(nodi lymphatici
p aravesicales),
bachadon yoni
(nodi lym phatici parauterini),
qin
yoni
(nodi lym phatici paravaginales)
va to 'g 'ri ichak yoni
(nodi
lymphatici pararectales)
tugunlari kiradi. Bu tugunlardan chiqqan olib
ketuvchi limfa tomiiiari umumiy yonbosh va aorta osti limfa tugunlariga yo'naladi.
Chanoqning pariyetal limfa tugunlari: ichki yonbosh arteriyasi bo'ylab 4—8
ta ichki yonbosh tugunlari
(nodi lymphatici ffiaci intend)
dir. Dumg'aza
suyagining oldingi yuzasida 2—3 ta dumg'aza limfa tugunlari
(nodi lymphatici
sacrales)
bo'lib, ularga chanoq devori va to'g'ri ichakdan limfa keladi. Bu
tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari tashqi va umumiy yonbosh
tugunlariga quyiladi. Tashqi yonbosh tugunlari
(nodi lymphatici iliaci
externi)
2—12 ta bo'lib, tashqi yonbosh arteriya va vena bo'ylab zanjir shaklida
joylashadi. Ustki va pastki dumba arteriyalari yonida joylashgan dumba limfa
tugunlariga
(nodi lymphatici gluteales)
sonning orqa yuzasi hamda dumba
sohasi va kichik chanoq devoridan keluvchi limfa tomirlari keladi. Ichki va
tashqi yonbosh tugunlaridan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari umumiy
yonbosh limfa tugunlariga
(nodi lymphatici iliaci communes)
yo'naladi.
Ulardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlar qorin aortasi va pastki kovak
vena yonida joylashgan bel limfa tugunlariga quyiladi.
Qorin b o'sh lig'i limfa tom irlari va tugunlari
Qorin bo'shlig'ida ham vistseral va pariyetal limfa tugunlari tafovut qilinadi.
Vistseral limfa tugunlari qorin aortasining toq arteriyalari va ulaming shoxlari
atrofida joylashadi. Qorin o'zani atrofida joylashgan tugunlaiga
(nodi lymphatici
coeliaci)
(1—5 ta) m e’da, m e’da osti bezi, taloq, buyrak va jigar limfa
tugunlaridan chiqqan olib keluvchi limfa tomirlari keladi. Bu tugunlardan
chiqqan olib ketuvchi limfa tomiiiari bel limfa tugunlariga, shuningdek, ko'krak
limfa yo'lining boshlanish qismiga quyiladi. M e’daning limfa tugunlari
(nodi
lymphatici gastrici)
uning katta va kichik egriliklari bo'ylab, arteriyalar
yo‘nalishida joylashadi. Ular quyidagi guruhlarga: chap me’da tugunlari; kardial
limfa tugunlari; pilorik limfa tugunlari; o‘ng me’da-charvi tugunlari; chap
me’da-charvi tugunlariga bo'linadi. Taloq limfa tugunlariga
(nodi lymphatici
lienales)
m e’daning tubi, chap m e’da-charvi tugunlari va taloq kapsulasidan
kelayotgan limfa tomirlari quyiladi. Me’da osti bezining boshi va o 'n ikki
barmoq ichak devoridan keluvchi limfa tomirlari pankreatoduodenal limfa
tugunlariga
(nodi lymphatici pancreatoduodenales)
quyiladi.
Jigar va o ‘t pufagi limfa tomirlari jigar-o‘n ikki barmoq ichak boylami
ichida umumiy jigar arteriyasi va darvoza venasi yo‘nalishida joylashgan jigar
limfa tugunlariga
(nodi lymphatici bepatici)
quyiladi. Qorin bo'shlig'i vistseral
limfa tugunlarining eng ko'p sonlisi (66—404 ta) ingichka ichaktutqichi
ichida joylashgan ichaktutqich tugunlari
(nodi lymphatici mesenterici)
bo'lib,
ulaiga och va yonbosh ichak limfa tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan
olib ketuvchi limfa tomirlar bel limfa tugunlariga, goho ichak poyasini hosil
qilib ko'krak limfa yo' liga quyiladi. Chambar ichak qismlaridan chiquvchi
limfa tomirlari, chambar ichak arteriyalari yo'nalishida joylashgan limfa
tugunlaiga quyiladi. Qorin bo'shlig'ining pariyetal limfa tugunlari qorin bo'sh
lig'ining oldingi va orqa devorlarida joylashadi. Qorin bo'shlig'ining oldingi
devorida pastki qorin osti arteriyalari yo'nalishida sliu nomli tugunlar
(nodi
lymphatici epigastrici inferiores),
uning orqa devorida aorta va pastki kovak
vena atrofida ko'p sonli bel tugunlari
(nodi lymphatici lumbales)
joylashgan.
Ular qorin aortasi va pastki kovak venaga nisbatan joylashishiga qarab chap,
o'ng va oraliq bel tugunlariga bo'linadi. Qorin aortasining chap, old va orqa
tomonlarida joylashgan chap bel limfa tugunlari
(nodi lymphatici lumbales
sinistri)
o'z navbatida lateral aorta tugunlari
(nodi lymphatici aortici laterales),
aorta oldi tugunlari
(nodi lymphatici preaortici),
aorta orqa tugunlari
(nodi
lymphatici postaortici)
guruhlariga bo'linadi. Pastki kovak venaning oldingi,
orqa va o'ng tomonida joylashgan o'ng bel tugunlari
(nodi lymphatici lumbales
dextra)
kovak vena oldi limfa tugunlari
(nodi lymphatici precavales),
kovak
vena orqa limfa tugunlari
(nodi lymphatici postcavales),
lateral kovak limfa
tugunlari
(nodi lymphatici cavales laterales)
guruhlariga bo'linadi. Aorta
bilan pastki kovak vena o'rtasidagi egatda oraliq bel limfa tugunlari
(nodi
lymphatici lumbales intermedii)
zanjiri yotadi. Bu tugunlardan chiqqan olib
ketuvchi limfa tomirlari o'ng va chap bel poyasini hosil qiladi.
K o‘krak qafasi limfa tomirlari va tugunlari
Ko'krak qafasida ham pariyetal va visseral limfa tugunlari va tomirlari
tafovut qilinadi. K o'krak qafasining oldingi devorini ichki yuzasida to'sh
suyagining o'ng va chap tomonida joylashgan to'sh yoni tugunlariga
(nodi
lymphatici parasternales)
ko'krak qafasining oldingi devori, plevra,
perikarddan, shuningdek, pastki qorin usti va ustki diafragma limfa tugunlari,
sut bezlaridan kelayotgan limfa tomirlari quyiladi. O'ng to'sh yoni tugunlaridan
chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari o'ng bo'yinturuq poyasiga yoki paravenoz
limfa tugunlariga, chap to'sh yoni tugunlaridan chiqqan olib ketuvchi limfa
tomirlari esa aorta oldi limfa tugunlariga, shuningdek ko'krak limfa yo'li va
chap bo'yinturuq poyalariga quyiladi.
Qovurg'alararo oraliqning umurtqa pog'onasi yaqinida joylashgan
qovurg'alararo limfa tugunlariga
(nodi lymphatici intercostales)
ko'krak
qafasining orqa devori limfa tomirlari yo'naladi. Ulardan chiqqan olib ketuvchi
limfa tomirlari ko'krak limfa yo'liga, ustki tugunlardan esa bo'yinning chuqur
tashqi tugunlariga quyiladi.
Ustki diafragma tugunlariga
(nodi lymphatici phrenici superiores)
diafragma, perikard, plevra va jigaming diafragma yuzasidan kelayotgan
lim fa tom irlari quyiladi. U lardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari
to 'sh yoni, orqa ko'ks oralig'i, pastki traxeobronxial, bronxopulm onal
limfa tugunlariga quyiladi.
Ko'krak qafasining vistseral tugunlaridan yuqorigi kovak vena va aorta
ravog'ining oldingi yuzasida joylashgan oldingi ko'ks oralig'i limfa
tugunlariga
(nodi lymphatici mediastenales anteriores)
yurak, perikard,
ayrisim on bez limfa tom irlari va bronxopulm onal, traxeobronxial limfa
tugunlaridan olib keluvchi limfa tomirlari quyiladi. Oldingi ko'ks oralig'i
lim fa tugunlaridan chiqqan olib ketuvchi limfa tom irlari o'ng va chap
vena burchaklariga yo'naladi.
