sirida qonda qand moddasi kamayib jigar
va mushaklarda glikogen holida to'planadi. U glukozadan yog' hosil bo'lishini
kuchaytirib, yog'ning parchalanishini sekinlatadi. Insulin oqsil hosil bo'lishini
faollashtiradi. Uning yetishmovchiligi qandli diabet kasalligiga olib keladi. a
hujayralar glukagon gormoni ishlab chiqaradi. Glukagon gormoni ta’sirida
jigarda glikogen glukozaga parchalanadi. Uning miqdorini ko'payishi qonda
qand miqdorining oshishiga, gipeiglikemiyaga olib keladi. Undan tashqari,
glukagon yog'ni yog' to'qimasiga parchalanishini kuchaytiradi.
Taraqqiyoti: me’da osti bezi orolchalari homila taraqqiyotining 3-oyida
birlamchi ichak epiteliyi kurtagidan paydo bo'ladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda orolchalar soni 120 ming bo'lib, ular me’da
osti bezi hajmining 3,5% ini tashkil qiladi. Bola hayoti davomida ulaming
soni ko'payib 800 mingdan oshadi va bez massasining
1—2% ini tashkil
qiladi. Orolchalar qon tomirlaiga boy.
Jinsiy bezlaming endokrin qismi.
Erkaklarda moyak, ayollarda tuxumdon
jinsiy hujayralardan tashqari, qonga jinsiy gormonlar ham ishlab chiqaradi.
Bu gormonlar ta’sirida ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo'ladi. Moyakning
endokrin qismi buralma urug' naychalarining o'rtasidagi qon va limfa kapillailari
yonidagi interstitsial to'qimada joylashgan o'ziga xos Leydig hujayralaridan
iborat. Bu hujayralar erkaklar jinsiy gormoni testosteron ishlab chiqaradi.
Bundan tashqari, kamroq ta’sir kuchiga ega gormonal moddalar va oz miqdorda
ayollar jinsiy gormoni estrogen ishlab chiqariladi. Androgenlar jigar, buyrak,
ayniqsa, mushaklarda oqsil moddalar sintezini kuchaytiradi va oliy nerv
faoliyatiga ta’sir qiladi.
Erkaklaming jinsiy gormoni — androgenlami homila davrida o'sayotgan
moyaklar ishlab chiqaradi. Ular erkaklar ichki va tashqi jinsiy a’zolarining
takomillashuvini ta’minlab, ayollar jinsiy naylarining o'sishini to'xtatadi.
Ayollar jinsiy bezlari follikulalarining donador qavati va tuxumdon
interstitsial to'qimasi hujayralari estrogen gormonlar va oz miqdorda testosteron
ishlab chiqaradi. Sariq tana esa progesteron ishlab chiqaradi. Ayollaming
jinsiy gormonlari asosan qiz bola balog'atga yetganidan keyin ishlab chiqarila
boshlaydi
Estrogenlar ayollar oiganizmi jinsiy a’zolarining taraqqiyoti va o‘sishiga,
progesteron sut bezlari rivojlanishi va homila taraqqiyotiga ta’sir qiladi.
G ip o fiz
Gipofiz (hypophysis) ponasimon suyakdagi turk egarining gipofiz
chuquichasida joylashgan.Uning ko'ndalang o'lchami 10—17 mm, oldingi-
orqa o'lchami 5—15 nun, vertikal o'lchami 5—10 mm, og'irligi erkaklarda
0,5 g, ayollarda 0,6 g. Gipofiz tashqi tomondan kapsula bilan o'ralgan.
Gipofiz ikki kuitakdan taraqqiy etgani uchun uning ikki bo'lagi bor.
Oldingi bo'lagi adenogipofiz (lobus anterior) nisbatan katta bo'lib,
gipofiz massasining 70—80% ini tashkil qiladi. Adenogipofiz tarkibiga
oldingi, o'rta yoki oraliq va tuberal bo'laklar kiradi.
Orqa bo'lak—neyrogipoflz (lobus posterior) tarkibiga orqa bo'lak,
quyg'ich, adenogi pofiz va gipotalamus o'rtasida joylashgan o'rtatepalik
kiradi.
Gipofizning oldingi bo'lagi hujayralari boshqa ichki sekretsiya bezlari
faoliyatini boshqaruvchi gormonlar ishlab chiqaradi. Uning gormonlari
somatotropin oqsillar sintezini kuchaytiradi va yog'ning parchalanishini
tezlatadi, shuning uchun o'sish davrida bolalar va o'smirlarda yog' to'planishi
pasayadi. Agar bolalik davrida somatotropin kam ishlab chiqarilsa gipofizar
karlikizmga, ko'p ishlab chiqarilsa gipofizar gigantizimga olib keladi.
Agar bu gormon katta yoshdagi odamlarda ko'payib ketsa kallaning yuz
qismi, oyoq panjasi suyaklari kattalashib akromelogiya holati paydo bo'ladi.
Kortikotropin yoki AKTG buyrak usti bezining dastali va to 'r qavati
o'sishini va gormonlar ishlab chiqarishini kuchaytiradi.
Tirotropin gormoni qalqonsimon bez follikulasi epiteliyi yetilishini
boshqaradi.
Gonadotropin erkaklarda moyaklar o'sishini va spermatogenezni
kuchaytiradL Ayoflarda ovulyatsiya va sariq tana hosil bo'lishiga ta’sir qiladi.
Gipofizning o'rta bo'lagi gormoni melotonin teri pigmentatsiyasiga
ta’sir ko'rsatadi.
Gipofizning orqa bo'lagi neyroglial hujayralardan, gipotalamusdan
neyrogipofizgakeluvchi nerv tolalaridan vaneyrosekretor tanachalardan
iborat. N eyrogipoflz gorm onlari gipotalam usning supraoptik va
paraventrikular o'zaklaridahosil bo'lib, aksonlar orqali neyrogipofizga
tushadi. Vazoprcssin buyrak naychalarida suvni qayta so'rilishini kuchaytirib,
antidiuretik ta ’sir ko'rsatadi, natijada siydik ajraUshi kamayadi. Oksitotsin
bachadon mushaklarining qisqarishini kuchaytirib, tug'ish jarayonini
tezlatadi. Bundan tashqari, u sut bezlarining faoliyatini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |