Yurakning o ‘tkazuvchi tizimi.
Yurak miokardining ritmik ravishda
qisqarishini uning o'tkazuvchi tizimi boshqarib turadi. Yurakning o'tkazuvchi
tizimi qo'zg'alishini yurak nervlaridan bo'lmacha va qorinchalar miokardiga
o'tkazib berish xususiyatigaegaatipikmushaktolalaridaniborat.Ular tarkibida
miofibrillar kam, sarkoplazmasi ko'p bo'ladi. Yurakning o'tkazuvchi tizimi
quyidagilardan iborat:
1. Sinus-atrial
(Kis-Flek)
tuguni
(nodus sinatrialis)
o'ng bo'lmacha
devorida yuqori kovak vena teshigi bilan o‘ng quloqcha o'rtasida joylashib
bo'lmachalar miokardiga tolalar beradi.
2. Bo'lmacha-qorincha
(Ashoff-Tavar)
tuguni
(nodus atrio-ventricularis)
bo'lmachalararo to'siqning pastki qismida joylashgan. Pastga tomon tugun
hujayralarining o'simtasi bo'lmachalar va qorinchalar miokardini bog'lab
turuvchi bo'lmacha-qorincha
(Gis)
dastasini
(fasciculus atrioventricularis)
hosil qiladi. Qorinchalararo to‘siqni mushak qismida bu dasta o'ng va chap
oyoqchalarga
(crus dextrum et sinistrum)
bo'linib, qorinchalar miokardida
tugaydi.
Yurak qon tomirlari.
Yurakni ko'tariluvchi aortaning kengaygan qismidan
boshlanuvchi o'ng va chap tojsimon arteriyalar qon bilan ta’minlaydi. Yurak
arteriyalari yarimoysimon qopqoqlar sinuslari sohasidan boshlangani uchun
qorinchalar qisqargan vaqtda ulaming teshigini qopqoqlar tabaqasi berkitadi.
Shuning uchun ulaiga qon qorinchalar bo'shashgan vaqtda o'tadi.
O'ng tojsimon arteriya
(a. coronaria dextra)
yarimoysimon qopqoqning
o'ng tabaqasi sinusi sohasidan boshlanadi. O'ng quloqcha ostidan o'tib toj
egatda yotadi. Yurakning o'ng o'pka yuzasini aylanib otib, uning orqa yuzasi
bo'ylab chapga yo'naladi va chap tojsimon arteriyaning aylanib o'tuvchi shoxi
bilan anastomozlashadi. Uning yirik tarmog'i orqa qorinchalararo shox —
r.interventricularis posterior
o'z nomidagi egat bo'ylab yurak uchigacha
boradi. O'ng tojsimon arteriya taimoqlari o'ng bo'lmacha va qorincha devorini,
o'ng qorincha so'rg'ichsimon mushaklarini, qorinchalararo to'siqning orqa
qismini, sinus-atrial va bo'lmacha-qorincha tugunlarini qon bilan ta’minlaydi.
Chap tojsimon arteriya
(a. coronaria sinistra)
yarimoysimon qopqoqning
chap tabaqasi sinusi sohasidan boshlanib ikki shoxga: qorinchalararo va aylanib
o'tuvchi
(r.interventricularis anterior et r.circumflexus)
shoxga bo'linadi. Aylanib
o'tuvchi shox chap tojsimon artenyaning bevosita davomi bo'lib, tojsimon
egatda yotadi va o'ng tojsimon arteriya bilan anastomozlashadi. Oldingi
qorinchalararo shox o'z nomidagi egat bo'ylab yurak uchiga yo'naladi va orqa
qorinchalararo arteriya bilan anastomozlashadi. Chap tojsimon arteriya
tarmoqlari chap qorincha devorini va so'rg'ichsimon mushaklami,
qorinchalararo to'siqni katta qismini, o'ng qorinchaning oldingi devorini va
chap bo'lmacha devorini qon bilan ta’minlaydi. O'ng va chap tojsimon arteriya
tarmoqlari ikkita: tojsimon egatda yo'nalgan ko'ndalang, oldingi va orqa
qorinchalararo egatda joylashgan bo'ylama anastomoz hosil qiladi.
Yurak venalari son jihatidan arteriyalaiga nisbatan ko'p. Ulaming asosiylari
yig'ilib, bitta umumiy tojsimon sinusni
(sinus coronarius)
hosil qilib, o'ng
bo'lmachaga ochiladi. Tojsimon sinusga beshta vena quyiladi:
1. Yurakning katta venasi
(vena cordis magna)
ikkala qorinchaning oldingi
yuzasi, qorinchalararo to'siqdan, shuningdek, chap bo'lmacha va chap
qorinchaning orqa yuzasidan qon yig'ib, oldingi qorinchalararo va tojsimon
egatda yotadi.
2. Yurakning o'rta venasi
(vena cordis media)
yurak uchining orqa yuzasidan
boshlanib, orqa qorinchalararo egat bo'ylab ko'tariladi.
3. Yurakning kichik venasi
(vena cordis parva)
yurakning o'ng yarmidan
qon yig'ib, tojsimon egatda yotadi.
4.
Chap qorincha venasi
(vena posterior ventriculi sinistri)
chap
qorinchaning orqa yuzasidan qon yig'adi.
5.
C hap b o 'lm ac h an in g qiyshiq venasi
(ven a o b liq u e a tr ii
sinistri)
chap bo'lmachaning orqa yuzasidan qon yig'adi.
Tojsimon sinusga quyuvchi venalardan tashqari yurakda to'g'ri o'ng
bo'lmachaga quyuvchi venalar ham bor. Bularga o'ng qorinchaning oldingi
devoridan qon yig'uvchi
(venae cordis anteriores)
va yurakning 20—30 ta
mayda (Tebeziyev) venalari
(w. cordis minimae)
kiradi.
Yurakning limfa tomirlari.
Yurak endokardi va miokardida joylashgan
limfakapillarlardan limfa epikardda joylashgan yuza limfa tomirlar to'riga oqadi.
Bu limfa tomirlar qo'shilib yurakning o'ng va chap limfa tomirini hosil
qiladi. Yurakning chap limfa tomiri o'ng va chap qorinchalarining oldingi
yuzasi, chap qorinchaning chap va orqa yuzasidagi limfa tomirlaming
qo'shilishidan hosil bo'lib, pastki traxeobronxial limfa tugunlarining biriga
quyiladi. Yurakning o'ng limfa tomiri o'ng qorinchaning oldingi va orqa
yuzasidagi limfa tomirlaridan hosil bo'lib, oldingi ko'ks oralig'i tugunlarining
biriga quyiladi. Bo'lmachadan boshlangan mayda limfa tomirlari oldingi ko'ks
oralig'i limfa tugunlariga quyiladi.
Yurak nervlari.
Yurak faoliyatini sezuvchi, simpatik va parasimpatik nervlar
boshqaradi. Sezuvchi nervlar yurak va uning qon tomirlari devoridagi
retseptorlardan bosh va orqa miyadagi markazlarga boradi. Simpatik tolalar
yurak qisqarishini tezlatuvchi va tojsimon arteriyalami kengaytiruvchi
impulslami o'tkazsa, parasimpatik tolalar yurak qisqarishini sekinlatib,
tojsimon arteriyalami toraytiruvchi impulslami o'tkazadi.
Yurakka boruvchi simpatik nerv tolalari simpatik poyaning bo'yin
qismidagi uchta simpatik tugunidan boshlanadigan yuqorigi, o'rta va pastki
yurakka boruvchi bo'yin nervlari va ko'krak qismining II—V tugunidan
chiquvchi yurakka boruvchi ko'krak nervlaridan iborat.
Parasimpatik tolalar esa adashgan nervdan chiquvchi tolalardan iborat.
Bu nervlaming tolalari yurakda yuza va chuqur joylashgan chigallami hosil
qiladi. Yurakning yuza chigali
(plexus cardiacus superficialis)
o'pka poyasining
oldingi yuzasi va aorta ravog'ining pastki tomonida, uning chuqur chigali
(plexus cardiacus profundus)
esa aorta ravog'i bilan kekirdakning ikkiga
bo'lingan qismi orasida joylashadi. Yurakning yuza va chuqur nerv
chigallarining bir qismi miokard bilan epikard orasiga tarqalsa, ikkinchi
qismi yurak arteriyalari devori bo'ylab
(plexus coronarius dexter et sinister)
davom etadi. Yurakning a’zo sirti chigallari tolasi a’zo ichki chigaliga o'tib,
yurak devori qavatlari ichida yotadi. Bu chigallar tarkibida nerv hujayralari
to'planib, yurak tugunchalarini
(ganglia cardiaca)
hosil qiladi.
Yurak topografiyasi
Yurak va uni o'ragan yurak xaltasi ko'krak qafasida oldingi ko'ks oralig'ida
o'rta chiziqdan chaproqda yurakning uchdan ikki qismi, o'ngroqda uchdan bir
qismi joylashgan. Yon va qisman old tomondan yurak plevra bilan qoplangan
o'pka, oldingi ozgina qismi esa to'sh suyagi va qovuig'a tog'aylariga tegib turadi.
Yurakning yuqori chegarasi o'ng va chap uchinchi qovurg'a tog'aylari
yuqori chekkasini birlashtiruvchi chiziqda joylashgan. O'ng chegarasi o'ng
uchinchi qovurg'a togayi yuqori chekkasidan boshlanib, to'sh suyagi
chekkasidan
1-2 sm o'ngda vertikal yo'nalib beshinchi qovuig'a tog'ayigacha
tushadi. Pastki chegarasi o'ng beshinchi qovuig'a tog'ayidan yurak uchigacha
o'tgan chiziqda. Yurak uchi esa chap beshinchi qovuig'a oralig'ida o'rta o'mrov
chizig'idan 1—1,5 sm ichkarida yotadi. Chap chegarasi chap uchinchi qovuig'a
tog'ayining yuqori chekkasidan to'sh suyagining chap chekkasi bilan chap
o'rta o'mrov chizig'i o'rtasidagi sohadan boshlanib, yurak uchigacha boradi.
Yurak klapanlarining eshitish sohalari quyidagicha: chap atrioventrikular
klapan chap uchinchi qovuig'a tog'ayi sohasida. O'ng atrioventrikular klapan
to'rtinchi o'ng qovuig'a tog'ayining to'sh suyagiga birikkan joyida. Aorta klapani
to'sh suyagining chap qirrasida, uchinchi qovurg'a oralig'ida. O'pka poyasi
klapani chap uchinchi qovuig'a tog'ayining to'sh suyagiga birikkan joyida.
Yurakning yoshga qarab o'zgarishi
Yangi tug'ilgan chaqaloq yuragining bo'lmachalari katta va qorinchalari
yaxshi rivojlanmaganligi uchun (89-rasm) yumaloq shaklda bo'ladi. Uning
ko'ndalang o'lchami 2,7—3,9 sm, uzunligi 3,0—3,5 sm. O'ng bo'lmacha
chapidan sezilarli katta. O'ng bo'lmachaning hajmi 7—10 sm3, chapniki 4—
5 sm3. Qorinchalar hajmi 8—10 sm3. Taroqsimon va so'ig'ichsimon mushaklar
yaxshi bilinmaydi. Paysimon ipchalar nisbatan yo'g'on va qisqa. O'ng va
chap qorinchalar miokardining qalinligi bir xil. Epikard yupqa, elastik va
kollagen tolalari kam. Epikard osti yog'
to'qimasi yaxshi bilinmaydi. Bola hayotining
birinchi yilida yurak bo'yiga tez o'sadi.