Ko'krak aortasi va qizilo'ngachning yonida joylashgan orqa ko'ks oralig'i
limfa tugunlariga
(nodi lymphatici mediastenales posteriores)
orqa ko'ks
oralig'i a ’zolaridan kelayotgan limfa tom irlari quyiladi. Bu tugunlardan
chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari ko'krak limfa yo'liga quyiladi. O'pka
darvozasi sohasida joylashgan bronxopulmonal tugunlarga
(nodi lymphatici
bronchopolmonales)
o'pka limfa tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan
olib ketuvchi limfa tom irlari pastki va ustki traxeobronxial tugunlarga
yo'naladi.
Pastki traxeobronxial limfa tugunlari
(nodi lymphatici traheobronchiales
inferiores)
kekirdakning bosh bronxlarga bo'lingan joyida joylashsa, o'ng va
chap ustki traxeobronxial tugunlar
(nodi lymphatici tracheobronchiales
superiores dextri et sinistri)
kekirdakning yon tomonlarida joylashadi. Bu
guruh tugunlarga bronxopulmonal va boshqa visseral tugunlardan keluvchi
limfa tomirlari quyiladi. O'ng ustki traxeobronxial tugunlardan chiqqan olib
ketuvchi limfa tomirlari o'ng bronxomediastinal poyani hosil qiladi. Chap
ustki traxeobronxial tugunlaming olib ketuvchi limfa tomirlari ko'krak limfa
yo'liga quyiladi.
Bosh va bo'yinning limfa tomirlari va tugunlari
Boshning limfa tomirlari bosh bilan bo'yin o'rtasida joylashgan limfa
tuguni to'plamlariga quyiladi. Bu to'plamlar quyidagilar ensa qon tomirlari
yo'nalishidajoylashgan ensalimfatugunlariga
(nodi lymphatici occipitales)
boshning ensa sohasidan keluvchi limfa tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan
olib ketuvchi limfa tomirlari tashqi chuqur bo'yin tugunlariga quyiladi.
So'rg'ichsimon limfa tugunlari
(nodi lymphatici mastoidei)
quloq suprasining
orqasida joylashib, ularga quloq suprasi va boshning tepa qismi limfa tomirlari
keladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari quloq oldi va
yuza bo'yin tugunlariga quyiladi.
Quloq oldi bezi sohasida tashqi joylashgan yuza qufoq oldi tugunlari
(nodi lym phatici parotidei superficialis)
va bez bo'lak lari orasida
joylashgan chuqur quloq oldi limfa tugunlariga
(nodi lymphatici parotidei
profundi)
boshning peshona, tepa sohalari, quloq suprasi. tashqi eshituv
yo'li, eshituv nayi, quloq oldi bezi va yuqori lablar limfa tomirlari keladi.
Bu tugunlardan chiquvchi olib ketuvchi limfa tomirlari bo'yinning yuza va
chuqur limfa tugunlariga boradi.
Halqumning orqasida va yon devoriarida joylashgan halqum orqa limfa
tugunlariga
(nodi lymphatici retropharygeales)
halqum devoridan, bum n
bo'shlig'i va burunning yon bo'shliqlari shilliq pardasi, tanglay va til
murtaklaridan, eshituv nayi va nog'ora bo'shlig'i limfa tomirlari keladi. Bu
limfa tugunlaridan boshlangan olib ketuvchi limfa tomirlar bo'yinning tashqi
chuqur guruh limfa tugunlariga boradi.
Jag' osti uchburchagida joylashgan pastki jag' limfa tugunlariga
(nodi
lymphatici mandibulares)
yuz terisi, qovoqlar, burun, lab, lunj limfa
tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari
bo'yinning tashqi chuqur limfa tugunlariga quyiladi.
B o'yinning ch u qu r lim fa tugunlari
(nodi lymphatici cervicales
profundi)
bo'yinning old va yon tomonlarida joylashgan. Ulaming oldingi
g u ru h ig a h iq ild o q n in g o ld lim fa tu g u n la ri
(n o d i ly m p h a tic i
prelaryngeales),
qalqonsimon bez limfa tugunlari
(nodi lymphatici thyroidei)
va kekirdakning old va yon tomoni limfa tugunlari
(nodi lymphatici
pretracheales et paratracheales)
kiradi.
Bo'yinning lateral chuqur limfa tugunlari
(nodi lymphatici cervicales
lateralis)
ichki bo'yinturuq vena, bo'yinning ko'ndalang arteriyasi va
qo'shimcha nervning tashqi shoxi bo'ylab zanjirlar hosil qilib joylashadi. Bu
tugunlardan chiquvchi olib ketuvchi limfa tomirlari o'ng va chap bo'yinturuq
poyasini hosil qiladi.
Q o ‘lning limfa tomirlari va tugunlari
Qo'lning limfa tomirlari yuza va chuqur guruhlarga bo'linadi. Uning yuza
limfa tomirlari teri osti venalarining yonida joylashib, lateral va medial
guruhlarga bo'linadi. Lateral guruh limfa tomirlari 1—III barmoq, kaft, bilak
va yelkaning lateral tomoni terisi va teri osti asosida hosil bo'lib, bosh vena
yonida yo'naladi va qo'ltiq osti limfa tugunlariga quyiladi. Ichki guruh limfa
tomirlari qisman III va ГУ—V barmoqlar, kaft, bilak va yelkaning ichki
tomoni terisi va teri osti asosi sohasida hosil bo'lib, asosiy vena bilan yo'nalib,
tiisak va qo'ltiq osti limfa tugunlariga quyiladi.
Chuqur limfa tomirlar mushaklar, bo'g'imlar va suyaklardan boshlanib,
chuqur arteriya va venalar bo'ylab yo'naladi.
Q o'lda limfa tugunlari ikki: tirsak chuqurchasi va qo'ltiq osti sohasida
joylashadi. Tirsak limfa tugunlari
(nodi lymphatici cubitales)
tirsak
chuqurchasida yuza medial teri osti venasi yonida fassiyaning ustida va chuqur
fassiyaning ostida qon tomirlar yonida joylashadi. Bu tugunlardan chiqqan
limfa tomirlari qo'ltiq osti tugunlariga yo'naladi. Qo'ltiq osti limfa tugunlari
(nodi lymphatici axillares)
qo'ltiq osti chuqurchasi yog' to'qim asida
oltita: tashqi, ichki, kurak osti, pastki, markaziy, cho'qqi guruhlariga
bo'linib joylashadi. Q o'ltiq osti limfa tugunlariga qo'lning yuza va chuqur
limfa tomirlari. ko'krak qafasining oldingi, yon, orqa devori va sut bezi limfa
tomirlari kelib quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari
o'm rov osti poyasini hosil qiladi.
Limfa tizimining taraqqiyoti va yoshga qarab o'zgarishi
Taraqqiyotning
6-haftasida hosil bo'layotgan yirik venalar yaqinida
mezodermadan tirqishsimon bo'shliqlar paydo bo'ladi. Ulami mezenxima
hujayralari chegaralagan bo'lib, keyinchalik endoteliy hujayralariga aylanadi.
Bu tirqishlar qo'shilib limfa qopchalarini hosil qiladi. Birinchi bo'lib o'ng va
chap bo'yinturuq limfa qopchalari, keyinchalik esa o'mrov osti limfa qopchalari
paydo bo'ladi. Homila tanasining orqa devorida joylashgan qopchalar zanjirining
qo'shilishidan ko'krak limfa yo'li paydo bo'lib, taraqqiyotning
9-haftasida
chap bo'yinturuq qopchasiga ochiladi. Chap va o'ng bo'yinturuq va o'mrov
osti qopchalari bo'yin venalari bilan birikadi. Juft yonbosh limfa qopchalaridan
chanoq va oyoq limfa tomirlari hosil bo'ladi.
Bola tug'ilish davrida uning limfa qopchalari va yo'llari yaxshi rivojlangan
bo'lib, bola tug'ilganidan so'ng ulaming devori tarkibining takomillashuvi
davom etadi. Yangi tug'ilgan chaqaloq limfa kapillarlari diametri nisbatan
keng bo'ladi. Ular quyuq to'rlar hosil qiladi. Ulaming limfa tomirlarida
klapanlari yaxshi rivojlanmagan bo'lib, uning takomili 13—16 yoshlarda
tugallanadi. Ko'krak limfa yo'li yangi tug'ilgan chaqaloqda to'g'ri yo'nalishda
bo'lib, uning diametri bor bo'yiga bir tekis, devori yupqa bo'ladi.
Limfa tom irlari va tugunlarining tarqalish qonuniyatlari
1. Limfa tizimining katta qismida limfa og'irlik kuchiga qarshi oqadi. Limfa
tomirlari keng va soni ko'p bo'lgani uchun uning oqishi venaga o'xshab
sekin bo'ladi.