Birinchi yilning oxirida yurakning hajmi
42 sm
3 bo'ladi. Yurakning turli qismlari
ayrim yosh davrlarida bir xil o'smaydi. Bola
hayotining birinchi yilida bo'lmachalar
qorinchalarga nisbatan ko'proq, 2-5,
ayniqsa,
6 yoshda bo'lmacha va qorinchalar
bir xil,
10 yoshdan so'ng qorinchalar
tezroq o'sadi. Yurakning hajmi 7 yoshda 90
sm3, 14 yoshda 130 sm
3 bo'ladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq yuragining
og'irligi o'rta hisobda 24 g bo'lib, bir yoshda
2 marta, 4-5 yoshda 3 marta, balog'at
yoshida 10 marta va 18—20 yoshda 15 marta
89-rasm. Chaqaloq yuragj. Old tomondan ko'rinishi. 1-atrium sinistrum; 2-auricula si
nistra; 3-sul. coronarius; 4-ventriculus sinister; 5-apex cordis; 6-incisura apicis cordis;
7-suI.interventricularis anterior; 8-ventriculus dexter; 9-auricula dextra; 10-atrium dex
trum; 11-pais ascendens aortae; 12-v.cava superior; 13-truncus pulmonalis;
kattalashadi. 5-6 yoshgacha o'g'il bolalar yuragi qizlamikiga nisbatan katta
bo'lsa, 9—13 yoshlarda buning aksi, 15 yoshdan keyin esa yana o'g'il bolalar
yuragi katta bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq yuragi qorinchalari devorining
qalinligi 5 mm ga teng bo'lib, bola hayotining 5-kunidan boshlab chap
qorincha faoliyatiga bog'liq ravishda kattalashib boradi va
2 yoshda o'ng
qorinchaga nisbatan 2 marta katta bo'ladi. Yurak devorining qalinlashuvi mushak
tolalari va biriktiruvchi to'qima qatlamlarining ko'ndalang o'lchamlari o'sishi
hisobiga bo'ladi. Barcha yoshdagi bolalarda atrioventrikular klapan tabaqalari
yaltiroq bo'ladi. Yoshga qarab klapan tabaqalari va epikard zichlashadi. 2
yoshdan boshlab epikard ostiga yo tplana boshlaydi. 15 yoshgacha chap
qorincha devorining qalinligi 2,5 marta, o'nginiki 0,3 marta kattalashadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq yuragi yuqori va ko'ndalang joylashadi. Yurak
uchi proyektsiyasi IV qovuig'a oralig'ida chap o'rta o'mrov chizig'idan 1—2
sm tashqarida bo'ladi. Bir yoshgacha bo'lgan bolada uning yuqori chegarasi
ikkinchi qovurg'a oralig'ida bo'lsa, pastki chegarasi kattalamikiga nisbatan
bir qovuig'a oralig'ida yuqori turadi. O'ng chegarasi to'sh suyagining o'ng
chekkasida yoki undan 0,5—I sm o'ngroqda joylashgan. 2—3 yoshlarda yurak
qiyshiq holatga o'tadi va o'smirlik davrida kattalamildga o'xshab qoladi.
Rentgenanatom iyasi.
Yurakning asosiy massasini mushak to'qim a-
miokard hosil qiladi. Yurak bo'shlig'i va uning yirik qon tomirlari uni
o'ragan o'pka to'qimasi soyasida aniq gomogen soya beradi. Yurak oldingi
ko'ks oralig'ida joylashib, uning soyasi o'ng va chap o'pka maydoni o'rtasini
egallaydi. Yurak noto'g'ri oval shaklga ega bo'lib, unda uchi va kengaygan
asosi tafovut qilinadi. Yurak asosining o'rtasidan uchiga qarab bo'ylamasiga
mos keluvchi yurak o'qi o'tadi. Odatda, yurak o'qi qiyshiq yo'nalib,
yuqoridan pastga, o'ngdan chapga joylashadi. Buning natijasida yurakning
katta qismi ko'krak qafasining chap tomonida yotadi. O'rtadagi gomogen
soya yurakning o'zini va yirik qon tomirlari (aorta, yuqori kovak vena va
o'pka arteriyasi soyasi) yig'indisidan iborat. Yurakning xususiy soyasi biroz
qiya joylashgan noto'g'ri ellips shaklidagi pastki keng qismidan iborat.