2. Tananing limfa tomirlari yuza va chuqur guruhlarga bo'linadi. Teri ostida
joylashgan yuza tomirlar teri osti venalari va yuza nervlar bilan birga, chuqur
limfa tomirlari tomirli-nervli dastalar tarkibida yo'naladi.
3. Barcha limfa tomirlari boshlangan joyidan to limfa tugunigacha qisqa
yo'l bilan yo'naladi.
4. Tana limfa tomirlari suyaklarga parallel yo'naladi (qovuig'alararo limfa
tomirlari).
5. Oiganizm hayvoniy va o'simlik a’zolariga bo'lingani kabi limfa tugunlari
ham somatik va vistseral gumhlaiga bo'linadi.
6. Somatik limfa tugunlari harakatchan sohalarda bo'g'imlaming bukiluvchi
yuzalarida joylashgan bo'lib, ulaming harakati limfa oqishini ta’minlaydi.
7. V istseral lim fa tu g u n lari ichki a ’zo lar darvozasi sohasid a
joylashadi.
8. Lim fa tugunlari ikki tom onlam a sim m etriya p rin sip i asosida
joylashib, u tananing o'ng tomonida ko'p bo'ladi.
Qon ishlab chiqaruvchi va immun tizimi a’zolari
Immun tizimi tarkibiga organizmga tashqi muhitdan kiruvchi va organizmda
hosil bo'luvchi yot hujayra va moddalardan himoya qiluvchi a’zo va to'qimalar
kiradi. Bu a’zolar limfoid to'qimalardan iborat bo'lib, ular immunokompetent
hujayralar, limfotsitlar va plazmotsitlar ishlab chiqaradi.
Im m un tizimi a’zolariga suyak iligi, ayrisimon bez, limfa tuguni, hazm
va nafas a ’zolari tizim ida joylashgan limfoid to'qim alar (murtaklar,
chuvalchangsimon o'simta va yonbosh ichak limfatik follikula to'plami hamda
yakka holdagi follikulalar kiradi. Bu a’zolar vazifasiga qarab markaziy va
periferik qismlaiga bo'linadi. Tizimning markaziy a’zolariga ayrisimon bez va
suyak iligi, ba’zi m a’lumotlaiga ko'ra chuvalchangsimon o'simta va yonbosh
ichakning limfatik follikula to'plamlari kiradi. Tizimning periferik a’zolariga:
murtaklar, hazm va nafas a’zolari devorida joylashgan yakka holdagi follikulalar
va taloq kiradi.
Suyak iligi qon va immun tizimining barcha hujayralarini hosil qiluvchi
o'zak hujayralari manbayidir. O'zak hujayralari suyak iligidan qonga o'tadi va
immun tizimining boshqa markaziy a’zolariga boradi.
Ayrisimon bezning o'zak hujayralarida
T-limfotsitlar
ishlab chiqarilib,
qon bilan birga timusga bog'liq bo'lgan limfa tugunining parakortikal qismi,
taloqning limfoid tugunlarining periarterial qismiga kiradi va hujayra immuniteti
hosil bo'lishini ta’minlaydi. Qolgan a’zolarda
B-limfotsitlar
ishlab chiqariladi
va immun tizimining periferik qismiga: murtaklar, hazm va nafas a’zolari
devorida joylashgan yakka holdagi follikulalar, limfa tugunining limfoid
tugunchalari, taloqning limfoid tugunchalarining periarterial qismidan
tashqari qismlariga kiradi va gumoral immunitet vazifasini bajaradi. Immun
tizimining periferik a ’zolari vazifasi markaziy a’zolar ta ’sirida bo'ladi.