Uning 2/3 qismi o'pka maydoni fonida yotadi. Yurakning o'zini soyasi
bilan uning yirik qon tomirlari soyasi o'rtasidagi chegara yurak-tomir
siuletining eng toraygan qismiga to'g'ri kelib, yurak beli deyiladi. Yurakning
shakli va ko'krak qafasida joylashishi yoshga, jinsga, tana konstitutsiyasiga va
diafragmaning joylashishiga bog'liq. Yurak joylashishining uchta asosiy: qiya,
ko'ndalang va vertikal shakllari tafovut qilinadi. Yurakning qiya joylashishi
normosteniklarda uchraydi. Bunda yurak o'qi gorizontal chiziqqa 45° bur
chak ostida joylashadi. Yurakning ko'ndalang joylashishi keng ko'krak qafasli
gipersteniklardauchraydi. Bunda yurak o'qi gorizontal chiziqqa25—30°
burchak hosil qilib joylashadi. Yurak beli aniq bilinadi. Bu holatda yurakning
chap chegarasi o'rta o'mrov chizig'ida, mo'tadil holatda esa bu chegara
o'rta o'mrov chizig'idan 1,5 sm ichkarida yotadi.
Vertikal holatda joylashgan yurak uzun va tor ko'krak qafasli asteniklarda
uchraydi. Bu holatda yurak qon tomirlaiga osilganga o'xshab, osilgan tomchini
eslatadi va «osilgan» yoki «tomchi» yurak deyiladi. U gorizontal chiziqqa 50—
60° burchak hosil qilib joylashadi. Bunday yurakning beli tekis bo'ladi. Chap
chegarasi o'rta o'mrov chizig'idan o'ng tomonda joylashadi.
Bolalar yuragi kattalamikiga nisbatan katta bo'lib, ko'krak qafasida katta
sohani egallaydi. Yosh bola yuragi soyasi shaisimon bo'lsa, o'smirlik davrida
yurak beli biroz tekislanadi. Keksalarda yurak ichki a’zolaming pastga tushishi
munosabati bilan «yotgan» holatni oladi. Qon tomirlar dastasining soyasi
uzayadi. Tomirlar dastasining yuqori-chap chekkasida aorta ravog'iga taalluqli
yumaloq soya paydo bo'ladi.
To'g'ri proyeksiyada yurak soyasi o'ziga xos konfiguratsiyaga ega bo'lib,
bunda yurak va uning yirik qon tomirlari chegarasi alohida ravoqlar shaklida
ko'rinadi. Uning o'ng va chap chegaralarini hosil qiluvchi ravoqlar tafovut
qilinadi. O'ng tomonda ikki ravoq: pastki ravoq—o'ng bo'lmacha soyasi ravog'i,
yuqori ravoq yuqori kovak vena yoki aorta ravog'i soyasi bo'ladi. Chap
tomonda to'rtta ravoq:
1) pastki eng katta ravoq—chap qorincha soyasi eng
katta bo'lib, qavariqligi yuqoriga va chapga qaragan;
2) chap bo'lmachaning
quloqcha soyasi chap qorinchadan yuqoriroq joylashib, qavariqligi pastga
qaragan bo'lib, bu ravoqlar oralig'ida yurak beli hosil bo'ladi; 3) yurak beli
ustida vertikal joylashgan o'pka arteriyasining soyasi; 4) o'pka arteriyasi
yuqorisida aorta soyasi joylashgan. O'pka arteriyasi bilan aorta soyasi bir-
birining ustida joylashadi va yoshlarda ular ko'pincha birlashib ketgani uchun
rentgenogrammalaida ajratish qiyin bo'ladi. Keksalarda aorta soyasi aniq bilingan
bo'lib, qon tomirlar dastasining chap ynqori uchida yumaloq shaklda
ko'rinadi. To'g'ri proyeksiyada yurakning pastki chegarasi diafragma soyasiga
qo'shilib ketadi.
Yon rentgenogrammada yurak soyasi old tomondan to'sh suyagi, orqa
tomondan umurtqa pog'onasi o'rtasida joylashadi. To'sh suyagi soyasi bilan
yurak o'rtasida retrosternal, yurak soyasi bilan umurtqa pog'onasi o'rtasida
esa retrokardial bo'shliq hosil bo'ladi. Bu ikki bo'shliq yurak xastaliklarida
o'zgaradi va ulaming o'lchamlariga qarab yurak qismlarining holati haqida
fikr yuritiladi.
Perikard
Perikard
(pericardium)
yurakni tashqi tomondan o'ragan seroz qopcha.
U tuzilishi har xil ikki: tashqi fibroz va ichki seroz qavatdan iborat. Tashqi
qavat fibroz perikard
(pericardium fibrosum)
yurak asosida yirik qon
tomirlaming tashqi pardasiga o'tib ketadi. Ichki seroz perikard
(pericardium
serosum)
ikki qatlamdan pariyetal
(lamina parietalis)
fibroz perikardni
ichki tomondan qoplaydi. Visseral qatlam
(lamina viseralis)
yurakning tashqi
pardasi epikardni hosil qiladi. Seroz perikardning pariyetal va visseral qatlamlari
yurak asosida biridan biriga o'tadi va ular o'rtasida perikard bo'shlig'i
(cavitas
pericardialis)
hosil bo'ladi. Bu bo'shliqda oz miqdorda seroz suyuqlik bo'ladi.
Perikard noto'g'ri konus shaklida bo'lib uch qismi tafovut qilinadi:
1. Oldingi to‘sh-qovurg‘a qismi
(pars sternocostalis)
o ‘ng va chap
mediastinal plevra o'rtasida, oldingi ko'krak devorining orqa yuzasiga to'sh-
perikard boylamlari
(lig. stenopericardiaca)
vositasida birikib turadi.
Pastki diafragma qismi
(pars diaphragmatica)
diafragmaning pay markaziga
birikib turadi.
2. Mediastinal qismi
(pars mediastinalis)
lateral va qisman oldingi
tomondan mediastinal plevraga yopishib turadi. Bu qismning o'ng va chap
tomonlaridan diafragma nervi va qon tomirlar o'tsa, orqa tomonidan
qizilo'ngach, ko'krak aortasi, toq va yarimtoq venalarga tegib turadi.
Perikard bo'shlig'ida yurak va yirik qon tomirlar o'rtasida bo'shliqlar
bo'lib, perikardning ko'ndalang bo'shlig'i
(sinus transverses pericardii)
yurak asosida joylashgan. U oldindan va yuqoridan ko'tariluvchi aortaning
boshlang'ich qismi va o'pka poyasi, orqadan esa o'ng bo'lmachaning oldingi
yuzasi va yuqori kovak vena bilan chegaralangan.
Perikard yangi tug'ilgan chaqaloqda yumaloq shaklda bo'lib, yurakni
zich o'rab turadi. Uning vertikal o'lchami 35 mm, ko'ndalangi 41,5 mm
dir. U nisbatan qalin, ammo cho'ziluvchan bo'ladi. Uning yuqori chegarasi
juda yuqori, to'sh-o'mrov bo'g'imlarini qo'shib turuvchi chiziqqa yetadi.
Pastki chegarasi esa yurakning pastki chegarasiga teng. Bolalarda perikard
harakatchan bo'ladi.
Arteriyalar taraqqiyoti
Homila hayotining 3-haftasida arteriya poyasi ikkita ventral aortaga
bo'linadi. Bu arteriyalar jabra ravoqlariga qarab o'sadi va olti juft aorta ravoqlari
yoki jabra arteriyalarini hosil qilib, ular vositasida o'ng va chap dorsal
aortaning boshlang'ich qismi bilan qo'shiladi. Dorsal aortadan uch guruh:
segmentlararo dorsal, lateral va ventral segment arteriyalari chiqadi. Yurak,
qon tomirlar taraqqiyoti bilan birgalikda miya, ichki a’zolar, qo'l va
oyoqlaming o'sishi, qon tomirlar tuzilishini o'zgartirib yuboradi.
1,11,V
aorta ravoqlari yo'qolib ketadi. Har bir ventral aortaning I—III aorta ravoqlari
o'rtasidagi qismi tashqi uyqu arteriyasiga, III aorta ravog'i va dorsal aortaning
oldingi bosh miya bilan qo'shilgan qismi ichki uyqu arteriyasiga aylanadi.
Dorsal aortaning II—IV aorta ravoqlari o'rtasidagi qismi yopilib ventral
aortaning shu qismi umumiy uyqu arteriyasiga aylanadi. Chap IV aorta
ravog'ining diametri kattalashib, aorta ravog'iga aylanadi. U ko'tariluvchi
aortani chap dorsal aorta bilan qo'shadi. Chap dorsal aorta pastga tushuvchi
aortaga aylanganidan so'ng, o'ng dorsal aortaning IV ravoqdan orqa qismi
yopiladi. IV o'ng aorta ravog'i o'mrov osti arteriyasiga aylanadi. Chap
o'mrov osti arteriya segmentlararo dorsal arteriya tarmoqlaridan vujudga
keladi. O'ng ventral aortaning III—IV ravoqlari o'rtasidagi qismi yelka-
bosh poyasiga aylanadi. VI aorta ravog'i o'pkaga ingichka o'pka arteriyasini
berganidan so'ng o'ng tomondagisi yopiladi. Chap VI aorta ravog'i chap
dorsal arteriya bilan bog‘lanib, batal nayiga aylanadi va homilada u orqali
qon o'pka poyasidan aortaga o'tadi.
Segmentlararo dorsal arteriyalar, o'z navbatida, dorsal va ventral
tarmoqlaiga bo'linadi. Bo'yin va bosh sohalarida ulaming dorsal tarmoqlaridan
umurtqa arteriyasi va uning tarmoqlari hosil bo'ladi. Tana sohasida ular
qovuig'alararo va bel aiteriyalariga aylanadi. Ventral tarmoqlardan chap o'mrov
osti arteriyasi va o'ng o'mrov osti arteriyasining distal qismi hosil bo'ladi.
O'mrov osti arteriyasi taraqqiyot davrida qo'lga o'sib kiradi.
Lateral segmentar arteriyalardan juft: diafragma, buyrak, buyrak usti
bezi va moyak arteriyalari hosil bo'ladi. Ventral segmentar arteriyalardan esa
tuxum sarig'i arteriyasi hosil bo'lib, ulardan qorin bo'shlig'i a’zolarini qon
bilan ta’minlovchi toq arteriyalar rivojlanadi.
Kaudal joylashgan ventral segmentar arteriyalar o'ng va chap kindik
arteriyasiga aylanadi va uning boshlang'ich qismidan chiqqan tarmog'i
oyoq kurtagiga o'sib kiradi. Chanoq bo'shlig'i a’zolari va oyoqning o'sishi
munosabati bilan yonbosh (umumiy, tashqi va ichki) arteriyalari juda tez
o'sadi va kindik arteriyasi ichki yonbosh arteriya tarmog'iga aylanadi.
Arteriyalarning tuzilishi
Arteriyalar devori uch qavat pardadan tuzilgan. Ichki qavat qon tomir
bo'shlig'i tomonida bir qator endoteliy hujayralaridan iborat bo'lib, uning
ostida subendoteliy va ichki elastik membrana joylashgan. O'rta qavat silliq
mushak tolalari va ular o'rtasida joylashgan elastik tolalardan iborat. Tashqi
qavat biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan. O'rta qavatdagi elastik va mushak
tolalaming miqdoriga qarab arteriyalar uch turga bo'linadi.
1. Elastik turdagi arteriyalaiga devorida elastik tolalar ko'p bo'lgan arteriyalar
(aorta, o'pka poyasi) kiradi.
2. Mushak turdagi arteriyalaiga o'rta va kichik kalibrdagi arteriyalar kiradi.
Ulaming devorida mushak elementlari ko'p bo'lib, qisqaiganda qon oqishini
tezlatadi.
3. Mushak-elastik turdagi arteriyalar devorida mushak va elastik tolalar
miqdori teng bo'ladi. Bu tuiga yirik arteriyalar (umumiy yonbosh, o'mrov
osti, umumiy uyqu) kiradi.
A’zolarga nisbatan joylashishiga qarab arteriyalar a’zo sirti arteriyalari
va a’zo ichi arteriyalariga bo'linadi. Agar arteriyalarning tarmoqlari boshqa
arteriya tarmoqlari bilan qo'shilsa anastomoz deyiladi. Agar arteriyalar to
bo'lingunicha boshqa tomirlar bilan qo'shilmasa, bular oxirgi arteriyalar
deyiladi.
Arteriya tizimi yangi tug'ilgan chaqaloqda anatomik shakllangan bo'ladi.
Unda bola tug'ilganidan keyin bo'ladigan o'zgarishlar yo'ldosh qon aylanishini
to'xtashi va o'pka qon aylanishining boshlanishi bilan bog'liq bo'ladi. Bola
tug'ilganidan keyin yoshga qarab arteriyalarning kengligi, uzunligi, aylanasi,
devorining qalinligi o'zgarib boradi. O'smirlik davrida (12-16 yoshlar)
arteriyalarning uzunligi va diametri 3-5 marta kattalashadi. Ularning o‘sishi
tana qismlari va a’zolaming o'sishiga mos ravishda bo‘ladi. A’zolar
joylashishining o'zgarishi bilan ulaming yo'nalishi, uzunligi, boshlanish
sohalari ham o'zgaradi. Masalan: moyak yorg'oqqa tushishi bilan moyak
arteriyalari uzayadi. Ayrisimon bez yoshga qarab kichraygan davrida uning
bir qism arteriyalari yo'qolib ketadi. Bola organizmida mushaklaming egat va
kanallari yaxshi bilinmagani uchun, ularda bo'yin, qo'l va oyoqdagi yirik
arteriyalar yuza joylashgan bo'ladi.
A’zo ichki qon tomirlari tizimi bolalarda kattalamikidan farq qiladi. Bola
a’zolarining qon tomirlari zichligi maydon birligiga nisbatan yuqori bo'ladi.
A’zo ichki qon tomirlari bola hayotining birinchi yilida tez takomillashadi.
Ayrim yosh davrlarida arteriya tizimining har xil qismlarida tomirlar
devorining tarkibiy qismi bir xil o'zgarmaydi. Aorta devorida ko'proq tolali
to'qimalar bo'ladi. O'rta va mayda arteriyalarda silliq mushak hujayralari
kattalashadi va yangidan paydo bo'ladi. Erta bolalik davrida elastik tolalaming
ko'p bo'lishi o'sayotgan a’zo tomirlarining cho'ziluvchanligini ta’minlaydi.
Tomirlar mikroskopik tuzilishining o'zgarishi ko'proq erta va ikkinchi
bolalik davrida bo'lib, o'smirlik davrida ular devorining tuzilishi tarkibi ancha
tekislanadi.
Dostları ilə paylaş: |