T-
va
B - limfotsitlar
yuzasida oiganizmda immun reaksiyalar chaqimvchi
antigenlami sezuvchi retseptoriari bor. Im m un reaksiyalami bajaruvchi
hujayralami immunokompetent hujayralar (immunositlar) deb ataladi. Immun
tizimi a’zolari oiganizmda m a’lum bir sohalarda: mikrooiganizmlar va yot
moddalaming o'tishi mumkin bo'lgan joylarda joylashib, limfoid to'qim a
bo'lgan himoya zonalarini — filtrlami hosil qiladi. Pirogov Valdeyer halqasini
hosil qilgan murtaklarning limfoid to'qimasi bir tomondan og'iz va burun
bo'shlig'i, ikkinchi tomondan halqum va hiqildoq o'rtasida joylashgan. Yonbosh
ichakning oxiigi qismida joylashgan limfatik follikulalar to'plami yonbosh
ichakni ko'richakka o'tish joyida joylashgan. Chuvalchangsimon o'simtaning
limfoid tugunchalari esa ichakning ikki xil muhitiga yaqin joylashgan. Hazm va
nafas a’zolari devoridagi yakka holdagi follikulalar tashqi muhit bilan oiganizm
chegarasini nazorat qiladi. Ko'p sonli limfa tugunlari esa limfani to'qim a va
a’zolardan vena tizimiga o'tish yo'lida joylashgan.
Im m un tizimi a’zolarining xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular
taraqqiyotda erta paydo bo'lib, yangi tug'ilgan chaqaloqda yetilgan bo'ladi.
Ular bolalik va o'smirlik davrlarida, ya’ni organizmning tiklanish, o'sish va
uning himoya tizimlarining hosil bo'lish davrida tez o'sadi. Odamda immun
tizimi a’zolarining umumiy massasi (ilikdan tashqari) 1,5—2 kg.
Immun tizim ining m arkaziy a ’zo la ri
Suyak iligi
(medulla osseium)
odamda qon ishlab chiqaruvchi va immun
tizimi a’zosi bo'lib hisoblanadi. Unda hosil bo'lgan o'zak hujayralari 100
martagacha bo'linish xususiyatiga ega. Bu hujayralar bo'linib uch yo'nalishda
(eritropoez, granulopoez va trombotsitopoez) takomillashib, qonning shakliy
elementlariga aylanadi va qonga o'tadi. Katta yoshdagi odamlarda g'ovak, yassi
suyaklar va uzun naysimon suyaklaming epifizlarida qizil ilik
(medulla
osseum rubra)
va naysimon suyaklar diafizining ilik kanalida joylashgan
sariq ilik
(medulla osseum flavum)
tafovut qilinadi. Katta yoshdagi odamlarda
ilikning umumiy og'irligi 2.5— 3 kg yoki tana og'irligining 4,5—4,7% ini
tashkil qiladi. Uning yarmi qizil ilik, qolgani sariq ilik. Qizil ilik tarkibi
retikula to'qima va gemopoez elementlari bo'lgan mieloid to'qimadan iborat.
Retikula to'qim asi retikula hujayralari va tolalaridan iborat bo'lib, uning
qovuzloqlarida eritropoez, granulopoez va trombotsitopoez qatorlarining yosh
va yetilgan elementlari joylashgan.
Sariq ilik retikula to'qimasining o'mini egallagan yog' to'qimasidan iborat.
Unda qon hosil qiluvchi elementlar bo'lmaydi, goho ko'p qon yo'qotganda
sariq ilik o 'm ida qizil ilik paydo bo'lishi mumkin.
Taraqqiyoti va yoshga qarab o'zgarishi.
Suyak iligi homila hayotining
ikkinchi oyidan boshlab hosil bo'la boshlaydi. Taraqqiyotning 12-haftasidan
boshlab suyak iligida qon tomirlar zo'r berib rivojlanib, ular atrofida retikula
to'qim asi va birlamchi qon orolchalari hosil bo'ladi. Shu davrdan boshlab
suyak iligi qon ishlab chiqaruvchi a’zo sifatida ishlay boshlaydi. Taraqqiyotning
20-haftasidan suyak iligi suyak epifizi tomonga qarab zo'r berib o'sadi.
Naysimon suyaklar diafizida suyak to'sinlari yemirilib ilik bo'shlig'i hosil
bo'la boshlaydi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq suyagining ilik bo'shlig'ida qizil ilik bo'lib,
ularda yog' hujayralari bola tug'ilganidan keyin (
1—6-oylarda) paydo bo'ladi.
4—5 yoshdan keyin naysimon suyaklar diafizida joylashgan qizil ilik asta-
sekin sariq ilikka aylana boshlaydi va 20—25 yoshlarda naysimon suyak ilik
bo‘shlig‘i sariq ilik bilan to‘ladi. Yassi suyaklar suyak iligida yog
1 hujayralari
ilik hajmining 50% ini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |